II.2. 5-sinfda “O’rta arifmetik miqdor” mavzusini o’qitishda kompetensiyaviy yondashuv
Matematika fanidan umumiy o’rta ta’lim maktablarida shakllantiriladigan tayanch kompetentsiyalar 6ta bo’lib, ularni amaliyotga joriy etilishini 5-sinflarda “ O’rta arifmetik miqdor” mavzusi misolida ko’rib chiqadigan bo’lsak, u quyidagicha shakllantiriladi:
1. Kommunikativ
O’rta arifmetik miqdorga oid masalalarni og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish va javob berish;
guruxda o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish,uni ishontira bilish;
turli ziddiyatli vaziyatlarda o’z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo’lgan qarorlarni qabul qila olish.
Masala: SHaxmatchilarning 3 tasi 15 yoshdan, 2 tasi 23 yoshdan, 2 tasi 35 yoshdan. O’yinchilarning o’rtacha yoshini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |