“Hududlarda investitsion muhitni yaxshilash orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish yo’llari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYASI
Tayanch so’zlar: investitsion jozibadorlik, xorijiy investitsiyalar, investorni jalb qilish, modernizatsiya, diversifikatsiya, asosiy kapitalga investitsiya, investitsiyaviy salohiyat, xalqaro tenderlar, kapital qiymati, portfel investitsiya, real investitsiya, intellektual hamkorlik, fond, interllektual investitsiya.
Tadqiqot ob’yektlari: Boysun tuman investitsiya bo’limi va hududdagi investitsion holat.
Ishning maqsadi: Hududning investitsion muhitini o’rganish, xorijiy investitsiyalar oqimiga to’sqinlik qilayotgan holatlarni aniqlash, xato va kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqish va amaliy tavsiyalar berish, biznes muhitini hududlarda shakllantirish orqali investitsion jozibadorlikni shakllantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.
Tadqiqot metodlari: Dissertatsiya ishida ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, monografik kuzatish, taqqoslash, induksiya va deduksiya, statik guruhlash, tizimli tahlil, grafik ifodalash metodlaridan foydalanilgan.
Olingan natijalar va ularning yangiligi: Hududda investitsion muhitni yaratishdagi kamchiliklar asoslab berildi; Boysun tumanidagi investitsiyalarni jalb qilish mumkin bo’lgan firma va tadbirkorlik ob’yektlari o’rganildi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo’llari bo’yicha takliflar ishlab chiqildi; xorijiy investorlarning talablari va ularni nimalar jalb qilishi tahlil qilindi va hududning investitsion holatini ushbu talablarga mos ravishda yaxshilash bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlandi; hududlarda tadbirkorlik muhitidan biznesmenlik muhitiga o’tish, bajarilayotgan va bajarilishi kerak bo’lgan ishlarni tizimli yo’lga qo’yish va bu orqali investorlar jalb qilish yo’nalishlari bo’yicha takliflar yaratildi; tumanda davlat tasarrufidagi yoki ulushi yuqori bo’lgan, lekin xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyatlari mavjud soha faoliyati bilan shug’ullanayotgan ob’yektlarni xususiylashtirish yoki davlat ulushini kamaytirish taklifi asoslandi; sarmoya kiritgan xorijiy investorlarni o’z mablag’ini to’g’ri yo’naltirganligiga ishontirish yo’llari tavsiya qilindi.
Amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar hududlardagi investitsion muhitni yaxshilashni takomillashtirish va xorijiy investitsiyalar oqimini jalb qilish tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Tadqiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan xulosa va takliflar Boysun tuman investitsiya bo’limi tomonidan hudud korxonalarida investitsion muhitni yaxshilashda foydalanish uchun tavsiya etiladi (Boysun tuman investitsiya boshlig’ining 2023-yil 19-fevraldagi buyrug’idan ko’chirma).
Qo’llash sohasi: Boysun tuman investitsiya bo’limi, hududdagi korxona va tadbirkorlik ob’yektlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |