Sog’iiqni saqlash.Urushdan keyingi yillarda respublikada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish og’ir ahvolda edi. Kasalxonalarda davolanish o’rinlari, malakali vrachlar yetishmasdi. Ko’pgina viioyat va rayonlarda shifoxonalar, statsionarlar, feldsher-akusherlik punktlari, ambulatoriya-poliklinika muassasalari yo’q edi. Toshkentdek poytaxt shaharda kasalxonalarda o’rinlar yo’qligi tufayli ko’pchilik bemorlar qabul qilinmas, ularga tibbiy yordam ko’rsatilmasdi. Birgina 1948-yilda tez yordam kasalxonalarda joy yo’qligi tufayli 3 mingdan ortiq bemorni yotqizishdan bosh tortdi.
Respublikada 1948-yilda o’pka kasallari davolanishi uchun shifoxonalarda atigi 2 mingga yaqin o’rin mavjud edi. Holbuki, bunday shifoxonalarga ehtiyoj 4 mingdan ortiq joyni tashkil qilardi.
50-yillarda respublikada tibbiyot muassasalarini ko’paytirishga oz-moz e'tibor berildi. 1953—1958-yillar-da 200 ga yaqin kasalxonalar ochildi, ulardagi o’rinlar soni 13 mingtaga ortdi. Shunga qaramay aholi sog’lig’ini saqlash xizmati boshqa respublikalarga qaraganda ancha orqada edi. Shuning uchun 1960-yili kasalxona shoxobchalarini kengaytirish maqsadida davolash o’rinlarini 20 mingtaga orttirish belgilandi. Buning uchun davolash muassasalariga 500 dan ortiq ma'muriy va boshqa bino-lar ajratildi. o’sha yili respublika bo’yicha 223 ta shifoxona muassasalari va 21 mingta davolanish o’rinlari ishga tushirildi. Son jihatdan ancha ishlar qilingan bo’lsa-da, respublikada sog’liqni saqlash saviyasi aholi talablarini qondirmay qolaverdi.
60-yillarda tibbiyot xizmatini yaxshilash borasida ko’pgina ishlar amalga oshirildi. Bir qancha yirik kasal-xonalar ishga tushirildi. Shu bilan birga, sog’liqni saqlashni rivojlantirishga ajratilgan kapital mablag’lar o’zlashtirilmay, talay obyektlarni ishga tushirish muddat-lari yildan-yilga surilib keldi.
1970-yilga kelib O’zbekistonda 1260 dan ortiq kasalxona, 1760 dan ziyod ambulatoriya-poliklinika muassasalari, 1035 feldsherlik punktlari, 4200 ta feld-sherlik-ambulatoriya yordami muassasalari bo’lishiga qaramay, aholini tibbiy yordam bilan ta'minlash darajasi juda past bo’lib qolaverdi.
Kasalxonalardagi o’rinlar sonini zo’raki ravishda oshirishga urinish natijasida davolash o’rinlari moslash-tirilmagan binolarga joylashtiriladigan bo’ldi. Bu hol sanitar-gigiyenik sharoitlarni keskin pasaytirib yubordi. o’rinlar sonini zo’raki ravishda oshirish kasalxonalar va boshqa tibbiy muassasalarning texnik jihatdan ta'min-lanishida zamondan ortda qolishiga olib keldi.
Shunga qaramay, 1946—1970-yillarda O’zbek xalqi-ning fidokorona mehnati tufayli aholining turar joy va maishiy sharoitlari, sog’lig’i muhofazasini yaxshilash borasida ayrim yutuqlarga erishildi. 60-yillarga kelib aholining turmush darajasi sezilarli ko’tarildi. Biroq totalitar tuzum, ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’ ajratishning qoldiq prinsipi O’zbekiston aholisining hayotiy muhim muammolarini hal qilishga to’sqinlik qilib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |