Annotatsiyasi tayanch so‘zlar: folklor, ertak, boshlang‘ich, sinf, xalq ertagi, muallif ertagi, o‘qituvchi, dars, o’qish. Tadqiqot obyekti



Download 1,41 Mb.
bet15/29
Sana08.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#756728
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
магистр мех

Birinchi bob bo‘yicha xulosalar


1. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi folklor va yozma adabiyot turlarini, janrlarini, obraz, sujet, uning unsurlari sanalmish tugun, konflikt, yechim, she’rga daxldor atamalar sanalmish qofiya, vazn, radif, barmoq vazni, erkin vazn, aruz vazni kabi tushunchalarni bilishi, zarur bo‘lganda o‘quvchiga o‘rgatishi lozim. Boshlang‘ich ta’lim asoslarini o‘qitadigan o‘quv maskanlari hisoblanmish kollej hamda oliy o‘quv yurti fakultetlari yoki bo‘limlarida adabiyotshunoslikka oid boshlang‘ich tushunchalar alohida fan sifatida o‘tilishi lozim. Davlat ta’lim dasturlarida bunday fan bo‘lmaganligi sababli o‘quv dargohlari tanlov fan sifatida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga o‘qitishlari zarur. O‘qish darslarini o‘tish uchun adabiyot bilan birgalikda adabiyotshunoslikni ham bilish kerakligi ilm ahliga ayon. Adabiyotshunoslik fani davlat ta’lim dasturida yo‘q, tanlov fan sifatida qo‘yilmasa, “Bolalar adabiyoti” fani tarkibida tushuntirib ketish shart. Buning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi “O‘qish kitobi” darsliklarida qanday nazariy ma’lumotlar borligini bilishi, ularni o‘quvchiga tushuntirishning turli yo‘llarini o‘rganishi kerak. Ayrim nazariy ma’lumotlarni o‘zi tushuntirishi, qoida sifatida doskaga yozib, o‘quvchiga yozib olishni buyurishi mumkin.
2. Xalq ertaklari hayvonlar haqidagi ertaklar, maishiy ertaklar, sehrli-fantastik ertaklar kabi turlarga bo‘linar ekan, ularning har biridan boshlang‘ich sinf darslarida foydalanish zarur. 1-2 sinf o‘qish kitobida hayvonlar haqidagi va maishiy ertaklar berilsa, 3-4 sinfda sehrli-fantastik ertaklar ham kiritilishi juda muhim. 4-sinf o‘qish darsi jarayonida sehrli vositalar haqidagi elementar bilimlar o‘quvchiga singdirilishi lozim.
3. O‘zbеk хаlq ertaklаri tа’lim-tаrbiya ishlаrini sаmаrаli оlib bоrishimiz uchun bеbаhо хаzinаdir. Ertаklаrning bоlаlаr оngigа yеtib bоrishidа yangi vа sаmаrаli usullаrni qo‘llаsh аlоhidа аhаmiyatgа egа.
4. Bugungi kunda o‘quv jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Ular pedagogni ham, o‘quvchini ham izlanishga, yangi innovatsion usullarda ishlashga chorlaydi. Elektron resurslar yordamida o‘tilgan mavzular o‘quvchi tasavvurini kengaytiradi, o‘sha daqiqaning o‘zidayoq fikr-mulohaza yuritishga undaydi. “Kompyuter shunday keng imkoniyatli qurilmaki, mukammal ishlangan dasturlardan foydalanganda, juda yuqori samaradorlikka erishish mumkin. AQSH mutaxassislari bergan ma’lumotlarga qaraganda, kompyuterli ta‘limni qo‘llash o‘qish muddatini uchdan bir qismgacha qisqartirish imkonini berar ekan”. Ertak o‘tish darsida foydalanish uchun tavsiya etilgan didaktik o‘yinlarni ta’lim jarayonida multimediasiz ishlatish mumkinligiga qaramasdan, multimediada ushbu elementlardan foydalanish ularni yanada samaraliroq va muhimroq qiladi.
Axborot-kommunikatsiya vositalarini barcha tipdagi darslarda, darsning barcha bosqichlarida keng qo‘llash mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq etishdan maqsad darsni boyitish, kitob bera olmaydigan ma’lumotlarni, didaktik ko‘rgazmalarni berishdir. Multimediali texnologiyalar bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta’sir qilib, sinf qiziqishi va e’tiborini o‘ziga tortadi, bu esa ertakni maksimal tarzda taqdim etish imkonini beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning ertak g‘oyasini anglab, undan estetik lazzatlantirib, nutqini, dunyoqarashini boyitishga va eng asosiysi, ijodiy qobiliyatini o‘stirib borishga ko‘mak beradi.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish