Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1.77 Mb.
bet31/32
Sana11.01.2017
Hajmi1.77 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

O’zbekiston bilan Markaz munosabatlarining kes-kinlashuvi. «Davlat tili haqida»gi Qonunning qabul qilinishi. Shu asnoda O’zbekistonning Markaz bilan ko’z ilg’amas ziddiyatli munosabatlari keskinlasha bordi. O’zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng salmoqli qadamlaridan biri o’zKP Markaziy Komi-tetining 1989-yil 25-noyabrdagi XVIII plenumida bo’ldi. Unda milliy masalaning tarixiy jihatlari, hozirgi ahvoli, milliy siyosatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, ma-daniy-axloqiy masalalari chuqur ilmiy xolislik bilan tahlil etildi va Ittifoq rahbariyati oldiga bu masalalarni hal etish asosiy vazifa qiiib qo’yildi.

O’zbekiston hukumati avvalo respublika va o’z-beklar boshiga yog’ilayotgan malomat toshlariga chek qo’yish, «Paxta ishi», «O’zbeklar ishi» degan uydir-malarni bas qilish, Moskva matbuotida O’zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to’xtatish zarurligini uqtirdi. Shu bilan birga, O’zbeklarning qadimiy madaniyatini, tarixi boy xalq ekanligini, uning millat sifatida nihoyatda yorqin va betakror qiyofasini tan olishni va shu asnoda yuqori darajada-gi rahbariyatning noma'qul siyosati tufayli butun SSSRda ildiz otgan nuqsonlarni O’zbeklarga to’nkash g’ayriqonuniy ish ekanligini ta'kidladi.

80-yillarning o’rtalariga kelib SSSRning parchala-nishi real obyektiv haqiqatga aylanib qoldi. Bu jara-yonni O’zbek tiliga davlat maqomi berilishi ayniqsa tezlatib yubordi. 1989-yil 21-oktabrda O’zbekiston Oliy Sovetining XI sessiyasi «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi O’zbek xalqining, respub-likamizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy-ma'naviy va siyosiy hayotida ro’y bergan g’oyat muhim voqea bo’ldi.

Qonun O’zbek tili va madaniyatining rivojlanishiga imkon yaratdi. Shu bilan birga, unda boshqa tillar-ning rivojlanish imkoniyatlari ham belgilab berildi. Chunonchi, qonunning 26-moddasida «O’zbekistonda yashovchi barcha millatlar milliy-madaniy jamiyatlar va markazlar tuzish huquqiga egadirlar», deb yozilgan.



. O zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy qilinishi. O’zbekiston Respublikasi,o’zbek xalqining mustaqillik sari tashlagan muhim qadamlardan biri mamlakatimizda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi bo’ldi. 1990-yil 23-martda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komi-tetining plenumida respublika siyosiy tizimi to’g’risidagi masala ko’rib chiqildi. Unda O’zbekistonda hokimiyat-ning Prezidentlik boshqanivi shakliga o’tishi respublika suvereniteti va davlatcbiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta'kidlandi. Respublikamizda Prezidentlik lavozimining paydo bo’lishi, ayniqsa, uning huquqiy maqomi belgilanishi quyidagi bosqichlarda sodir bo’ldi.

Birinchi bosqich — 1990-yilning mart-oktabri. 1990-yil 23-martda O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish hamda O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritish to’g’risida Qonun qabul qilindi. Unga ko’ra respublika Prezidenti lavozimi ta'sis etildi. Bunda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, konstitutsiyaviy tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy idorala-rining o’zaro aloqasini takomillashtirish maqsad qilib qo’yildi. 1990-yil 24-martda XII chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi o’sha paytda respublika Kompartiyasi birinchi kotibi bo’lgan LKarimovni O’zbekiston SSRning birinchi Prezidenti etib sayladi.

Ikkinchi bosqich 1990-yil 1-noyabrdan yangi Konsti-tutsiya qabul qilingan davrgacha bo’lgan davrni o’z ichi-ga oladi. 1-noyabr kuni O’zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida Qonun qabul qilindi. Natijada mavjud Prezidentlik hokimiyati bilan Vazirlar Kengashining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo’shib yuborilib, keyingisi Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. Prezident ayni paytda Vazir-lar Mahkamasining Raisi bo’lib qoldi.

Shunday qilib, Prezident Oliy ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amalga oshiruvchi shaxsga aylandi va ayni paytda u davlat boshlig’i sifatida ham o’z o’rnida qoldi. Endilikda u faqat farmonlar emas, balki qarorlar va far-moyishlar ham qabul etadigan bo’ldi. Bulardan tashqari o’sha paytda Vitse-prezident lavozimi ham ta'sis etilib, u Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiluvchi va uning ishini uyushtiruvchi vazifani bajarar edi. Biroq ushbu lavozim o’zini oqlamadi va shu bois keyinchalik (1992-yil 4-yan-var) u tugatildi.

Huquqiy jihatdan O’zbekiston Prezidentlik Respub-likasi shaklidagi davlat boshqaruviga ega bo’ldi. Uning muhim jihati hokimiyat bo’linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoniga egaligidadir. Ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati bir-biriga daxlsiz hol-da ish olib boradi. Malumki, boshqaruvning parlamen-tar respublika usulida Prezident parlament yig’ilishida uning a'zolari tomonidan saylanadi. Prezident respub-likasi boshqaruvida esa umumxalq saylovi yo’li bilan bar-cha fuqorolarning ovoz berishi asosida saylanadi. Bunda Prezident o’z vakolatlarini parlamentning sanoqli a'zo-laridan emas, keng xalq ommasidan oladi.

«Mustaqillik Dejlaratsiyasi» va ahamiyati. O’zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi Markazga qarshi kuchli zarba bo’ldi. Lekin shunga qara-masdan Markaz butun inkoniyatlarni ishga solib Ittifoqni saqlab qolish yo’lidan bordi. Biroq endigi vazi-yat bo’lakcha edi. Tarixiy haqiqatni, asrlar mobaynida shakllangan an'analar va urf-odatlarimiz, qadriyat-larmizni tiklash davom etardi. Markaz tish-tirnog’i bilan ittifoqdosh respublikalar va kichik xalqlarga zug’um qilayotgan bir paytda millat manfaatlari to’g’risida gapirish mumkin emasdi. Shuning uchun ham Islom Karimov O’zbekistonni tom ma'noda mustaqil mam-lakat sifatida tan oldirish yo’lini tutdi.

Shu tufayli O’zbekiston SSR Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi (1990-yil 20-iyun) Dek-laratsiyasi»ni qabul qildi. Uning kirish qismida shunday so’zlar yozilgan edi: «O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbek xalqining davlat buri-lishdagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari, har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta'minlashdan iborat oliy maqsad haqqi, O’zbekiston-ning kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratik prinsiplarga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qiladi».

Ta'kidlash lozimki, mazkur hujjat O’zbekiston qonunlaiining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta'-minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» O’zbekistonning 1991-yil 31-avgustga qadar mavjud bo’lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta'minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. «Mustaqillik Deklaratsiyasi» O’zbekistonning mustaqilligi sari tashlangan juda muhim va zalvorli qadam bo’ldi.

O’zbekistondagi bunday voqealar, 1990-yil oxirla-riga kelib SSSR tarkibidan Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Ozarbayjonning chiqib ketishi SSSR ning davlat butunligiga jiddiy ta'sir ko’rsatdi. Moskva 1990-yil kuzida Markaz bilan respublikalar o’rtasida-gi munosabatlarni yangilash yuzasidan muzokaralar jarayonini boshlab yubordi. Ittifoq markazi bunga majbur bo’ldi, zero, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, mada-niy sohalarda uzilib qolayotgan o’zaro aloqalar, Markaz va respublikalar o’rtasidagi jarlikning ham bo’yiga, ham eniga kengayib, chuqurlashib borishi yangicha yo’lda ishlashni talab qilardi. Biroq, endi bunday imkoniyat qolmagan edi.

O’zbekiston hukumati, uning Prezidenti I.A. Karimov shunday murakkab sharoitda O’zbek xalqi man-faatlarini himoya qiluvchi yagona kuch bo’lib may-donga chiqdi. Fuqarolarga yakka tartibda turar joy qurish va shaxsiy tomorqa xo’jaliklari uchun yer uchastklari ajratish to’g’risidagi, qishloq infrastruk-turasini, aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash to’g’-risidagi farmonlar tobora murakkablashib borayotgan o’zbek xalqi ahvolini ma'lum darajada barqarorlashtiruvchi tadbirlar edi.

Yangi Ittifoq shartnomasi va GKCHP.Mamlakatimiz rahbariyati, Prezidenti Yangi Ittifoq shart-nomasi masalasi bo’yicha ham o’zining dadil fikrlarini bayon etdi. 1991-yil martida Kiyevda, aprelda esa Moskva yaqinidagi Novoogarovada shartli «9+1» raqami ostida M. Gorba-chev va 9 ta ittifoqdosh respublika rahbarlari «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va inqirozni yengishga doir kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g’risida qo’shma bayonot»ni imzoladilar. Qayd etish lozimki, ushbu bayonot avval-boshdan quruq qog’oz, amalga oshmasligi aniq hujjat ekani bilinib qoldi, zero, unda Markazning imperiyacha siyosati, boshqa xalqlar va respublikalar evaziga kun ko’rish kayfiyati ustuvor edi.

1991-yilning mart-avgust oylarida Yangi Ittifoq shartnomasi bo’yicha ko’plab muzokaralar olib borildi. Ularning barchasida Markaz o’z o’rnini saqlab qolishga harakat qildi, respublikaning mustaqilligini tan oigisi kelmadi. Ana shu davr mobaynida O’zbekiston hukumati eng avvalo Rossiya, so’ngra Ukraina, Belorussiya bilan ko’p masalalarda qattiq tortishishga majbur bo’ldi, respublikaning «boqimanda» emas, aksincha, o’z haqini talab etuvchi respublika ekanligini isbotlashga harakat qildi. Uzoq tortishuvlardan so’ng faqat 1991-yil iyun oyidagina ayrim masalalar yuzasidan «9+1» raqamli bitimga erishildi. Lekin bu hali «Suveren Davlatlar Ittifoqi to'g’risida»gi shartnomaning imzolanishini bildirmas edi.

Moskvada 1991-yil 19—21-avgustda yuz bergan voqealar, KPSS MK Bosh kotibi va SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevning hokimiyatdan chetlashtirilib, vitse-prezident G. Yanayev boshchiligidagi oliy eshelon rah-barlari tomonidan Favqulodda holat davlat qo’mitasi (rKHII) tuzilgani, biroq tez orada uning B.N. Yelsin rahbarligidagi Rossiya Federatsiyasi demokratik kuchlari tomonidan tor-mor etilishi endi SSSRning kelajagi yo’qligidan dalolat berardi. O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov esa imkoniyatni qo’ldan chiqarmadi.

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining e’lon qilinishi.O’zbekiston hali Ittifoq tarkibida bo’lib, SSSRning konfederativ davlatga aylanishiga ko’z tutib turilgan mahalda — 1991-yil 31-avgust kuni respublika Oliy Ken-gashining XII chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Resupblikasining Davlat Mustaqilligi to’g’risida Prezident I.A. Karimov ma'ruza-si tinglangandi. Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e'lon qUish to'g’risida» Qonun qabul qilindi. Qonunda 1-sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi. 17 moddadan iborat mazkur Qonunda suveren O’zbekiston Respublikasining asosiy belgilari aniqlab berildi.

Shunday qilib, xalqimizning mustaqillikka erishish-dek asriy orzusi ro’yobga chiqdi. Bir yuz yigirma besh yil davom etgan Rossiyaning mustamlakachilik davriga, shuningdek, podsho va sovet mustabid tuzumiga chek qo’yildi. O’zbek xalqining muqaddas va tarixiy orzusi ushalib, o’zining mustaqil davlatchiligiga qayta erishdi. Bu nodir voqea kamida uch ming yillik o’tmishga ega O’zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga zarhal sahifalar bo’lib yozildi. Mustaqillik xalqimizning XX asrda erish-gan eng yuksak yutug’i, ajdodlarimiz to’kkan qutlug’ va tabarruk qonning mahsuli hisoblanadi.



Savol va topshiriqlar

1. I. Karimovning respublika rahbari etib saylanish jarayoni haqida gapirib bering. Mustaqillik g'oyasi nimadan iborat edi?

2. O’zbekiston va Markaz o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvini nimada ko’rish mumkin?

3. O’zbek davlatchiligining ahamiyati nimadan iborat edi?

4. O’zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi ahamiyati nimadan iborat bo’ldi?

5. «Mustaqillik Deklaratsiyasi» nima?

6. «Yangi Ittifoq shartnomasi» va GKCHP nima edi?

7. O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi qachon e'lon qilindi?


65-§. MUSTAQILLIKKA HARAKAT DAVRIDA MADANIY HAYOT VA MA'NAVIYAT

Qayta qurish va milliy madaniyat masalasi. Ta'limdagi holatlar. Qayta qurish O’zbekistonda milliy madaniyatni rivojlan-tirish, xalqning o’zligini ang-lash jarayonini takomillashtirish yo’lida malum qadam bo’ldi. Madaniyatda milliy-lik tiklana boshladi, madaniy merosga munosabat o’zgardi. Ijtimoiy hayotda milliylik va baynalmilallik nis-batida adolat tiklandi. Biroq qayta qurish O’zbek xalqi madaniyatini rivojlantirishni, uni haqiqiy xalq ma'navi-yatiga aylantirishni maqsad qilib qo’ymagan edi.

Madaniyatdagi qayta qurish hukmron kompartiya mafkurasining o’z siyosiy barqarorligini tiklash yo’lidagi navbatdagi urinish edi, xolos. Uning maqsadi esa madaniyatda shakllanib bo’lgan sekinlashtirish mexa-nizmining ko’zga tashlanib turgan ayrim «qusurlari»ni yengil ta'mirlashdan iborat edi.

1985—1990-yillar xalq ta'limi tizimida ayrim siljishlar ro’y berdi. Ammo bu davrda ta'lim va tarbiya sohasidagi ziddiyatli holatlar yanada keskinlashdi. Maktab, o’rta maxsus va oliy talimda rivojlanishning ekstensiv yo’li o’z imkoniyatlaridan to’liq foydalanib bo’ldi. o’qituvchi va talabalarning ijtimoiy faolligi ort-gani sari sovet ta'lim tizimining chirishi kuchaya bordi. 80-yillarning o’rtalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohotlar mavjud muammolami xalq ko’zidan yashirish-ga urinishdan bo’lak narsa emasdi. Islohotdan ko’zlangan maqsad «sovet tizimi»ni yuqori darajaga ko’tarish, mutaxassis va o’quvchilar bilim saviyasini oshirish, ta'limni demokratlashtirishdan iborat edi. Biroq mazkur maqsadga sovet mafkurasi va u olib borayotgan kommu-nistik yondashuv asosida erishish mumkin emasdi. 80-yil-larning o’rtalaridan boshlangan islohotlar moddiy jihat-dan ta'minlanmaganligi uchun ham oxiriga yetmadi.

Chunonchi, 1985-1990-yillarda O’zbekistonda 3693 ming o’quvchiga mo’ljallangan yangi o’quv yurtlari talab qilingan holda, Markazning topshirig’i bilan bu raqam 920 ming o’ringa tushirildi. Respublika qishloqlaridagi maktablarning 80 foizi esa moslashtirilmagan binolarda joylashgan edi.

1985-yilda respublika maktablarida o’quvchilar soni 2684 mingga yetdi. Bu raqam 1990-yilga kelib 245 ming-ga kamaydi. 1985—1990-yillarda respublikadagi 14 ta pedagogika instituti va 38 ta o’rta maxsus bilim yurtla-rida yiliga o’rtacha 17 ming yosh o’qituvchilar tayyor-langani holda, maktabda favoliyat ko’rsatuvchilar soni-ning muttasil kamayishi ta'lim tizimi va hukmron mafkuradagi jiddiy cheklanganlik oqibatida yuz berdi.

Xalq xo’jaligining boshqa sohalarida ko’plab mutaxassislar tayyorlandi. Masalan, 1970-yilda oliy maktabni bitirganlar soni 334 mingni tashkil etgan bo’lsa, bu raqam 1990-yilda 508 mingga yetdi. Biroq bular faqat son ko’rsatkichlari edi, xolos. Mutaxassislar saviyasi nuqtai nazaridan mamlakat boshqa davlatlardan ortda qolib kelardi.



Teatr san’ati va madaniy-ma’rifiy ishlarning davlat siyosatiga bo’ysundirilishi. O’zbekiston ma'naviy madaniyatida teatr san'atining o’rni va roli juda katta.80- yillar o rtalandan qayta qu-rish tufayli teatrda real hayotga murojaat qilish hollari ko’rina boshladi. Shukrullo, Said Ahmad, Erkin Vohidov, o’tkir Hoshimovlarning asarlarida ma'muriy-buyruqbozlik davrida respublikada paydo bo’lgan nosog’lom muhitni yoritishga, xalq tarixi, paxta yakkahokimligi, ekologik muammolar kabi ijti-moiy masalalarga keng o’rin berildi. Ayniqsa, Izzat Sul-tonning «Abdulla Qodiriyning o’tgan kunlari», Sharof Boshbekovning «Temir xotin» asarlari shuhrat qozondi. Shuningdek, Surxondaryo, Qo’qon, Namangan teatrla-rida ham mukammal asarlar sahnaga qo’yikli-

Qashqadaryo viloyati musiqali va drama teatrida vujudga kelgan axloqiy-ruhiy holat natijasida mazkur teatrdan yosh, iqtidorli rejissyor A. Abdunazarov boshchiligida bir guruh ajralib chiqib «Muloqot» teatr studiyasini tashkil etishi, iqtidorli rejissyor B. Yo’ldoshev bilan birga bir guruh yosh, iste'dodli aktyorlarning Hamza teatridan «Yosh gvardiya» teatriga o’tib ketishi teatr san'atida demokratik jarayonlarning bosh-langanidan dalolat beradi.

Biroq teatr san'ati chuqur bo’hronli holatda edi. Buning sabablari esa teatr va tomoshabin hamda reper-tuar muammolarida ko’rinadi. Mazkur san'at turining rivoj topishiga kommunistik mafkuraning tazyiqlari, hukmron siyosiy kuchning ijtimoiy byurtmasi katta to’siq bo’lib keldi. Natijada respublika teatrlari o’z tomo-shabinlarini yo’qota boshladi. Masalan, 1985-yilda O’zbekistondagi 30 ta teatrga 4802 ming tomoshabin tashrif buyurgan bo’lsa, bu raqam 1989-yilda 4387 ming-ni tashkil etdi.

Buning natijasida madaniy-ma'rifiy muassasalarning moddiy-texnik bazasi masalasi juda keskinlashdi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining yanada mustahkam-lanishi, madaniy sohaga mablag’ sarflashning «qoldiq» prinsipi tufayli 1985—1990-yillarda madaniyat maskan-lari soni kamaya boshladi. Masalan, ko’rsatilgan davrda klublar soni 55 taga, kutubxonalar soni esa 93 taga kamayib ketdi. O’zbekistonda madaniy-ma'rifiy maqsad-lar uchun aholi jon boshiga 1989-yilda 36 so’m pul ajratiJdi, xolos. Bu raqam Ittifoq respublikalari ichida eng past ko’rsatkich bo’ldi.

Ammo 1985— 1990-yillarda davlat rasmiy siyosati-ning o’zgarmay qolishi, mavjud muammolarni hal etish imkoniyatlarining mavjud emasligi klublar, kutubxonalar ishini yanada jiddiyroq ravishda ma'lum tizimga soldi. Eng muhim madaniy-ma'rifiy muassasalar kompartiya-ning ijtimoiy byurtmasini bajarishda davom etdilar. Bu esa aholining klublar ishidan bezishiga olib keldi. Yuqori tashkilotlar turli sun'iy yo’llar bilan ularning rolini oshirishga urindilar, suhbatlar, ma'ruzalar, zerikarli tad-birlar madaniyat muassasalarining ishi, faoliyati sifatida talqin etildi.

Qayd etish lozimki, 1986-1990-yillarda O’zbekiston milliy madaniyatining rivojlanishida ma'lum siljishlarga erishildi. Xususan, madaniyatda milliylik tomon o’giri-lishi, o’tmish madaniy merosimizni o’rganishga bo’lgan qiziqishning kuchayishi, 1989-yilda O’zbek tiliga davJat tili maqomining qonun yo’li bilan berilishi, O’zbekiston-da yashovchi barcha miliat va elatlarning madaniy jihat-dan erkinlikka erishishi, kommunistik mafkuraviy biqiq-likdan ijodiy hurfikrlilikka o’ta boshlashi, madaniyat-larning rivojlanishiga yo'l ochib berilishi — bularning barchasi ijobiy holatlar bo’ldi.

Biroq qayta qurish sovetlar davri siyosatini tamomila inkor etish asnosida yuz bermadi, aksincha, ilgarigi siyosat yangi shaklda, eski mazmunni mustahkamlash tarzida davom ettirildi.

Madaniyatda milliylik va baynalmilallik masalasi .Ma'lumki, sovetlar davrida O’zbek milliy madaniyatining chuqur bo’hronli holatda bo’lishi, siyosiy iskanjada faoliyat ko’rsatishi ma'naviyat-da milliylik va baynalmilallik nisbatining qo’pol ravishda rus madaniyatiga asoslangan soxta internatsionalizm foy-dasiga buzilishiga olib keldi. To’g’ri, bu davrda milliy marosimlar, an'analarga munosabat o’zgardi. Xususan, dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni va roliga e'tibor kuchaydi. Diniy tashkilot-lar, muassasalar faoliyatiga keng yo'1 ochildi, diniy erkinliklar himoya qilina boshlandi, milliy-madaniy markazlar tashkil etildi. Ammo bu o’zgarishlar milliy ma'naviyatning rivoj topayotganini bildirmas edi. Zero, madaniy jarayonga kompartiyaning aralashuvi ham davom etdi. Bu 80-yillar o’rtalarida Navro’z milliy bayrami va islom diniga qarshi rasmiy harakatlar miso-lida yaqqol ko’rindi.

Sovet davri siyosatchilari tomonidan o’ylab topilgan millatni o’limga mahkum etuvchi soxta nazariyalar qayta qurish yillarida ham o’ziga yo'1 ochishga harakat qildi. Masalan, 1987-yilda O’zbek tilida asarlar chop etish 1980-yildagiga nisbatan 0,9 mln nusxaga kamaydi va 1988-yilda jami 10,6 mln nusxaga yetdi, yoki O'zbe-kistonda yashayotgan har bir O’zbek o’quvchisiga atigi 0,7 tadan kitob to’g’ri keldi.

O’zbek tilini bilish, unda asarlar chop etish masalalasi katta muammo bo’lib qolaverdi. Maktablarda

ona tilini o’rganishga ajratilgan soatlar, teatr, kino va boshqa muassasalarning milliy repertuari qisqardi. 1984-yilda O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlarida 47,2% tala-balar barcha fanlarni rus tilida o’rganganlari holda, O’zbek tilida bu raqam arang 39,5%ga yetdi.

Milliy madaniyatning rivoji ko’p jihatdan kutubxo-nalar, ulardagi kitob jamg’armalariga bog’liq. Uzoq yillar davomida kutubxona fondlarini jamlashda rus tilidagi kitoblarga ustuvor ahamiyat berish amaliyoti qayta qurish davrida ham o’zgarmay qolaverdi. O’zbek qishloqlarida yashovchi millionlab dehqonlar rus tilini bilmaganlari holda, bu yerdagi kutubxonalar jamg’armasining 60-90%ini rus tilidagi kitoblar tashkil etardi. Masalan, 1989-yili Andijon viloyatidagi barcha kutubxonalarda bo’lgan 8698000 kitobdan 4167,3 mingini ms tilidagi kitoblar tashkil qilgan. O’zbekiston bo’yicha O’zbek tilidagi adabiyotlar soni yildan-yilga kamayib bordi. 1989-yilda O’zbek tilidagi kitoblar barcha kutubxonalar jamg’ar-masining 42,5%ini tashkil etdi, xolos. Kutubxonalarning o’zi ham sovet turmush tarzini madh etuvchi, uning «afzalliklari»ni targ’ib qiluvchi muassasa sifatida kom-munistik mafkura tomonidan iskanjaga olindi.

Qayta milliy san'ati qurish davrida qo’shiqchilik Qayta qurish yillari qo’shiqchilik sa'nati uchun ham og’ir sinovlar davri bo’ldi. Agar 1985-yilda O’zbekiston bo’yicha 13 ta konsert muassasalari ijodiy faoliyat ko’rsatgan bo’lsalar, 1988-yilda bu raqam 7 tani tashkil etadi. Bu hol respublikada konsertlar (1985-yilda 8000, 1988-yilda 5200) va ulardagi tomoshabinlar (1985-yilda 2267000, 1988-yilda 2133000) sonining keskin kamayishiga sabab bo’ldi. Konsert tashkilotlarining ijtimoiy obro’sizlanishi boisi repertuar masalasiga mafkuraviy tazyiqning kuchliligida edi. Milliy qo’shiqlar «sinfiylik»ka yot deb, madaniy me-rosga ijobiy munosabat esa millatchilik ko’rinishi sifatida talqin qilinishi 80-yillarning ikkinchi yarmida o’zbe-kistondagi mafkuraviy rahbariyatning katta xatosi bo’ldi. Madaniyat sohasini xodimlar bilan ta'minlash masalasi ham juda og’ir kechdi. Xususan, 1989-yilda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli klub muassasalarida xizmat qilayotgan 7261 xodimning faqat 1179 tasi, ya'ni 16,2%igina oliy, 35,2%i o’rta max-sus ma'lumotga ega edi. Resupblika viloyatlari bo’yicha tahlil qilganda bu ko’rsatkich yanada beqaror bo’lganini ko’rish mumkin. Masalan, Xorazm viloyatida oliy ma'lumotli madaniyat xodimlari 20,8% ni tashkil etgan holda, Sirdaryo viloyatida bu raqam 8,5%ni, Buxoroda 10,l%ni tashkil qildi.

Kommunistik mafkura, ma'muriy-buyruqbozlik ti-zimiga asoslangan dunyoqarash va mustabid boshqaruv usuli O’zbek milliy madaniyatini kamsitish yo’lidan bordi. Bu o’tmish madaniyatimiz, milliy merosimizga munosabatda ayniqsa aniq ko’rindi. Ma'lumki, o’zbe-kiston o’zining boy madaniy va tarixiy yodgorliklari bilan jahonni doim lol qoldirib kelgan. Biroq ularni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga yetkazish rasmiy siyosat «buyurtma»si bilan amalda yo’qqa chiqarildi.

1989-yilda O’zbekiston bo’yicha 9310 ta harakatsiz madaniy va tarixiy yodgorliklar hisobga olingan. Ulardan faqat 6466 tasi, ya'ni 70% i davlat muhofazasiga olingan. Davlat muhofazasiga olingan yodgorliklarni saqlash, ta'mirlash ishlari ham o’lda-jo’lda bo’lgan.

Tarixiy-madaniy yodgorliklar, obidalardan boshqa maqsadlarda foydalanish ayniqsa avj oldi. Toshkent shahrining o’zida yigirmaga yaqin yodgorliklar ijarachi-lar, turli tashkilotlar, korxonalar tomonidan band etildi. Ko’plab joylarda o’ta mas'uliyatsizlik oqibatida tarixiy obidalar, xalq madaniy merosi yo’q qilindi. Navoiy viloyatining Xatirchi tumani hududidagi Soqitepa, 1-Uchtepa, Kattatepa, Zartepa, Shag’altepa, Baxcbika-lontepa kabi qo’rg’onlar vayron etildi. Shunday qilib, 80-yillarning ikkinchi yarmida O’zbek milliy madaniyatida ma'lum siljishlar ro’y berdi. Biroq ma'naviy sohaga kommunistik mafkura ta'siri hali juda kuchli edi va uni to’liq bartaraf etmasdan milliy va bay-nalmilal madaniyatni umumxalq ijtimoiy ongiga singdirib bo’lmasdi.



Savol va topshiriqlar

1. Qayta qurish davnda O’zbek madaniyati qanday ahvolda edi?

2. Milliy madaniyat va real hayot o’rtasidagi uzilish deganda nimani tushunasiz?

3. Madaniyat va uning siyosatlashuvi tushunchasini izohlab bering.

4. Madaniyatda milliylik va baynalmilallik nisbati qanday holatda buzilishi mumkin?



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa