Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq
1. O‘zbek tilida yozilgan lug‘atlarning nomi, muallif-tuzuvchilarning
ismu sharifi, nashr yili, jildini bexato va ko‘proq yozishga harakat qiling.
2. "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"dan lotin, lotinlashtirmoq, lotincha
so‘zlarni toping hamda izohini lug‘at daftaringizga ko‘chiring.
3. "O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati"dan tanlangan paremalarni
o‘qib, mazmunini ayting va yod oling. Lug‘at haqida ma’lumot tayyorlang.
Aql bilan ish tut, naql bilan el kut!
Aql boshdan chiqar, oltin – toshdan.
Aql bilan ishlasang – ish unar, har mushkul oson bo‘lar.
Basharning ozodligi – dunyoning obodligi.
Bahsdan ham bahs tug‘iladi.
Befoyda so‘zni aytma, foydali so‘zdan qaytma!
Bilimsiz birni yig‘ar, bilimli – mingni.
Do‘stdan molini ayamagan – eldan jonini ayamas.
Kishining hurmati – tilda, qudrati – qo‘lda.
Ona yurting – oltin beshiging.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |