7. O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni qaysi kun hisoblanadi?
A. 31-avgust. B. 1-sentabr.C. To'g'ri javob A, B. D. To'g'ri javob faqat A. E. To'g'ri javob faqat B.
8. Kommunistik mafkuraning nomilliyligi va xalq manfaatiga zidligi deganda siz nimani tushunasiz?
o’z fiknngizni yozma bayon qiling.
9. Milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasi deganda nimani tushunasiz va tasavvur qilasiz?
o’z fikringizni yozma bayon qiling.
XULOSA
1917—1991-yillarda O’zbekiston, uning xalqlari bosib o’tgan yo'1, unda yuz bergan o’zgarishlar tarixga aylanib borayotir. Bu — yaqin o’tmish tarixi. U davrda, ayniqsa, 20—30-yillarda tug’ilib hayot kechirib kelayotganlar XX asrning ikkinchi yarmida, hatto undan ancha avval bo’lib o’tgan voqealarning guvohlarigina bo’lmay, ularning bevosita ishtirokchilari hamdirlar. Ular bu davrdagi jara-yonlar, mustabidlik siyosati, mustamlakachilikning achchiq zug’umlarini boshdan kechirganlar.
Mustaqil va ozod O’zbekistonning yosh avlodi mam-lakatimizda istiqlol tantana qilguncha bosib o’tilgan yo’lni tarix darslaridan bilib oladi. Bu tarix, uning saboq-larini ilmiy asosda, haqqoniy tarzda idrok etish buguni-miz va buyuk kelajagimiz uchun g’oyat muhimdir.
Darslik materiallari qamrab olgan davrda o’zbe-kistonda vaziyat murakkab, ziddiyatli, ko’p jihatdan xalq ommasi uchun halokatli bo’lganligini ko’ramiz. Aholi, uning barcha qatlamlari va guruhlari normal xo’jalik faoliyati, ijodkorlik, hamkorlikni yo’lga qo’yish, o’zbe-kistonning iqtisodiy va ma'naviy salohiyatlarini yuk-saltirish harakatlari davomida bolshevistik diktatura, ashaddiy qizil imperiyachilikning eng manfur qarshiligi-ga uchradilar. Milliy davlatchilikni qaror toptirish sa'y-harakatlari barbod etilib, islom dini, tnilliy qadriyatlar, madaniy boyligimiz oyoqosti qilindi, millatning ardoqli vakillari qatag’on va quvg’inga uchradi.
Sovet mustabid tuzumi, undagi hukmron doiralar O’zbekistonga nisbatan yuritgan siyosatining bosh o’qi bu yerli aholini o’z milliy davlatchiligiga erishishga yo'1 qo’ymaslik, jannatmakon o’lkani xom ashyo manbaiga aylantirish, millatning ma'naviy kamolotiga yo'l qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. O’zbekistonning boy tabiiy boyliklari ishlanmagan shaklda yoki tayyor mahsulot
holida respublikadan olib chiqib ketildi. Shu bilan birga, yerli aholining moddiy manfaatlan, yoshlarning ish bilan ta'minlanishi masalalan nazarga olinmadi.
Rasmiy targ’ibotda O’zbekiston rivojlangan agrarin-dustrial respublika deb e'lon qilindi. Ammo unda to’plangan halokatli muammolar xaspo’shlab, yashirib kelindi.
O’zbekistonning ko’pchilik aholisi qishloqlarda yashab kelgan. Mirishkor dehqonlar turli mahsulotlar yetishtirishning haqiqiy ustalari bo’lib, og’ir sharoitlarda ham yerga mehr qo’yib mehnat qildilar. Ammo paxta yakkahokimligining singdirilishi, haddan tashqari zahar-li kimyoviy moddalarning sepihshi ekin maydonlari biologik strukturasini buzibgina qolmay, aholi sog’lig’i, chorva mollariga ham halokatli ta'sir ko’rsatdi. Ko’plab keltirilgan va respublikada ishlab chiqarilgan traktorlar, yuk mashinalari, tez sur'atlarda qurilgan kimyo korxo-nalari va ularning mahsuloti faqat paxta yetishtirishni ko’paytirishga qaratilgan edi.
Shuningdek, respublikada bir qator sanoat korxo-nalari qurildi, bundagi yer osti boyliklari bazasida yirik obyektlar ishga tushirildi. Bu ishlar Markaz nazorati ostida, ko’chirib keltirilgan ishchi kuchlari vositasida olib borildi. Tabiiy gaz quvurlar orqali Rossiya markazi-ga haydaldi, lekin aholining katta qismi gazdan foy-dalanish, toza ichimlik suvini iste'mol qilishdan mahrum edi. Ishlab chiqarilgan oltin, boshqa qimmatbaho metal-lar to’g’ri Markazga olib ketilgan. Faqat mustaqillik sharofati bilan bu muammolar jadal yechilmoqda.
Sovet hokimiyati yillarida O’zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta tolasining atigi 8%i shu yerda tayyor mahsulotga aylantirilib, qolgani respublikadan olib ketilar edi.
O’zbekistonda sanoat qurilishi sohasida o’tkazilgan siyosatning mustamlakachilik mohiyati shundan iborat bo’ldiki:
a) bunda qurilgan korxonalar mahsulot ishlab chiqa-rishni mustaqil olib borolmagan, ko’p jihatdan Rossiya sanoatiga bog’liq bo’lgan;
b) respublikadagi korxonalarning aksariyati Markaz tasarrufida bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar olib ketilgan;
d) bir qator kimyo zavodlari aholi yashaydigan ra-yonlarda qurilib, atrof-muhitni zaharlagan (mustaqillik yillarida ba'zilari yopildi, qolganlarining faoliyati xavf-sizlantirildi);
e) mahalliy aholi zich yashagan, bo’sh ishchi kuchi yetarli bo’lgan shaharlar va tumanlarda o’nlab yirik zamonaviy yengil sanoat korxonalari, mashina-sozlik zavodlari qurish uchun barcha sharoitlar mavjudligiga qaramay, bunday tadbirlar amalga oshi-rilmagan. Tabiatdan jinoyatkorona foydalanish oqi-batida ekologiya buzildi, Orol fojiasi umumbashariy muammoga aylandi.
Maorif-madaniyat dargohlari, o’quv yurtlari, ijodiy uyushmalar, teatr, kino, radio, televideniye, nashriyot-lar, ijtimoiy sohalar, ilmiy-tadqiqot institutlari — barchasining faoliyati birinchi navbatda sotsializm va kommunizm to’g’risidagi xayoliy, real voqelikdan yiroq, jamiyat uchun zararli ta'limot va g’oyalarni tarannum etish, odamlar ongiga singdirishga xizmat qilgan. O’zbekiston ilg’or davlatlardan kelgan texnologiyalar, rivojlanishning mukammal g’oyalaridan voqif bo’lish imkoniyatlaridan mahrum bo’lib keldi. Kadrlar tayyor-lashning istiqbolli milliy dasturini qabul qilish va uni amalga oshirishga kirishish, chet ellarga yoshlarni o’qishga yuborish, olimlarimizning xalqaro aloqalar maydoniga chiqib, muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatish-lari — bunday shukuhli lahzalar haqida sovet istibdodi sharoitida faqat orzu qilish mumkin edi. Shunga qara-masdan bu qiyin davrda xalqimiz mardonavor mehnat qildi. Sanoat va qishloq xo’jaligida ma'lum yutuqlarga erishildi. O’zbek milliy ziyolilari fidoyiligi tufayli fan, madaniyat, ta'lim rivojlandi. O’zbek xalqining shijoatli mehnati tufayli, qiyinchilik va to’siqlarga qaramay, respublika taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yuz minglab O’zbek o’g’lonlari jang maydonlarida qur-bon bo’ldilar. O’zbek xalqi minglab oilalarni bag’riga olib, non-tuz ulashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |