2-MAVZU. ANOR SELEKTSIYASIYANI DOLZARB VAZIFALARI
REJA:
1.Anor o’simkigining xo’jalik biologik xsusiyatlari
2. Anor seleksiyaning asosiy yo'nalishlari va vazifalari
3.Kasallik va zararkunandalarga chidamlilik
Dunyoda global iqlim o`zgarishi, jahon moliyaviy inqirozi hamda turli siyosiy oqimlar nizolari jahon qishloq xo`jaligiga, oziq-ovqat havfsizligiga katta havf solmoqda. FAO hamda Butunjahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko`ra, hozirgi kunda dunyo bo`yicha 800 mln. ga yaqin inson to`yib ovqatlanmayapti. Shuningdek, dunyo aholisining 30% dan ortig`i to`laqonli ovqatlanmasligi natijasida zaiflik, kam qonlik muammosi bilan hayot kechirmoqda.
Bu borada O`zbekiston Respublikasida so`nggi yillarda qishloq xo`jaligi tarmog`ini barqaror rivojlantirishda meva-sabzavotchilik va uzumchilikda bozor mexanizmlarini shakllantirish va mustaxkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda bog`dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik tarmog`ini rivojlantirish, zaruriy infratuzilma ob’yektlarini tashkil qilish hamda yetishtirilgan urug`lik, ko`chat va mahsulotlarni sotish tizimini takomillashtirish kabi masalalar qishloq xo`jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo`nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda.
Shu bilan bir qatorda, respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan meva-sabzavot va uzum mahsulotlari bilan to`ldirish, import hajmini qisqartirish hamda eksportni oshirish va qishloq xo`jaligi salohiyatini yuksaltirishda ustuvor vazifalardan biri hisoblanmoqda.
Meva-sabzavot, uzum, poliz va kartoshka mahsulotlarini yetishtirish, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, ilm-fan yutuqlarini joriy etish, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish, yangi navlarni yaratish, urug`chilik va ko`chatchilikni tizimli rivojlantirish, hududlarni mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirish kabi kontseptual yo`nalishlarga ega 2018-2022 yillarga mo`ljallangan mazkur kontseptsiya respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport salohiyatini yuksaltirishda muhim strategik ahamiyatga egadir.
Ayniqsa, bu borada meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sohasi respublikaning ustuvor va eksportga yo`naltirilgan sohalaridan biri hisoblanib, hozirgi kunda respublikada jami 300 dan ortiq meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida umumiy yillik qayta ishlash quvvati 2900 ming tonnani tashkil etadi. Masalan, quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari 2015 yil 112,6 ming tonna
105,4 mln. dollar, 2016 yil 110,8 ming tonna 93,9 mln. dollar va 2017 yilning
11 oyligida 126,7 ming tonna 108,7 mln. dollarlik eksport qilinib, ho`l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari bo`yicha jahon bozori eksporti bo`yicha O`zbekiston Respublikasi 2016 yilda dunyoning TOP-10 taligidan o`rin olgan.Respublikada meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash darajasi 2013 yilda 14% ni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yilda ushbu ko`rsatkich 18% ni tashkil etmoqda. Biroq, ushbu ko`rsatkichlar yanada ko`paytirish uchun ilm-fan yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy qilishni taqozo etmoqda. Ya’ni, mevachilik sohasida yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, uzoq muddat saqlanadigan, yaxshi ta’m sifatlariga ega, ekologik toza, qayta ishlashga yaroqli anor navlarini yaratish va uni yetishtirishning intensiv texnologiyasini ishlab chiqarishga tatbiq qilishdir. Subtropik mevalar ichida anor mevasi oldingi o`rinlardan birini egallab, mevalarining yirikligi, tashish va uzoq saqlanishi kabi biologik xususiyatlarga ega. Tadqiqotlar Akademik M.Mirzayev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stantsiyasida anorning 29 ta navlaridan iborat kollektsiya bog`i olib borildi. Dala tajribalardagi fenologik kuzatuvlar, biometrik o`lchovlar va hosildorlikni aniqlash ―Mevali, rezavor mevali va yong`oq mevasi navlarini o`rganish usuli va dasturi asosida amalga oshirildi.
Anor navlarining uch yillik fenologik kuzatuv natijalar tahliliga ko`ra, kurtaklarning uyg`onish vaqti o`rtacha 1 martdan 31 martgacha davom etib, oradagi farq ba’zi navlarda bir oy, ba’zilarida esa 20 kunni tashkil etdi. Bu jarayonning kechishi asosan bahorning erta yoki kech kelishiga bog`liq bo`ldi. G`unchalash boshlanishi asosan aprel oyining 5-18 kunlari kuzatilib, gullash fazalari barcha navlarda 3-11 maydan boshlanib, iyun oyining 9-20 kunlarigacha davom etdi. Mevalarning rang berishi navlar bo`yicha bir-biridan farq qilib, Alisa, Yeni Kirmizi, Yeni Gyulasha, Azerbayjan, Sulu-anor, Irandali va Vesna navlarida 15-18 avgustda, Rubin Ispanskiy, Oleg,Vanderful va Myagkosemyannыy Sladkiy navlarida mevalarning rang berishi 7-17 sentyabr kunlari kuzatildi.
Anor navlarining mexanik tahlil natijalari shuni ko`rsatadiki, mevasi vazni kattaligi bo`yicha standart Qizil va Qozoqi anor navlarini yuqori ko`rsatkichi 411,2-680 g bo`lgan bo`lsa, o`rganilayotgan navlardan Myagkosemyannыy sladkiy navi 210-395,1 g ni tashkil etib, standart navlarga yaqinlashdi. Tarkibidagi qand miqdori uch yillik natijalar tahlil qilinganda, Myagkosemyannыy sladkiy navi eng yuqori 18,5% ko`rsatkichga ega bo`lib, sandart navlaridan bir oz ustunligi namoyon qildi.
Shu bilan bir qatorda, anor navlaridan o`tkazilgan degustatsiya natijalariga ko`ra, Myagkosemyannыy sladkiy navi 4,5-4,8 ballni tashkil etib, standart Qizil naviga tenglashdi va anor donalarining yumshoqligi va yeganda tishga botmasligi, sersuvligi bilan boshqa navlardan farq qildi.
Anor navlari hosildorligi jihatidan uch yillik natijalar o`rtacha hisoblanganda standart Qizil anor navi 6,1 kg/t yoki 50,8 ts/ga ni tashkil etdi. Myagkosemyannыy sladkiy navi 6,3 kg/t yoki 52,8 ts/ga hosil berib standart anor naviga nisbatan yuqori ko`rsatkichga ega bo`ldi. Bu navlarda kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi kuzatilmadi.
Shu bilan birga, Surxondaryo viloyatining shimoliy hududida anorning har yili yuqori hosil beradigan klon formalarini izlab topish va tanlash tadqiqotlari natijasiga ko`ra, anor klonlarining fenologik fazalari boshlanishi Qizil va Qozoqi navi klonlarida 1 martdan 30 martgacha bo`lgan bo`lsa, Erta pishar navi klonida 5 martdan 5 aprelgacha kuzatildi. Novdalarda barglarning paydo bo`lishi 9 martdan 7 aprelgacha, Erta pishar anor klonida barglar paydo bo`lishi 11 martdan 14 aprelgacha davrda kuzatildi. Gullash fazalarining o`tish jarayoni erta pishar anor klonida 6 maydan 24 iyungacha davom etdi.
Qolgan anor klonlarida esa 1 maydan 15 iyungacha kuzatildi. Mevalarining rang berishi bo`yicha navlar bir-biridan farq qildi, Qizil anor kloni 15-25 avgustda, Qozoqi anor kloni 7-17 sentyabrda va Erta pishar anor kloni 1-17 avgustda mevalariga rang kira boshladi. Erta pishar anor klonida mevalarning pishishi avgust oyinig oxiri va sentyabrning boshiga to`g`ri keldi. Anor klonlaridan o`tkazilgan o`rtacha mexanik tahlil natijalari shuni ko`rsatadiki, meva vazni bo`yicha klonlar Qizil anor kloni 275,5-303,2 g, Qozoqi anor kloni 280-395,7 g va Erta pishar anor kloni 280-381,0 g ni tashkil etdi. Tarkibidagi qand miqdori Qizil anor klonida 17,0-18,9%, Qozoqi Anor klonida 17,6-18,5% ni tashkil etdi. Erta pishar anor klonida 18,2-20,5% ni tashkil etib, boshqa klonlarga nisbatan yuqoriroq ko`rsatkichga ega bo`ldi.
Anor klonlaridan degustatsion boholash o`tkazilib, ularning tashqi ko`rinishi, ta’mi va danagining holoti bo`yicha baholandi. Shunga ko`ra, Qizil va Qozoqi anor kloni 4,3-4,6 ball ko`rsatkichga ega bo`ldi. Erta pishar anor va Qizil anor kloni 4,6-4,8 ballni tashkil etib, yuqori ko`rsatkichga ega bo`ldi.
Hosildorlik anor klonlarining kollektsion bog`laridan olindi va tahlillar o`tkazildi. Qizil anor klonida bir tupidan o`rtacha 4,7 kg gacha yoki gektariga 39,4 ts dan, Qozoqi anor klonida o`rtacha 4,9 kg yoki 41,3 ts gacha hosil bergani aniqlandi. Erta pishar anor kloni o`rtacha bir tupidan 6,2 kg yoki getaridan 52,2 ts hosil berib, boshqa klonlardan ustunligi namoyon bo`ldi.
Anor klonlarining bir donasidan olingan sharbat miqdori Qizil anor klonida 84 ml, Qozoqi anor klonida 110 ml va Erta pishar anor klonida 112 ml ni tashkil etdi. Xulosa, respublikada anorchilikni yanada rivojlantirish maqsadida, yuqori hosildor Myagkosemyannыy sladkiy anor navini hamda ekologik toza va yuqori sifatli anor sharbatlarini ishlab chiqarishda esa erta pishar anor klonlarini keng ishlab chiqarishga tatbiq qilishni tavsiya etiladi.
Seleksiya sohasida ulug'vor ishlar amalga oshirilib, qishloq xo'jalik ekinlarining bir necha ming nay va duragaylari yaratilgan bo'lib, ularning k'J'pchiligi shirkat, ijara, jamoa va fermer xo'jaliklarining dalallarida ekilmoqda.
Mamlakatimizning territoriyasi tuproq-iqlim sharoitiga qarab bir necha mintaqalardan tashkil topgan. Bu mintaqalarda o'simliklarning o'sish va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan sharoitlar: issiqlik miqdori, yorug'lik, quyosh radiatsiyasi, tuproq tipi va unumdorligi, yog'ingarchiliklar miqdori, ularning taqsimlanishi xilma-xildir. Bu esa har bir mintaqa uchun shu sharoitning mahalliy noqulayliklariga moslashgan navlar yaratish va rayonlashtirishni talab qiladi.
Bir ekinning turli tuproq-iqlim mintaqalarida ekiladigan navlariga har xii talablar qo'yilishi mumkin. Shuning uchun ekin navlari turli biologik xususiyatlarga ega bo'lishi lozim. Masalan, kuzgi bug'doyning har qanday navi noqoratuproq zona sharoitida qalin qor qatlami va dimiqishiga, Ukrainaning kam qorli yoki qorsiz cho'l zonalarida sovuqqa, sug'oriladigan dehqonchilik zonalarida esa yotib qolishga va zang kasalliklariga chidamli bo' lishi kerak.
O'xshash yoki bir-biridan unchalik farq qilmaydigan tuproqiqlim sharoitida o'stinladigan turli ekin navlariga bir xiI talablar qo'yilishi mumkin. Masalan, har qanday ekin navi vegetatsiya davri qisqa bo'lgan shimoliy rayonlarda ekilganda tezpishar, janubiy rayonlarda esa (O'rta Osiyoda ham) qurg'oqchilikka chidamli bo'lishi kerak. Sug'oriladigan yerlarda ekiladigan g'alla ekinlarining navlari yuqori hosil beradigan, yotib qolishga, don to'kilishiga va zang kasalliklariga chidamli bo'lmog'i zarur. Bundan tashqari, ba'zi ekinlarning hosili qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab ham navlarga o'ziga xos talablar qo'yiladi. Masalan, makkajo'xorining silos yoki silos hamda doni uchun ekiladigan, arpaning pivo yoki oziq-ovqat uchun, kartoshkaning oziq-ovqat, yem-xashak, texnik maqsadlardagi yoki universal navlari mavjud. Hozirgi vaqtda seleksiyaning quyidagi Yo'nalishlari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo'lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |