Annotatsiyasi


II BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda ma’naviy - madaniy va estetik tarbiyaning aks ettirilishi



Download 6,59 Mb.
bet8/21
Sana26.02.2022
Hajmi6,59 Mb.
#473185
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
disser-ya ishi

II BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda ma’naviy - madaniy va estetik tarbiyaning aks ettirilishi.

Mustaqillik yillarida mamlakatda ta’lim muassasalari faoliyatini me’yorlashtiruvchi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun “Kadrlar tayorlash milliy dasturi”, shuningdek “O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari” kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi.


Isloh etish jarayonida bolalarga ta’lim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni, shakl va uslublari, shuningdek pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari qamrab olinmoqda.
Bolalarni maktabga tayyorlashda davlat talablariga asoslangan holda ta’lim -tarbiyaviy jarayonlar olib boriladi.
Ma’naviy madaniy yetuklik darajasida;

  • Ona Vatan – O’zbekiston haqida so’zlab berish;

  • O’zbekiston bayrog’i, gerbi haqida fikr bildirish;

  • Vatan tuyg’usi, vatanparvarlik hislari va milliy g’ururini yoshiga mos ravishda shakllantirish;

  • Xalqiga, Vataniga mehr va sadoqat hislari;

  • Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Navoiy, Ulug’bek, Bobur, Berdaq, Ajiniyoz kabi buyuk siymolar haqida tasavvuriga ega bo’lish;

  • Milliy bayramlar haqida qisqacha so’zlab berish;

  • Axloq -odob qoidalari

  • Jamoat joylarida o’zini tuta bilish

  • Mehnatsevarlik

  • Gigiyena qoidalariga rioya qilish ko’rsatilgan.

Davlat talablari faqat bog’cha bolalari, tarbiyachilar uchungina emas, ota-onalar ham bolasini maktabga tayyorlashda qo’yiladigan talablardir. Oila zimmasidagi muhim vazifalarning biri bolalar tarbiyasi bo’lib, bu ota-onalarning shaxsiy ishi bo’lib qolmay, balki ularning jamiyat oldidagi burchi hamdir. Inson dunyoni har soat, har daqiqa his etib turishi, undagi voqea hodisalardan, rang va ajoyibotlardan zavqlashib, xayol surib ilhomlanib turishi kerak. Tug’ilib o’sgan uy, oila inson go’zallik sabog’ini oladigan ilk maktabdir. Inson xulkiy go’zalligi oilada, jamiyatda, bolalar bog’chasi va maktabda, xullas hamma yerda hamisha haqiqat markazida bo’lishi kerak. Bolalar o’z xulqlarini ongli idrok qilmaydigan hali kichik vaqtlaridayoq xushmuomalani ularga ibratli misollarda, mashqlarda singdirib borish kerak. Shuningdak milliy bayramlarimiz, sayrlar ham katta o’rin egallaydi. Qiziqarli va ko’tarinki ruhda o’tkazilgan bayram kunlarini bolalar odatda bir umrga eslab qoladilar.
Bunday bayramlar bolalarda vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalashda, Vatanga mehr uyg’otishda katta ahamiyatga egadir. Vatan tuyg’usi, vatanparvarlik hislari, milliy g’urur, mustaqillik g’oyasi hamda o’z xududi, o’lkasi, xalkiga mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’limda ma’naviy ishlarning asosini tashkil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning odob - axloqli bo’lishi va mehnatga muhabbat qo’yishiga katta e’tibor beriladi. Bolalar ilk yoshdan boshlab uyda, bog’chada, mehmonda o’zini tutish qoidalari, muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish, yechinish, saranjom-sarishta yurish, odobli, mehnatsevar bo’lish, boshqalar mehnatini qadrlash kabi odatlarga o’rgatiladi. Ana shu odatlar boshi odob - axloqli, mehnatga layoqatli qilib tarbiyalash mazmunining asosini tashkil etadi. Bolalarning ma’naviy jihatdan barkamol bo’lishida nafosat tarbiyasi asosiy o’rin tutadi. Tasviriy sa’nat asarlaridan zavqlana olish, musiqani tinglash va undan shodlana olish qobiliyatlari bolalarda ilk yoshdan rivojlantirib boriladi. Nafosat tarbiyasi mazmunining asosini chiroyli rasmlarni his etish, ulardan zavqlana olish, asosiy ranglardan foydalana olish, ular yordamida sodda narsalarni kog’ozda tasvirlay olish, ko’rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart - sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Bolalarning bilim, ko’nikma va malakalari har o’quv yili yakunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg’ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6-7 yoshdagi bolalarning plastilin yoki loydan sodda shakldagi narsalarni yasay olish, musiqani tinglab zavqlana olish, ayrim milliy cholg’u asboblarini bilish, musiqa ohangiga mos ravishda raqsga tushish va qo’shiq ayta olish kabilarga o’rgatishni tashkil etadi.
Bolalarni ma’naviy tomondan tarbiyalashda musiqaning ham roli katta. Musiqa turmushimizga chuqur kirib kelgan, u har qadamda bizga hamrox. Oila musiqa vositasida bola tarbiyasida ko’p narsalarga erishish mumkin.
Bog’chada o’tkaziladigan har bir tasviriy faoliyat mashg’ulotlari estetik tarbiya vositalaridan biri bo’lib, bolalarni aqliy rivojlantirish, estetik va badiiy didni tarbiyalash ijodiy qobiliyatini o’stirishga yordam beradi.
Rasmlash, loy va plastilindan turli buyumlar yasash qirqib yopishtirish va qurib-yasash mashg’ulotlarini bog’cha yoshidagi bolalarning eng sevimli faoliyatlaridan biri. Tasviriy faoliyat dasturiga bezakli rasmlar ishlash, loy va plastilin, qirqib yopishtirish bo’yicha milliy badiiy an’analar , naqsh kompozitsiyasini tuzish, o’zbek xalk amaliy san’ati asarlari bilan tanishtirish kiritilgan.
Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida sopol buyumlar, xalq o’yinchoqlari, o’simliklar, gullar, bog’lar, mevalar, paxta kabi narsalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Dasturda ko’rsatilgan barcha metodik tavsiyalar bolalarni ma’naviy mahalliy yetuk qilib tarbiyalashga qaratilgan. Bu yerda bola tarbiyasiga javobgar fakt onalar emas, balki ota-onalar ham tengday javobgarlikni aloqador. “Bolani yaxshi tarbiyalash tinch-totuv keksalik gashtini surishdir” degan xalq iborasiga amal qilib bolalarimizni odamgarchilik kabi eng muhim umuminsoniy tuyg’uni tarbiyalashga e’tibor berishimiz kerak. Ma’lumki bolada biron-bir ezgu xislatni tarbiyalashdan ko’ra uni nimagadir o’rgatish osonroq. Biz “Ilk qadam” dasturiga amal qilib, quyidagilarni ham hisobga olishimiz kerak.
1. Farzandingiz sizdek yo siz istagandek bo’lishini kutmang, unga har javobda sizga emas, o’ziga o’xshashiga yordam bering.
2. Bola meniki deb o’ylamang, u xudoning bandasi.
3. Bolangizni deb nimalar qilgan bo’lsangiz, hammasi uchun undan haq talab qilmang, uning dunyoga kelishiga siz bir vositachi bo’ldingiz, bunga javoban u sizga nima ham qilib bera olardi? U boshqa -uchinchi kishini dunyoga keltiradi, bu qaytarilmas minnatdorlik qonunidir.
4. Qariganda ko’p ko’rayin, desangiz hadeb alamingizni boladan olavermang, negaki “nimani eksang, shuni o’rasan”
5. Uning muammolariga o’zingiznikidek qarang.
6. Bolani kamsitmang (yerga urmang).
7. Bola uchun nimadir qila olmasangiz iztirob chekmang. Nimadir qilish qo’lingizdan kelsa-yu qilmasangiz - unda boshqa gap.
8. Yodingizda tuting - bola uchun hamma ishni qilgan bo’lmasangiz, qilgan ishlaringiz yetarli emas.
9. Begona bolalarni ham sevishga qodir bo’ling.
10. Bolangiz iste’dodsiz, omadsiz bo’lsa ham seving, chunki farzandingizning siz bilan birga bo’lishi doimo bayramdir. Bundan tashqari bolangiz har kuni oilada va bolalar bog’chasida muomala qanday bo’lishni ko’rishi va odamiylik alifbosini o’rganib borishi zarur. Shuning bilan birga, bolalar ko’nglida ezgu his-tuyg’ularni uyg’otuvchi maxsus muammoli vaziyatlar yaratish muhim. Misol uchun “Mehribon so’zlar lug’ati” she’riy o’yinini o’rganadilar.
a) “Raxmat” degan so’zga hatto muz palaxsasi ham erib ketadi.
b) “Assalom deb ko’ringchi unga, Baqg chiqarar to’nka -shodlikdan.
v) Ne kilsa biz uchun qilar har qachon , shuning uchun deymiz “raxmat onajon”
g) Kattalarni ko’rganda odobsiz turadi jim, odobli esa deydi “Assalomu alaykum”
d) O’zbekistonda yo boshqa joyda bo’lsa ham qasr, xayrlashayotganda albatta deymiz “xayr”.
Bolada ezgu xislatlarni tarbiyalashda boshqa odamlarga, jumladan beva-bechoralarga nisbatan ham ijobiy munosabatni shakllantirish muhim. “Bolalarimiz bizga qanday munosabatda bo’ladilar, degan savol ustida munozora o’tkazamiz.
Xalq orasida “odamga baho berayotganda uning onasiga qilayotgan munosabatini ham hisobga olish kerak” deb bejiz aytmaydilar.
Haqiqatdan ham,
Muqaddas so’zlar... kam emas ular,
Ona tilimizda juda ko’p erur,
Lekin bitta “ona” suzidan
Muqaddasrog’ini izlab topib ko’r!
Ezgu xislatlarini tarbiyalashda badiiy asarlar tarbiyachi uchun yordamchi vazifasini bajaradi.



Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish