Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet44/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   207
G’oyaviy-siyosiy vaziyat Buxoro respublikasida g’oyaviy-siyosiy hayot demokratik

tamoyillarni joriy qilish, yangi ijtimoiy munosabatlarga o’tishga qaratildi. Yosh buxoroliklar tashkiloti rasman yo’q bo’lsa ham, hokimiyat organlaridagi milliy kadrlar, ziyolilar, aholining boshqa qatlamlari targ’ib qilingan islohotlar g’oyalariga amal qildilar. Shu bilan birga, mamlakatga Markazdan kelgan bolsheviklar, ular qo’lla-gan BKPdagi so'1-inqilobiy unsurlar jamiyat hayotiga rahna soluvchi yo’lni tutdilar.

Bolshevik I.Sols Buxoro to’ntarishdan ikki kun o’tgach bunda ikkita asosiy vazifa — «yerlarni tortib olish», mulkdorlarning «iqtisodiy salohiyati ildizini qirqish» hamda «mullalarning g’oyaviy ta'siriga qarshi kurashish» deb ochiqdan-ochiq e'tirof etdi. Bolsheviklarning inqilobiy reja, sinfiy adovat, zo’rlikka asoslangan dasturiga Buxoro mamlakatiga kelgan barcha bolsheviklar, qizil qo’shinlar qo’mondonligi amal qila boshladi. Mamlakat va xalqning boyligi talandi. Qisqa vaqt ichida respublika hududida joylashgan Rossiya qo’shinlari 40 ming kishiga yetdi. Ular respublika bo’ylab gar-nizonlarga o’rnashdilar.

1920-yil sentabr-oktabr oylarida Buxoro, Chorjo’y va boshqa joylarda yuzlab avvalgi amaldorlar qatl qilindilar. Matbuotda «ommaviy qizil terror» o’tkazilishi haqida ochiq xabar qilindi. Ko’p hollarda tribunallar hukm chiqarib, ularni ijro etdilar. Bolsheviklar tazyiqi bilan keyingi yangi hokimiyat amaldorlari ham siyosiy qatag’on qilindilar. Favqulodda komissiya (HK) xalqqa qarshi faoliyatini kengaytirishga intildi.

Rossiya qo’shinlari mamlakat hududiga kirib kelayotib, yo'1-yo'lakay dehqonlar mulkini shu qadar ko’p taladilarki, bu hol respublika siyosiy-g’oyaviy muhitiga qo’shimcha salbiy ta'sir ko’rsatdi.

Yosh buxoroliklarning g’oyalari va BKP siyosati o’rtasidagi jiddiy tafovut ijtimoiy vaziyatni keskinlashtir-di. Buxoro rahbariyati 1921-yil mart oyida qator chet mamlakatlar hukumatlariga yo’llagan murojaatnomasida «Buxoro xalqi... Yosh buxoroliklar ta'sirida uyg’ondi», deb ta'kidladi. BKPni F.Xo’jayev «Sun'iy tuzilgan partiya», deb atadi. Rossiya va Turkiston bolsheviklariga tayangan BKPning ayrim rahbarlari zudlik bilan inqilobiy o’zgartirishlarni amalga oshirishni, chunonchi, yerlar, boyliklarni musodara etishni, vaqflarni yo’q qilishni, islom diniga qafiy hujum boshlashni talab qildilar. 1920-yil oxiri — 1921-yil boshida o’tgan munozarada Buxoro to’ntarishi, yangi hokimiyat mohiyatiga oid demokratik yo'1 hamda so'1-ekstremistik yondashuvlar to’qnashdi.

Buxoro respublikasining liberal-demokratik kayfiyatdagi rahbarlari o’z g’oyalarida qafiy turdilar. Mamlakatda qizil qo’shinlar sonini 15 ming kishiga kamaytirish, Rossiyaga berilgan oziq-ovqat, paxta va boshqa mollar evaziga narxi teng bo’lgan mollar yetkazib berish masa-lalari qo’yildi. BKPning qator so'1-ekstremistik rahbarlari lavozimlaridan bo’shatilib, chetga ketishga majbur bo'l-dilar. «Yer to'g’risida»gi dekret bekor qilinib, ekspropriatsiyalar, razvyorstka, zo’rlik choralariga barham berildi.

Turkbyuro raisining muovini CSafarov BXSR ichki ishlariga qo’pol ravishda aralashishga intildi, rahbarlarni ochiq majlisda haqorat qildi. Unga qat'iy tanbeh berildi, RSFSR tashqi ishlar komissarligiga norozilik notasi yuborildi.

F.Xo’jayevning qat'iyati bilan Buxoro Chekasi tugatildi, tribunallar, siyosiy bo’limlar tomonidan fuqarolarni jazoga tortish vaqtinchalik to’xtatildi. Islom dini, masjid-madrasalar xizmati, ruhoniylarning faoliyat erkinligi tiklandi, yangi qoziliklar ish boshladi. 1923-yil yozida BXSR qozilarining I qurultoyi bo’lib o’tdi. 65 ta qozilik hududida 528 kishi xizmat qilardi. Yangi sovet sudlari tashkil etildi.

Respublika hukumati va jamoatcbiligining demokratik yo’ldan borishi mulkdorlarni yo’q qilish, sinfiy adovat kelib chiqishiga imkon bermadi. Ijtimoiy vaziyat mo"tadil darajada saqlandi.

Rossiyadagi bolshevistik rahbariyat, Turkkomissiya BXSRdagi muhitni va siyosiy kuchlar muvozanatini o’zgartirishga urindi. BKPdagi so'1 og’machilikni tanqid qilish bilan birga, asosiy zarbani respublika hukumatiga qaratdilar. Bolshevistik namoyandalar tez-tez Buxoroga qatnay boshladilar. Ularning faol ishtiroki bilan nozirlar Fitrat, M.Saidjonov, M.Aminov, Otaxo’jayev, Sattor Xo’jayev «burjua savdogarlari vakillari» deb lavozimlaridan bo’shatildilar. Mahalliy idoralarda ham «chistka»lar o’tkazildi, Buxoro viloyatida 56 kishi, Karki viloyatida 70 kishi ishdan chetlashtirildi, ular-ning ko’pchiligi javobgar-likka tortildi. Respublika markazi va g’arbidagi o’nta mahalliy ijroiya qo’mita-larining raislari ishdan olindi.

1923-yil oktabrida BXSR Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritilib, aholining muayyan qismi fuqarolik huquqlaridan mahrum etildi. 1923-yil yozi va kuzida bo’lgan voqealar BXSRga chetdan kelib amalga oshiril-gan davlat siyosiy to’ntarishi edi.

Ammo keyingi davrda ham aholining, respublika rahbarlarining sa'yharakatlari fuqarolar totuvligi, ijti-moiy munosabatlarning barqaror kechishiga qaratildi. 1924-yil yozida F.Xo’jayev aholining qashshoqlashgani-ni e'tirof etib, bundan qutulish tadbirlarini izchil amalga oshirish zarurligini uqtirdi. Turkistondan Q.Otaboyev va boshqalar Buxoroga yuborilib, rahbar lavozimlarga tayinlangan edilar. Hukumat raisi muovini Q.Otaboyev respublika iqtisodiyotini ko’tarish, jumladan, pul muo-malasini sog’lomlashtirish, byudjet masalalari bilan jiddiy shug’ullandi. BXSRning qo’shni mamlakatlar bilan o’zaro foydali aloqalarini davom ettirishga e'tiborni qaratdi.

Shunday qilib, Buxoro respublikasida g’oyaviy-siyosiy vaziyat murakkab bo’lib, mustaqillikni himoya qilish nihoyatda keskin kechdi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish