7- ma’ruza.
KUCHLI VA KUCHSIZ ELEKTROLITLAR. OSTVALDNING SUYLTIRISH QONUNI. QIYIN
ERIYDIGAN TUZLARNING ERUVCHANLIK KO’PAYTMASI. SUVNING ION RO’PAYTMASI
VA PH.
Reja:
1.Arrenius nazariyasi;
2.Gitratasiya;
3. Dissotsiyalanish darajasi;
4.Kuchli va kuchsiz elektrolitlar;
5.Eruvchanlik ko’paytmasi.
6. Ionlar muvozanatini surish.
7.Suvning ion ko’paytmasi.Vodorod ko’rsatkich.
Tayanch so’zlar:Arrenius nazariyasi, dissotsilanish darajasi, kucli va kuchsiz elektrolitlar, eruvchanlik ko’paytmasi,ionlar muvozanati,suvning ion ko’paytmasi, vodorod ko’rsatkich. Kislota va asoslar zamonaviy tassavurlar.
Adabiyotlar:
1. Q. A. Axmedov, A. T. Jalilov, Umumiy va anorganik kimyo, Tashkent,2006,390 b.
2.Ю.А. Ершов,Общая химия,М., Высшая школа,2003 г. 390 с.
3.Umumiy va anorganik kimyodan amaliy mashg’lotlar.Farmatsevtika institute talabalari uchun/ mualliflar: S.N.Aminov?R.Aristanbekov, H.R.To’xtaev va boshqalar, Toshkent,2005. 368 b.
4.N.A.Parpiyev,A.G.Muftaqov,H.R.Rahimov , Anorganik kimyo- Toshkent. ”O’zbekiston”, 2003.-428 b.
5.N.S.Axmetov,Obshaya i neorganicheskya ximiya. Uchebnik dlya VUZov,
Vыsshaya shk. 1981. 679 s.
6.E.T.Oganesyan Neorganicheskaya ximiya. Uchebnik dlya VUZov po spe-
tsialnosti Farmatsiya.- M. Vыssh. shk. 1984. 384 s.
7.N.L.Glinka,Obshaya ximiya. Uchebnoe posobie dlya VUZov.- L.Ximiya
1980, 780 s.
8. H.R.Rahimov , Anorganik kimyo T., O’qituvchi. 1984. 422 s.
9. H.R.To’xtayev, Anorganik kimyo ma’ruzalar matni. Toshkent,2001.244 b.
Bu nazariyani 1887 yilda shved olimi S.Arrenius yaratgan. Uning mohiyati quyidagilardan iborat:
1. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy zaryadli ionlarga ajraladi. Bu jarayonni elektrolitik dissotsiatsiya deb ataladi.
2. Elektr toki ta’sirida musbat zaryadli ionlar katodga, manfiy zaryadli ionlar anodga tortiladi. Shu sababli ularni mos ravishda kationlar va anionlar deb ataladi.
3. Dissotsiatsiya qaytar jarayondir.
Eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o’tkazadigan moddalarni elektrolitlar deyiladi.Elektrolitlarga tuzlar, kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari kiradi.
Eritmasi elektr tokini o’tkazmaydigan moddalarni noelektrolitlar deyiladi. Noelektrolitlarga kislorod, oltingugurt, spirt, mochevina kabi moddalarning suvdagi eritmalari kiradi.
Arrenius nazariyasining kamchiligi shundaki, u erituvchi va erigan modda zarrachalarining o’zaro ta’sirlashuvini hisobga olmaydi. Vaholanki, eritmada ionlar erkin holda emas, balki gidratlangan holda bo’ladi.
KA + nH2O = K +(H2O)x + A - (H2O) n-x
Masalan vodorod ioni eritmada gidroksoniy ioni holida bo’lishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |