MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA ESTETIK TARBIYANI AMALGA OSHIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
MUNDARIJA
KIRISH. Ishning umumiy tavsifi…………………………………………………
I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARGA ESTETIK TARBIYA BERISHNING MAZMUN-MOHIYATI, MAQSADI, VAZIFALARI VA METODLARI………………………………………………...
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda estetik tarbiyaning ahamiyati…………………………………………………………
MTTda milliy estetik tarbiyani rivojlantirish – jamiyatning ma`naviy qiyofasi va taraqqiyotining ustuvor vazifasi……………………………………………
1 BOB bo’yicha xulosa………………………………………………………………
II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN MASHG’ULOTLARDA MA’NAVIY-MADANIY VA ESTETIK TARBIYANING AKS ETTIRILISHI………………………………...
2.1 MTTda bolalarni ma‘naviy- estetik tarbiyalashda musiqaning o‘rni……………
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat orqali estetik tarbiyani shakllantirish omillari………………………………………………………………………………
2 BOB bo’yicha xulosa………………………………………………………………
III BOB. MAKTABGACHA TA’LIMDA BADIIY-ESTETIK DIDNI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI VA AHAMIYATI…………………….
3.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy-estetik sifatlarini qo‘g‘irchoq teatri vositasida shakllantirish mazmuni…………………………………………………...
3.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik madaniyatlarini rivojlantiruvchi mashg‘ulot ishlanmalari va ularni tashkil etish………………………………………
3 BOB bo’yicha xulosa………………………………………………………………
Xulosa……………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………
Ilovalar………………………………………………………………………………
ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-ma’naviy islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarish keskin rivojlanib borayotganligi - jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga ko‘ndalang qo‘ymoqda.
“O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni oilada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oladi. MTTda ta’lim-tarbiyani tarbiyachi-pedagoglar amalga oshiradi. Tarbiyachi-pedagoglar o‘z faoliyatlarida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama kamol toptirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish bilan birga ularning estetik tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi.
“Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi jahonning eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishi – yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq bo‘lib, har jihatdan yetuk va barkamol, vatan taqdiri uchun sidqidildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli, mas’uliyatli vazifani yuklaydi. Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim, albatta, yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda, o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya bejiz ta’kidlab o’tmagan prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev sharofatlari bilan maktabgacha ta’lim tizimida, chunonchi estetik ta`lim va tarbiyaga alohida e`tibor berila boshladi. Negaki ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan har bir yosh avlod dunyoqarashida estetik ruh, estetik didni shakllantirish, yoshlarni go`zallik, nafosat olamida tarbiyalash ertangi kunimizning, milliy, boqiy an`analarimizning ustuvor vazifalaridan biri bo`lib qoldi. Yurtimiz tabiatini yanada yaxshilash uchun, vatanimiz qiyofasini go`zalligini ta`minlashda, kelajak avlodning estetik madaniyati, estetik didi yuqori o`rinni egallaydi. Estetik tarbiyani shakllantirish kunning dolzarb masalasiga aylangan, negaki estetik tarbiya shakllanmasdan turib inson go`zallikni anglay olmasligi yoki bo`lmasa go`zallikni qadriga yetmasligi mumkin. Xalqimiz orasida qadimda ma`lum bo`lgan estetik madaniyatni tiklashimiz, tarixni yaxshilab o`rganishimiz, boy tariximizning go`zalligini anglashimiz, avaylab – asrab qadriga yetmog`imiz lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning estetik tarbiyasini rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi.
Estetik tarbiya – insonning voqelikdagi va san’atdagi go‘zallikni idrok etish, tushunish va qadriga yetish qobiliyatini o‘stiradi. Estetik tarbiya, shuningdek, insoniyat faoliyatining har qanday sohasida estetik boyliklar yaratish, ya’ni go‘zallik qonuni bo‘yicha ijod qilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Estetik tarbiya ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq.
Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi – jamiyat a’zolarining har tomonlama mukammal rivojlanishlari uchun go‘zallikni to‘laqonli his etishga ko‘maklashishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |