MUNDARIJA
KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
I-BOB.MAKTABDA SONLAR NAZARIYASI VA ULAR USTIDA AMALLAR.
II.1.Natural sonlar va ularni kelib chiqishi tarixi.
II.2.Butun sonlarni kiritilishi va ular ustida amallar bajarish metodikasi.
II.3.Butun sonlarni kengaytirish va ratsional son tushunchasini kiritish metodikasi.
II.4. Ratsional sonlar va ular ustida amallar bajarish metodikasi
II-BOB. 5-SINFDA “O’RTA ARIFMETIK QIYMATLAR” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI
II.1. O’rta arifmetik qiymatlar tushunchasi va unga doir masalalar yechish usullari.
II.2. 5-sinfda “O’rta arifmetik miqdor” mavzusini o’qitishda kompetensiyaviy yondashuv.
II.3. 5-sinf “O’rta arifmetik miqdor”ga doir dars konspektlaridan namunalar
XULOSA VA TAVSIYALAR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI. . . . . . . . . . . . . . . . . .
Kirish
Mamlakatimiz yoshlarining ma’naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda, ularni kasbga yo’naltirishda xalq ta’limi tizimining ahamiyati salmoqlidir. Shuning uchun umumta’lim fanlari mazmuni milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlarga va boy o’tmish merosimizga asoslangan bo’lishi, shuningdek, mustaqil va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga chiqqan davlat va milliy ehtiyojlarni qondirishga qaratilmog’i lozim. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematika fanining mazmuni va uni o’qitishning umumiy maqsad va vazifalari O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga mos davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o’zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo’lishi - yoshlarimizdan fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi. Bu esa mamlakatimiz ta’lim tizimiga matematikani o’qitishning xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
Zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti umumta’lim maktablarida matematika fanini o’qitishga yangicha yondashuvni, o’quvchilarning bu fanidan o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalarining mazmuni va darajasiga yuqori talablarni qo’ymoqda. Bugungi kunga kelib, o’quv axborotlari hajmining haddan tashqari ko’payib ketganligi o’quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularni «o’qish va o’rganishga o’rgatish»ni talab qilayapti. Jadallik bilan o’zgarib va rivojlanib borayotgan axborotlashgan jamiyatda faoliyat ko’rsatish va yashash o’quvchilardan nafaqat shunchaki tayyor bilimlarni o’zlashtirishni, balki turfa ko’rinishdagi ma’lumotlarni mustaqil izlab topish va qayta ishlashni hamda ulardan turli hayotiy vaziyatlarda samarali foydalanishni taqozo etmoqda.
Shuningdek, oxirgi paytlarda maktabda matematika fani bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirishi nisbatan past bo’lib kelmoqda. Bu qaysidir ma’noda matematika fani mazmunining bir muncha nazariy, ilmiy, mantiqiy va aksiomatik tuzulishga ega ekanligi, matematika fani mazmunining hayotiy masalalarga kamroq bog’langan holda o’qitilishi hamda matematika fanini o’qitish metodikasining takomillashmagani bilan ham izohlash mumkin. SHulardan kelib chiqib, matematika fanini o’qitishga ham zamonaviy talablar qo’yilmoqda va uni kompetentsiyaviy yondashuv asosida qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 6- aprel kungi 187-sonli «Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi Qarori «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida qabul qilindi.
Mazkur umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari 2017-2018- o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |