Annotatsiyasi tayanch so‘zlar: folklor, ertak, boshlang‘ich, sinf, xalq ertagi, muallif ertagi, o‘qituvchi, dars, o’qish. Tadqiqot obyekti


SHЕR: Qаdrlаymаn mеn hаr chоq



Download 1,41 Mb.
bet23/29
Sana08.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#756728
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
магистр мех

SHЕR:


Qаdrlаymаn mеn hаr chоq
Tаbiblаrning sozini.
Tоtmоqchimаn hоzirоq
Quvvаt dоri tuzini.

Ertakni muhokama qilishda tulkining mug‘ambirlik bilan gapirishiga e’tibor qaratiladi. Oxiri bo‘ri sher tomonidan jazolangani ko‘rsatiladi. Sher bo‘rining aldayotganini tushunib, shunday deydi:

O‘quvchilarning tabib va tabiblik haqidagi bilim va tasavvurlari aniqlanadi.



Оshqоzоning sаl chаtоq,
Buni...“tumоv” dеydilаr

Bo’rining bilimsiz, ochko’z, aldoqchi tabibligini ko’rsatish uchun quyidagilar muhokama qilinadi:



Tоmоq оg’riq bоshlаnаr
Оyoqning o’ng pаyidаn


O‘qituvchi zamonaviy dars metodlaridan biri klaster usulidan foydalanib, ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tarmoqlash usuli bilan doskaga yoki oldindan tayyorlangan chizmaga yozdirsa maqsadga muvofiq bo‘ladi:


O‘qituvchi zamonaviy dars metodlaridan biri klaster usulidan foydalanib, ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tarmoqlash usuli bilan doskaga yoki oldindan tayyorlangan chizmaga yozdirsa maqsadga muvofiq bo‘ladi:




Bo‘rining ertak qahramonlari bilan birga tasvirlangan rasmlarini qirqib, ularning orqasiga quyidagicha savol va topshiriqlarni yozgan holda “Mozaika” tarzda darsni olib borsa, o‘quvchilarning kitobga qiziqishi, ertak qahramonlari haqidagi bilimlari yanada mustahkamlanishiga yordam beradi, o’quvchi darsda zerikmaydi:

  1. Bo‘ri qanday hayvon?

  2. Bo‘ri qaerda yashaydi?

  3. Bo‘rining bilimsizligini bildiradigan parchani ertakdan o‘qib bering.

  4. Bo‘rining huzuriga qaysi hayvonlar shifo izlab kelishdi?

  5. Quyon nega davolanishdan bosh tortib, qochib qoladi?

  6. To‘ng‘iz qanday kasallikdan shikoyat qilib bo‘rining oldiga keladi?

  7. To‘ng‘iz nima uchun qochib qoladi?

  8. Tumov nima?

  9. Bo‘ri nega sherga yem bo‘ladi?

  10. Ertakni yana qanday nomlash mumkin?

Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligi, hayvonlar xuddi odamlar kabi bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o’qib tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o‘zaro munosabatlarini to’g’ri tasavvur etishga yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Masalan, “Odobli bo’lish osonmi?” (A.Obidjon) ertagining mazmunini o’zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

  1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o’qing. Sichqonchaning «Odobli bo’lish uchun nimalar qilish kerak?” degan savoliga onasi qanday javob berganligini so’zlab Bering.

  2. Sichqonchaning mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o‘rinni topib o‘qing. Nima uchun “Shum Baroq” ko‘zidagi yovuzlik darroq so‘nadi?

  3. Echki nima uchun Sichqonchani «Kam bolma” deb duo qiladi? Shu o‘rinni topib o’qing.

Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida “Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib oqing» , “Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting”, “Hayotingizda ertakdagi voqealarga oxshash voqealar bolganmi?” kabi savol-topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning ertak xulosasini tushuntirishlariga erishiladi.
Boshlang‘ich sinf o’quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, “Davlat”, “Ilm afzal”, “Hiylagarning jazosi”, “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” kabi maishiy ertaklarni ham o’qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o‘z hayotini hikoya qiladi, shu sababli o’quvchilar ertakni o‘qigach, o‘tmishdagi xalq hayotini, o‘y-fikrlari, orzu-istaklarini bilib oladilar.
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o‘qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar.
Davlat” ertagi (4-sinf) oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. “Davlat” ertagi matni ustida ishlash jarayonida o’quvchilar “Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?”, “Nima uchun davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?” kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo’lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qishgagina emas, balki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi.
O‘quvchilarni 1-sinfdanoq ertak tilidan erkin foydalanishga o‘rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o’qituvchi aytib berishi mumkin.
O‘quvchi ertak mazmunini o’zlashtirib olgandan so‘ng, uning tili ustida ishlashga alohida e’tibor qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o‘quvchilarning o‘z nutqida til vositalaridan o‘rinli va unumli foydalanish talab etiladi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur.
Ertak tilida shunday so‘z va iboralar borki, ular bolaga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, “Yo’lbars, Tulki va Bo‘ri” ertagida “Tog‘ echkisi siz ulug’imizniki bo‘lsin”, “Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz bo‘lsin”, “Kiyik kechqurungi taomingiz bo‘lsin, qo’y kunduzgi xo’ragingiz bo’lsin” kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarga o‘quvchilar diqqatini qaratib, ertakni so’zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g’oyalarni bolalar ongiga etkazish, yod oldirish yo’li bilan bog’lanishli nutqni o’stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, “Rostgo’y bola” ertagida bola o’z rostgo’yligi bilan podshoga ma’qul bo’lganligi hikoya qilinadi. Ertak g’oyasiga mos xulosa esa “Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri gapir” maqoli bilan ifodalangan. O’quvchilar ushbu maqolning mazmunini tushunib olishsa, o’zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
So’z ma’nolari ustida ishlashda boshlang’ich sinf o’quvchilariga mos bo’lgan usullardan biri rasmlardan foydalanishdir. Masalan, “Ko’ngilchan o’tinchi” ertagida qayin, eman, shumtol, zarang, zirk, tog’terak, qarag’ay, qayrag’och kabi daraxt nomlari keltirilgan. Ularni bola ko’z oldiga keltira olmaydi. Ertakni o’qishdan oldin shu daraxt rasmlarini ko’rsatib, uning o’ziga xos xususiyatlarini izohlash va nomlarini aytish lozim. Shundan so’ng didaktik o’yin o’tkaziladi. Bunda daraxt rasmlari bolalarga bo’lib beriladi. Har bir o’quvchi o’ziga berilgan rasmdagi daraxtning nomini aytishi va ertakdagi shu daraxtning so’zini o’z so’zlari bilan aytib berishi kerak bo’ladi.
Shu ertakni o’qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o’quvchilardan shaylanib, ro’parasida, sharbat, xayrli ish, muhayyo, xivchin so’zlarining ma’nosi so’raladi. Javoblar to’ldiriladi va umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo’llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag’alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o’rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:

  1. Ertak bilan tanishtirish:

A) o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
B) o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi;
2. Ertakni o’quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o’tkazish.
3. Ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so’zlarni topish, lug’at ishi (ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish).
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o’qish).
5. Ertakni so’zlab berish.
6. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g’oyasini ochish).
7. Ma’lum topshiriq asosida ertakni qayta o’qish (ijodiy va mustaqil ishlar).
8. Vazifani tekshirish va yakunlash.
9. Uyda ertakni o’qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish