Tadqiqot natijalarini sinovdan o'tkazish va amaliyotga tadbiq qilish eksperimental mashg'ulotlar jarayonida amalga oshirildi. Ishning asosiy qoidalari va natijalari " Boshlang'ich filologik ta'lim va o'qituvchilar malakasini oshirishda qadriyat yo'nalishlari" (Moskva, 2011) ilmiy-amaliy konferentsiyasida muhokama qilindi va ma'ruza qilindi; XXII Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada "Psixologiya va pedagogika: amaliy qo'llash usullari va muammolari" (Novosibirsk, 2011); "Ta'lim sohasidagi innovatsiyalar: tajriba, muammolar, istiqbollar" II Butunrossiya (xalqaro ishtirokida) ilmiy-amaliy konferentsiyasida (Lesosibirsk, 2011); Moskva davlat pedagogika universitetining boshlang'ich maktabida rus tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi yig'ilishlarida (2008-2011). Uslubiy tavsiyalar “Olimp-Plus” nodavlat ta’lim muassasasi, Moskva shahridagi 1781-sonli gimnaziyaning o‘quv amaliyotiga joriy etildi va ijobiy baho oldi.
Dissertatsiya tuzilishi. Dissertatsiya tadqiqoti kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat.
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ERTAKLARNI O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI
I.1. Ertak janri tabiati
Ertak umumfolklor hodisasi sifatida eng qadimgi epik janrlardan bo‘lib, M.Qoshg‘ariy o’z “Devonu lug‘otit turk” asarida turkiy xaiqlarda uning “etuk” atamasi bilan yuritilganini qayd etadi.Unga ko‘ra, etuk biror voqeani og‘zaki hikoya qilishni anglatadi. Biroq jonli so’zlashuvda O‘zbekistonning turli joylarida, chunonchi, Namangan viloyatining Janubiy qismida ”ertangi” deb yuritiladigan bu hodisa-ertangi bo’lib o‘tgan, qadimgi zamonlardan qilinajak hikoya ma’nosini anglatsa, Samarqand, Farg‘ona va Surxondaryoda bu hodisa – matal, Xorazmda-varsoqe, Buxoroda-ushuk, Toshkentda-cho‘pchak, yana boshqa bir qator maskanlarda-hikoya, hikoyat, og‘zaki hikoya, o‘trik yoki o‘tirik, afsona deb yuritilsa-da, folklorshunoslikda ertak ilmiy istilohi qabul qilingan va muhim muomalada bo‘lib, ruslardagi “skazka” istilohiga teng ekvivalentga aylangan. Zero, Alisher Navoiy asarlarining qadimgi lug‘ati sanaluvchi ”Abushqa”da ham “ertak” istilohi uchraydi. Shundan bo‘lsa kerakki, bu qadimiy istiloh ozgina fonetik o‘zgarishga uchragan holda qozoqlarda “ertek” va turkmanlarda “ertaki” shakllarida nomoyon bo‘ladi.
“Ertak” so‘zi “er”, aslida “ir” yo “yir”, ”jir” hamda “tak” so’zlaridan tarkib topgan. A.Navoiy zamonida og‘zaki hikoya yo doston ma’nolarini anglatganki, bu xususda u shunday ma‘lumotlarni yozib qoldirgan.
Ey yirov, sen ham ishingni ko‘rguz,
Yotug’on birla ulug’ irni tuz.
Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim, bo‘lg‘ay,
Qoshingda qissayi Yusuf bir uyqu keltirur cho‘pchak.
Shuni ta’kidlash joizki, Navoiy qo‘llagan “cho‘pchak” istilohi hozir Toshkent muzofotida “cho‘pchak” va uyg‘urlarda “cho‘rek” shakllarida fonetik o‘zgarishga uchragan holda is’temoldadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |