Anor seleksiyasi va navshunostligi


SELEKTSIYANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG`LIQLIGI



Download 6,85 Mb.
bet10/101
Sana24.11.2022
Hajmi6,85 Mb.
#871509
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101
Bog'liq
Anor seleksiyasi MAJMUA

SELEKTSIYANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG`LIQLIGI
Selektsiya yangi navlar yaratar ekan, birinchi navbatdanavshunoslik fani bilan chambarchars bog`langan holda isholib boradi (1-chizma).
Yangi navlar yaratishda birlamchi materialning biologikxususiyatlarini, eng muhim xo`jalik belgilarini o`rganishimiz va bilishimiz, ularni mavjud navlar belgilari bilantaqqoslashimiz, yaratilgan yangi navlarni har xil iqlim sharoitlardasinab ko`rishimiz kerak. Shuning uchun yangi navlarto`g`risida to`la ma’lumotga ega bo`lmasdan, ularning afzalliklari va kamchilik tomonlarini bilmasdan turib ularniishlab chiqarishga tadbiq etish mumkin emas.Selektsiya fanining nazariy asosi genetika hisoblanadi.
Mevali ekinlar selektsiyasining qo`lga kiritadigan yutuqlariselekiiyasi jarayonining genetika qonuniyatlariga nechog`likasoslanganiga bog`liq bo`ladi.Mevali daraxtlar selektsiyasini bir yillik o`simliklarselektsiyasidan ajratib turadigan xususiyatlar duragaynihollarning hosilga kirish muddatining uzoq davom etishidir. Natijada tanlash uchun kerak bo`lgan birlamchi material duragaylarga kech baho beriladi.
Meva va rezavor mevali ekinlar selektsiyasi bo`yicha olibborilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari selektsiya jarayoninijadallashtirishga, har tomonlama foydali xo`jalik belgilariga ega bo`lgan yangi navlarni juda qisqa muddat ichida yaratishga qaratilgan bo`lishi kerak.
Mevali daraxtlar xususiy genetikasining kamo`rganilganligi meva o`simliklari selektsiyasiga salbiyta’sir ko`rsatmoqda.
Selektsiya jarayonini takomillashtirishda duragaylashuchun birlamchi material (avlodini tahlil qilmasdan) vaduragay nihollarni oldindan tanlash usullarini ishlab chiqish, navlarning umumiy va xususiy kombinatsion xususiyatlarini, muhim xo`jalik belgilarining nasldan-naslgao`tish qonuniyatlarini yaxshi bilish katta ahamiyatga ega.
Selektsiya boshqa fanlar bilan ham uzviy bog`langan. Yanginav yaratish jarayonining ilk bosqichida duragaylash uchunjuftliklar tanlashda o`simliklar sistematikasiningahamiyati katta. Foydalanilayotgan o`simlik namunalariningqaysi tur, avlodga mansub ekanligini, ularning genetik kelibchiqishini yaxshi bilishimiz kerak.
Meva daraxtlarining yovvoyi ajdodlari foydali, judamuhim xo`jalik belgilarga ega bo`lgani uchun ulardan samaralifoydalanish ham sistematikadan yaxshi xabardor bo`lishnitaqozo etadi.
Usimliklarning biologik xususiyatlari, foydalixo`jalik belgilari ma’lum bir ekologik sharoitda shakllanadi, shu sharoitlarga moslashgan bo`ladi. Agar o`simliklarning kserofit belgilari aksari issiq, quruq mintaqalarda rivojlansa, mezofit belgilarga ega bo`lgano`simliklar namlik yuqori sharoitlarda ko`proq rivojlanadi.
Shuning uchun tashqi sharoitning o`simlik organizmigako`rsatadigan ta’sirini, o`simlik bilan tashki muhitningo`zaro munosabatlarini selektsioner olim yaxshi bilishi zarur.
Yangi nav yaratishda birlamchi materialning geografikkelib chiqishini e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Ko`rsatkichlar bo`yicha guruhlarga bo`lish, tartibga solish selektsiyajarayoni samaradorligini oshiradi.
Selektsioner genetik usullardan foydalanish yo`llarinibilish bilan bir qatorda o`simlikning hosildorligi, tezhosilga kirishi, noqulay sharoitlarga chidamliligi va boshqabelgi xususiyatlarini aniqlovchi omillarning fiziologikmohiyatini o`rganib, tushunib olgan va shu bilimlardan foydalana oladigan bo`lishi kerak. O`simliklarning o`sishi varivojlanishi, muhim biologik xususiyatlari va morfologikbelgilari tashqi va ichki omillarning juda murakkab o`zaromunosabatlari bilan belgilanadi. Ularning bir-biri bilanbog`liqligi va ta’sirini bilmasdan turib selektsiya ishinima’lum yo`nalishda olib borish juda qiyin.
Fiziologik va biokimyoviy izlanishlar navlar orasidagi hosildorligi orasidagi farqini tushuntirib berishdakatga rolь o`ynaydi. Shuning uchun o`simliklarning mahsuldorligini aniqlovchi morfologik belgilarni uzviyravishda, ularning fiziologiyasi bilan birgalikda o`rganish kerak. Usimlik belgilarini fiziologik tahlil qilishga N.I.Vavilov ham e’tibor bergan. Chunki u selektsiya ishlariniham genetik, fiziologik asosda olib borish zarurligiii vabu narsa jadal ishlab-chiqarish talablariga javob beradigan navlar yaratishning eng muhim sharti ekanligini yaxshi bilgan.Selektsiyaning muhim muammolarini yechishda o`simliklarfiziologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Morfologik, fiziologik, biokimyoviy belgilarning bir-biriga uzviy bog`liqligi asosida ma’lum ekologik sharoitdayuqori hosil beruvchi o`simliklar nav modelini yaratish.Bu ma’lum bir maqsadga qaratilgan birlamchi material va selektsiya usullarini tanlashga yordam beradi;birlamchi materialning morfologik va fiziologik belgilari tashqi muhit ta’siriga javoban qanday o`zgaribborishini o`rganish, mahsuldorlik va noqulay sharoitlargachidamlikni chegaralaydigan belgilarni aniqlash, usimlik namunalariga ontogenezining boshlang`ichbosqichlarida baho berish va tanlashni tezlashtirishusullari ishlab chiqish. Mevachilikda shunday usullarniqo`llanishi selektsiya jarayonini ancha qisqartiradi;tashqi sharoit ta’sirida muhim xo`jalik belgilariningmodif ikatsion o`zgarishini o`rganish. Bu fenotipik belgilarning o`zgarish doirasiini, irsiy o`zgarishlarningmodifikatsion o`zgarishlardan farqini aniqlashga yordamberadi.
Mevaning biokimyoviy tarkibi ham nav qiymatinianiqlaydigan belgilardan biri hisoblanadi. Vitaminlar,mineral tuzlar, organik kislotalar va odam organizmigazarur bo`lgan boshqa biokimyoviy birikmalarga boy bo`lgannavlar yaratish biokimyo mutaxassislari bilan birgalikda isholib borishni talab etadi.
Kasallik va zararkunandalarga chidamli navlar yaratishdaesa fitopatalogiya va entomologiya fani yutuqlaridan to`lafoydalaniladi.
Yaratilgan yangi istiqbolli navlarning biologik xususiyatlarini o`rganish, nav o`stirish texnologiyasini ishlabchiqish va, umuman, navlarga har tomonlama baho berish masalalarini navlarni ko`paytirmasdan hal qilish mumkin emas.Shuning uchun meva o`simliklari selektsiyasi bekamu-ko`st uskunalangan meva ko`chatzorlari bo`lishini talab qiladi.Shu bilan bir qatorda nav yuqori darajada mexanizatsiyalashgan bog`larga mo`ljallangan, iqtisodiy tomondan samarador, zamonaviy parvarish texnologiyasiga muvofiq bo`lishilozim. Shunday qilib, mevali o`simliklar selektsiyasi bog`mexanizatsiyasidan, iqtisodiyotidan ajralmagan holda isholib boradi.Yangi nav yaratishda genetika va boshqa fan yutuqlaridanto`la foydalanish mevali o`simliklar selektsiyasi jarayoninitezlashtirishga, samaradorligini oshirishga va uzluksiz nazoratostida olib borishga sharoit yaratadi.



Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish