Istiqlol uchun kurash — milliy g'oya asosi. Turkistonning bu ilg’or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, boshqaruv shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug’ullandilar. Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar partiyalari, «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi Ulamo», «Turon» va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik masalalariga alohida e'tibor berilgan edi. Bu jadidchilikning allaqachon ma'rifatdan siyosatga tomon yo'1 tutganligini bildiribgina qolmasdan, balki jamiyatni tubdan o’zgartirish, yurtimizda mustaqillikka erishish uchun kurash boshlanganligini ham anglatar edi.
Tarixiy tajriba shuni ko’r-satmoqdaki, bizning ota-bo-bolarimiz asrlar davomida o’z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e'tiqodlari, urf-odat-lari va an'analariga sodiq qolishni ulug’ ish deb hisob-lashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun xalqimizning ming-minglab sodiq o’g’lonlari o’z hayot-larini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo’lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to’xtamagan milliy-ozodlik harakati xalqning milliy o’zligini anglashida, o’z Vatani va millatining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta'sir ko’rsatdi.
Ma'lumki, jadidlar islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo’li bilan, parlament orqali erishishni mo’ljal-lagan edilar. Ular O’zbek xalqining o’ziga xos milliy xususiyati (mentaliteti), uning samiymiyligi, bag’ri keng-ligi, sabr-toqati, bardoshi va chidamini ham hisobga olgan holda tinch yo'l bilan hokimiyatni qo’lga olishga intilgan edilar. Jadidlar faoliyatidagi bu o’ziga xos milliy g’oya keyinchalik jahoniy ahamiyatga molik hodisaga aylanib, u Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy-ozodlik kuchlari yo’lboshchilari tomonidan yanada rivoj-lantirildi.
Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, «Rusiyada bosh ko’targan yangi bir balo -bolshevik balosi» (Fitrat) kuchlar nisbatini butunlay o’zgartirib yubordi. Mah-mudxo’ja Behbudiy tomonidan o’rtaga tashlangan «Haq olinur, berilmas!» shiori butun millatning jangovar chaqirig’iga aylandi. Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o’rnatish uchun parlament yo’li orqali kurashgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bol-sheviklar tomonidan qonga botirildi. Turkistonda kom-munistik mafkuraga tayangan mustabid sovet rejimi qaror topdi.
Bolsheviklar tomonidan nafaqat Rossiyada, balki uning «chekka o’lkasi» hisoblangan Turkistonda ham mustabid tuzum o’rnatildi. Sovet rejimi o’nlab xalqlar ustidan o’z hukmronligini zo’ravonlik yo’li bilan joriy qildi. Biroq milliy mafkura va milliy g’oya yurtimizda sovet tuzumi davrida ham o’lmadi, u yashashda davom etdi. Kommunistlar xalqimiz yuragidan, uning qalbi va tafakkuridan mustaqillik tushunchasini, milliy g’oya va milliy birlik haqidagi fikrlarni butunlay ildizi bilan sug’urib tashlashga intildi. Bosqinchilar o’z rejalarini amalga oshirish uchun qanchalik intilmasinlar, ular bunga uzoq vaqt muvaffaq bo’la olmadilar. Xalqimizning milliy g’oya va mafkuraga sadoqati Turkiston mintaqasi-da mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi qaratilgan qurolli harakatida ayniqsa yaqqol na-moyon bo’ldi. Sovet rejimi davrida qariyb 20 yil davom etgan bu harakat noto’g’ri talqin qilinib, unga «bosma-chilik« deb tamg’a bosildi. Aslini olganda bu harakat bosqinchi qizil armiyaga va uning manfaatlariga zid keladigan Sovet hokimiyatining siyosatiga qarshi qaratil-gan edi.
Afsuski, uzoq davom etgan kurashlardan so’ng Tur-kistondagi bu harakat mag’lubiyatga uchradi. Kommu-nistik mafkura milliy g’oyaga qarshi kurashda, vaqtincha bo’lsa-da, muvaffaqiyatga erishdi. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalari hukumatlarining boshliqlari (Fayzulla Xo’jayev, Polvonniyoz Yusupov va h.k.) tomonidan o’tkazilayotgan milliy murosa va kelishuvchilik siyosati ham bolshevik rahbarlarning kuchli tazyiqlari natijasida o’zgartirildi. Markazdan yuborilgan Turkkomissiya, Turkbyuro, o’rta Osiyo byurosi kabi turli komissiya va partiya tashkilotlari amalda mintaqaning mutloq hukm-dori bo’lishga intildilar va ko’pincha bunga muvaffaq ham bo’ldilar. Mustabid sovet rejimi tomonidan 20—30-yillarda O’zbekistonda o’tkazilgan dahshatli qatag’on millat gullarini, fidoyi va vatanparvar bobolarimizni vahshiyona qirib tashladi. Tarixan halokatga mahkum bo’lgan sovet rejimi mudhish qatag’on siyosatini keyin-chalik ham izchil ravishda davom ettirdi.
Tarix xalqqa saboq va ma'rifat beradi. Tarixni o’r-ganmasdan turib kelajakni anglab bo’lmaydi. Har bir inson, har bir xalq o’z o’tmishi va kechmishini ajdodlari tomonidan yaratilgan tarixiy kitoblarni sinchiklab o’qish, o’rganish va mutolaa qilish orqali bilib oladi. Tarix inson aql-idroki va tafakkurining shunday bir nodir va mo’jiza-kor mahsulidirki, uning ma'naviy qudrati va yordami bilan biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hamdam-u hamnafas bolamiz, o’tib ketgan asrlar silsi-lasini butun hayajonlari, kurashlari va ziddiyatlari bilan ko’z o’ngimizda gavdalantiramiz. Inson tarixdan ta'lim-tarbiya oladi. Tarix saboqlaridan o’ziga tegishli xulosa chiqara olmagan, kechagi kunini yaxshi bilmagan millat-ning kelgusi qismati o’z-o’zidan ravshan.
Tarix saboqlari bugungi kunda ham bizni hushyorlik-ka undaydi. Xususan, O’zbekistonda siyosiy barqaror-likni izdan chiqarmoqchi bo’lgan kuchlar mavjudligi kishini jiddiy o’ylantirmasdan qo’ymaydi. Shuning uchun ham mustaqillik in'om etgan ne'matlarni biz
10
avaylab asrashimiz, o’z ozodligimizni ko’z qorachig’idek himoya qilishimiz kerak.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta'kidlaganidek, «Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirisbimiz zarur. Tarix bilan qurollan-tirish, yana bir bor qurollantirish zarur».
Do'stlaringiz bilan baham: |