Namuna: boshi osmonga yetdi - teriga sig‘may qoldi (xursand
bo‘lmoq, cheksiz xursandchilik ma’nosida).
49-mashq. Topishmoqni o‘qing va javobini toping.
So‘zlar borki, garchi har xil ko‘rar ko‘z,
Ma’nolari bir-biriga yaqin co‘z?
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Qanday so‘zlar ma’nodosh so‘z deyiladi?
2. Ma’nodosh so‘zlarning qanday guruhlari mavjud?
3. Lug‘aviy sinonimiya nima?
4. Frazeologik sinonimiyani qanday tushunasiz?
5. Morfologik va sintaktik sinonimiya nima?
6. Ma’nodosh so‘zlarning asosiy so‘zi tilshunoslikda qaysi istiloh
bilan ifodalanadi?
7. Ma’nodosh so‘zlarning ijobiy va salbiy ma’nolari, asosan,
nimalarda yaqqol namoyon bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |