Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1.77 Mb.
bet17/32
Sana11.01.2017
Hajmi1.77 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32

Savol va topshiriqlar

1. «O’zbekiston sanoati — front uchun» shiorini dalillar bilan isbotlab bering.

2. Urush yillaridagi O’zbekiston sanoatining salohiyati haqida so’zlang.

3. Yangi sanoat korxonalarining barpo etilishi haqida gapirib bering.

4. Butun xalq, jamiki moddiy resurslar Vatan himoyasiga safarbar etilishining g'alaba uchun amaliy ahamiyati nimadan iborat?

34-§. QISHLOQ XO’JALIK AHLINING MEHNAT JASORATLARI

Reja.


  1. Dehqonchilik mahsulotlari frontga.

  2. Urush yillarida qishloq xo’jaligini tashkil etish

Urush boshlanishi bilan respublika qishloq xo’jaligi oldida ham front va front ortini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan, sanoatni esa xom ashyo bilan ta'minlash vazifasi turardi. Buning uchun xalq xo’jaligining barcha sohalari kabi, qishloq xo’jaligini ham harbiy izga solish, texnik ekinlar, don, poliz va sabzavot ekinlarini ko’paytirish, chorvachilik mahsulotlarini oshirish zarur edi.

Bu jiddiy muammolarni tez hal qilish bir necha sabablarga ko’ra og’irlashdi, Avvalo, Markaz hukumati

yakkahokimligiga yo'l berganligi sababli, respublikaning dehqonchiligi asosan paxta ekishga moslashib

bo'lgan edi. Endi donni O’zbekistonda yetishtirish mosi ko’ndalang bo’ldi. Markaz O’zbekiston

oziq-ovqat bilan ta'minlash vazifasini qo’yarkan, axta maydonlarini kamaytirmaslikni ham talab qildi. Chunki mudofaa sanoati uchun paxta muhim xom ashyo sanalardi. Ikkinchi tomondan, urush boshlanishi bilan MTS va sovxozlarga yangi traktorlar, qishloq xo’jalik tnashinalari va ularga ehtiyot qismlar kelishi barham topdi, yoqilg’i va mineral o’g’itlar berilishi kamaydi. Aksincha, traktorlar, avtomobillar va otlarning bir qismi harakatdagi armiya ehtiyojlari uchun ulardan olib qo’yildi- Natijada qo'l mehnatiga ehtiyoj oshdi, yer ho’kizlarda omoch va pluglar bilan haydala boshlandi.

Navbatdagi muammo — kadrlar masalasi edi. Malakali kadrlar va qishloq aholisining mehnatga yaroq-li asosiy qismi frontga safarbar etildi. Mehnatga layoqatli necha-necha ming qishloq ahli sanoat va qurilishga jalb etildi. Shu sababli 1941—1942-yillarda mehnatkash dehqonlar soni 20 foizga, 1945-yilga kelib 40 foizga kamaydi. Ayniqsa, mexanizatorlar soni kamayib ketdi — 30 mingdan 3 mingga tushdi. Urushga ketganlarning o’rnini ayollar, qariyalar va o’smirlar egalladilar.

1941-yildayoq qishloq xo’jaligining barcha bo’g’in-laridagi ish tartibini qafiylashtirish yuzasidan sho-shilinch choralar ko’rildi. Kolxozlarda eng kam miq-dordagi majburiy mehnat kunlari soni urushdan oldingi-ga qaraganda 1,5 baravar oshirildi. o’smirlar uchun ham, 12 yoshdan boshlab, eng kam miqdordagi mehnat kunlari belgilandi. Belgilangan miqdordagi mehnat kun-larini ishlab bermagan kolxozchilar va ularning oila a'zo-lari sudga berilar edi.

Ushbu choralar qishloqda qolgan kam sonli mehnatga layoqatli aholining kuch-quvvatini eng muhim qishloq xo’jalik ishlarini bajarishga qaratdi. Biroq, qishloq mehnatkashlarining tabiati bunday qattiq choralarni talab qilmas edi.



Urush yillarida qishloq xo’jaligini tashkil etish. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, qishloq ahli frontni mahsulotlar bilan ta'minlash uchun fidokorona mehnat qildi. 1941-yili davlatga 1,6 mln tonnadan ziyoa jun, go’sht topshirish majburiyatlari oshig’i bilan bajarildi.

Don va texnik ekinlarni ko’paytirish harakati nati-jasida 1942-yil bahorida qo’shimcha 220,5 ming gektar yer o’zlashtiiildi. Qishloq xo’jalik ekinlarining miqdon ham o’zgardi. Urushgacha ekin maydonlarining 90%ida paxta ekilgan bo’lsa, urush yillarida bu ko’rsatkich ancha kamaydi. Chunonchi, Farg’ona viloyatida paxta may-doni 51%ga kamaydi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash imkoni oshdi.

Urushning suronli yillaridagi mashaqqatli mehnat natijasida don muammosi hal etila boshlandi. Bu yillarda davlatga 82 niln pud don, 213 ming sentner sholi top-shirildi. Don ekini maydonlarini kengaytirish va respub-lika uchun yangi ekinlar — qand lavlagi, kanop va boshqalar ishlab chiqarish ham kun tartibida bo’ldi.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ko’proq ishlab chiqa-rish masalasi sug’oriladigan dehqonchilik sharoitlarida boshdanoyoq irrigatsiya quv-vatlariga bog’liq edi. Bu quvvatlarni oshirish va shu asos-da ekin maydonlarini kengaytirishni ta'minlash muhim xalq xo’jaligi vazifasiga aylandi. Respublikada irrigatsiya qurilishi yuksak sur'atlar bilan davom etib bordi: Shimoliy Toshkent kanalini barpo etish 15 ming gektar yerni sug’orish imkonini berdi. Buxoro viloyati Koson, Qarshi va Beshkent tumanlarining kolxozchilari Rudasoy suv omborini qurdilar. Kolxoz dehqonlari va butun O’zbekiston mehnatkashlarining kuchlari bilan Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg’ona, So’h-Shohimardon, Uchqo’rg’on kanallari, Kosonsoy suv ombori bunyod etildi. Kattaqo’rg’on suv ombori suvga to’ldirila bosh-landi. Natijada respublika sug’oriladigan yerlarining maydoni faqat 1942—1943-yillar mobaynida 546 ming gektarga kengaydi. Samarqand, Farg’ona, Toshkent viloyatlarida qand lavlagi uchun unumli yerlar ajratilib, 1943-yili 1,5 mln sentnerdan ortiq lavlagi davlatga top-shirildi. O’zbekistonga ko’chib kelgan Ukraina va Belorussiya olimlari, kolxozchilari, agronomlari bebaho yordam ko’rsatdilar. Qand lavlagini qayta ishlovchi Zirabuloq, Qo’qon va Yangiyo'1 qand zavodlari qurildi. Urush yillarida respublika butun mamlakatda ishlab chiqiladigan qandning to’rtdan bir qismini berar edi. Bundan tashqari kungaboqar, zig’ir, kanop, makka-jo’xori, kunjut kabi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish ham yo’lga qo’yildi va yildan-yilga oshib bordi.

Respublika qishloq xo’jaligining xalq xo’jaligi va mudofaada katta o’rin tutgan sohasi ipakchilik bo’lib qolaverdi. Qorako’lchilikka ham ahamiyat berilar edi. Chorvachilik juda tig’iz vazifalarni bajarib bordi, go’sht, yog’ va sutga ortib borayotgan talablarnigina emas, teri va junga bo’lgan talablarni ham ta'minladi.

Urush yillarida O’zbekiston meva, uzum, sabzavot va Poliz mahsulotlari ishlab chiqarishda alohida o’rin tutdi. Sabzavot maydonlari 1942-yili 1939-yilgi 16,5 mingdan 29 ming gektarga oshdi. Uzumzorlar maydoni 1940-yili 26,6 ming gektar bo’lsa, 1943-yili 31,7 ming gektarga yetdi.

Respublikada mustahkam oziq-ovqat bazasi yaratish id qo’yilgan vazifa bajarilgan edi, Respublika talablarni qondirish bilan cheklanmay, frontni va ozod etilgan shahar va tumanlarni qishloq xo’jalik mah sulotlari bilan ta'minlashda ham qatnashdi, shuningdek ozod etilgan rayonlarga talay chorva, urug’lik va qishlon xo’jalik texnikasi yuborildi.

Urush yillarida paxta ishlab chiqarishni oshirish eng muhim vazifa bo’lib qoldi. Qishloq xo’jaligini qayta qurishning murakkab sharoitlarida harbiy talablarga muvofiq, respublika 1941-yili paxta topshirish rejasini muvaffaqiyat bilan bajardi. Lekin keyingi ikki yil davo-mida paxta tayyorlash rejasi bajarilmay qoldi. Chunki g’o’za ekiladigan maydonlar salmog’i keskin kamayib g’o’za hosildorligi pasayib ketgan edi. Mexanizatsiya darajasining pasaygani, mineral o’g’itlardan foydalanish qisqargani va paxta yetishtirish agrotexnikasi yomonlash-gani ham ta'sir o’tkazdi. Chopiq, sug’orish, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash ishlarini muntazam olib borish uchun ishchi kuchi yetishmas edi.

Biroq urush davri sharoitidagi bu obyektiv omillarni Markaz hukumati rahbariyati inkor etdi. Shunday og’ir sharoitda O’zbek qishloq ahli 1942—1943-yillarda mar-donavor mehnat qilganligi inobatga olinmadi. Aksincha, paxta tayyorlash rejasi bajarilmagani uchun javobgarlik mahalliy partiya va xo’jalik organlari bo’yniga qo’yilib, ular qishloq xo’jaligini boshqarishni operativ ravishda qayta qurishga layoqatsizlikda ayblandilar va jazolandi-lar. Hatto O’zbekistonning o’sha paytdagi rahbari Usmon Yusupov qattiq ogohlantirish bilan jazolandi. Holbuki, u urush yillari O’zbekistonga mohirlik bilan rahbarlik qilgan edi.

Paxtachilikni yuksaltirish vazifalari 1944-yil yanvari-da o’tkazilgan birinchi respublika paxtakorlari qurultoyida jiddiy muhokama qilindi. Paxtakor xo’jaliklarni tashkiliy jihatdan yiriklashtirish zarurligi e'tirof etildi. Tajribali paxtakorlar xalq xo’jaligining boshqa uchast-kalaridan paxta dalalariga qaytarib kelindi, suvdan foy-dalanish, dalalarni o’g’itlar bilan ta'minlash ishlari yax-shilandi. Davlatga 820 ming tonna, 1943-yilga nisbatan 325 ming tonna ko’p paxta topshirildi.

Shunday-qilib, urush yillarida O’zbekiston qishloq xo’jalik ahli eng murakkab va og’ir sharoitlarda mehnat qilib 4 mln tonnadan ziyod paxta xom ashyosi, 82 mln ud don, 55 ming tonna pilla, 1,1 mln tonna sholi, 57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna meva, 159,3 ing tonna go’sht, 22,3 ming tonna jun va boshqa mahsilotlar yetkazib berdilar. Bu fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo’shilgan munosib hissa edi.

Savol va topshiriqlar

1..O’zbekiston qishloq xo’jaligini harbiy izga o’tkazish, urush davri ehtiyojlarini qondirish jarayonlari qay tarzda amalga oshirildi.

2. Qishloq xo’jalik ahlining mehnat jasoratlari haqida so’zlab

Bering.

3, O’zbekiston qishloq mehnatkashlarining g'alabaga qo’shgan hissasi nimadan iborat bo’ldi?



4. O’zbek xalqining front ortidagi mashaqqatli mehnati to'g'risida misollar keltiring.

35-§. O’ZBEKISTON FANI VA MADANIYATI G’ALABA UCHUN

Reja.

1. llm-fan front xizmatida.

2. Xalq ta'limi va mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari

3. O’zbek adabiyoti va san’ati fashizmga qarshi kurashda

O’zbekistonning beqiyos kuch va quvvatga ega bo lgan boy ma'naviy madaniyati urushning birinchi kunlaridanoq vahshiy fashizmga qarshi kurashga astoydil qo’shildi. O’zbek madaniyati arboblari va xodimlarining faoliyati tufayli insonparvar madaniyatimizning butun borlig’i urush talab va ehtiyojlariga qaratildi.

O’zbek fani ahlining urush sharoitidagi izlanishlari, ilmiy tadqiqotlarining yo’nalishlari front va xalq xo’jaligi talablari hamda manfaatlariga moslashtirildi. Bu boradagi ilmiy va tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish, ularga rah-barlik qilish sobiq SSSR FAning O’zbekiston filiali (0'zFA) va keyinroq, 1943-yil 4-noyabrda uning asosida tashkil etilgan O’zbekiston Fanlar akademiyasi zimmasiga tushdi. Bu akademiyaning birinchi prezidenti etib T.N. Qori Niyoziy saylandi. Fanlar akademiyasining tashkil etilishi O’zbek xalqi hayotida muhim tarixiy hodisa bo’ldi. Bu akademiya O’zbekiston ilmiy tafakkurining markazi bo’lib qoldi. Shu bilan respublikada ilmiy tafakkurni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratildi. Bu davrda taniqli matematik-olimlar T.N. Qori Niyoziy, T.A. Sarimsoqov, geolog-olimlar H.M. Abdullayev, A.S. Uklonskiy, faylasuf I. Mo’minov, kimyogar olimlar O.S. Sodiqov, S.Yu. Yunusov, energetik A.N. Askochenskiy va boshqalar samarali izlanishlar olib bor-dilar. Fanlar akademiyasi tarkibida 22 ta ilmiy muassasa mavjud bo’lib, ularda 818 ilmiy va ilmiy-texnik xodimlar faoliyat ko’rsatardi. Urush tufayli Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk va boshqa shaharlardan ko’chirib kelingan olimlar O’zbekiston olimlari bilan mahkam aloqada ish olib bordilar. Ularning birgalikdagi sa'y-harakatlari ilm-fan yutuqlarini front ehtiyojlari uchun xizmat qildirishga qaratilgan edi.

Matematika, fizika, mexanika, energetika hamda boshqa mavjud fanlar sohasidagi olim va ilmiy xodim-larning izlanishlari — metallni qayta ishlash, mashi-nasozlik va mudofaa sanoati boshqa tarmoqlarining rivojlanishini ta'minladi. Respublika olimlari artilleriya aslahasini mukarnmallashtirish, jangovar samolyotlar-ning yuk ko’tarish salohiyatini oshirish, mavjud harbiy texnika vositalarini yaxshilash va yangi turlarini yaratish kabi eng dolzarb amaliy masalalarni hal etdilar.

Ishlab chiqarishni kengaytirish va xom ashyo man-balarini qidirib topish maqsadida geolog olixnlar juda

muddatlarda qalayi, volfram, molibden, nodir neft, toshko’mir, olovbardosh materiallar va - s^qa turdagi xom ashyo konlarini topdilar, bu konlar sqa muddatlarda o’zlashtirildi. Turangli rayonida temir ^da konlarining topilishi muhim sanoat ahamiyatiga ega bo'ldi. Biologiya, botanika sohasida olimlar qishloq-xo’jaligida g’o’za, bug’doy, va qand lavlagini almashlab ekish usulini joriy etdilarki, bu respublikaning o’z oziq-ovqat bazasini yaratish va g’o’za hosildorligini oshirish-ga imkon berdi. Yangi-yangi g’o’za navlari yetishtirildi.

Kimyogar olimlar jaydari ko’mirni kokslash muam-fliosi ustida ishladilar, neft, slanets va boshqa turdagi yoqilg’ilar yuzasidan tadqiqotlar olib bordilar. Paxta chiqindilaridan xalq xo’jaligida foydalanishga doir tak-liflar ishlab chiqildi, quruqlayin qayta ishlash yoli bilan etil spirti, soda, kislota olishning yangi usullari yaratildi. Kimyogarlarning chetdan keltiriluvchi dori xom ashyosi o’rnini bosish uchun dori-darmonlar ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan olib borgan ishlari diqqatga sazovordir. Jumladan, narkozli efir, xlorli kalsiy, kofein, streptotsil, sulfidin, nikotin kislotasi ishlab chiqarila boshlandi. o’rta Osiyo Davlat universitetining kimyo fakulteti bazasida farmatsevtika zavodi ishga tushirildi. Bu zavod urush yillarida butun Ittifoq ehtiyojlarini zarur dori-darmonlar bilan ta'minlab bordi.Tibbiyot olimlari yaradorlarni tez tuzatish, gazdan zaharlanishni, karaxtlikni davolash usullarini yaxshilash, jarrohlik, neyroxirurgiyani takomillashtirish va boshqa tibbiyot sohalarida samarali ish olib bordilar.

Ijtimoiy fan olimlari — tarixchilar, sharqshunoslar, adabiyotchilar, tilshunoslar, iqtisodchilar o’z zimmala-ndagi mas'uliyatni anglagan holda, gitlerchi bosqinchi-vvrning vahshiylarcha siyosatini fosh qilish, unga qarshi kurashishga o’z kuch va iqtidorlarini safarbar etdilar. Tarixchilar jahon taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan xalqimizning tarixini yorituvchi ikki jildli «O’zbekiston xalqlari tarixi»ni yozishga kirishdilar. Adabiyotshunos, VVshunos, sharqshunos olimlar tomonidan «O’zbek adabiyoti tarixi» asari yaratildi, qadimgi O’zbek tili, dos-°nchiligi va boshqalar sohasida tadqiqotlar olib borildi.

Ko’pgina tarixiy kitoblar («Mahmud Torobiy g’oloni», «Muqanna qo'zg’oloni»), dostonlar («Sbirin

Shakar», «Qunduz va Yulduz» “Dalli”, “Murodxon” «Malikai Ayyor» va boshqalar nashr etildi. Alisher Navoiy, Lutfiy, Bedil, Gulxaniy va boshqalarning asar-lari ham nashrga tayyorlandi.



Xalq ta'limi va mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari. Urushning og’ir sharoitlarida O’zbek olimlarining ilmiy va amaliy ishlari front, aholi va g’alaba uchun beqiyos ahamiyatga ega boldi, xalqimiz ahlining ona-Vataniga bo’lgan mehr-muhabbatini kuchaytirdi, vatan-parvarlik tuyg’ularini uyg’unlashtirdi, mehnat faoliyatiga kuch-quvvat bag’ishladi.

Urushning suronli yillarida respublika oliy o’quv yurtlari va texnikumlar o’z faoliyat-larini davom ettirdilar. Katta qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishloq xo’jaligi, maorif, tabobat va boshqa sohalar bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan chinakam manba bo’lib qoldi. 1943-yilda respublikada 41 oliy o’quv yurti (ularning 12 tasi ko’chirib kelingan) va 52 o’rta maxsus bilim yurtlari faoliyat ko’rsatdi. Urush yillari davomida ularda 20 mingdan ziyod oliy va o’rta maxsus ta'limotli mutaxassislar yetishtirildiki, bu xalq xo’jaligini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash imkonini berdi. Ular o’z navbatida samarali mehnat qilib, fashizmni tor-mor keltirish ishiga munosib hissa qo’shdilar. Pedagogik kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berildi, chunki urush davri sharoitlarida ularga ehtiyoj ayniqsa sezilarli edi.

Urush yillari O’zbekistonda barcha turdagi qo’shinlar uchun zobit kadr va mutaxassislar ham tayyorlandi. Ular Toshkent piyodalar bilim yurti hamda ko’chirib kelti-rilib, respublikamiz shaharlariga joylashtirilgan bir nech-ta harbiy bilim yurtlari, oliy o’quv yurtlarining harbiy fakultetlarida, o’nlab turli kurslarida tayyorlandilar.

Urush asoratlari umumta'lim maktablarining holati va faoliyatiga ham qattiq ta'sir qildi: o’qituvchilarning harbiy xizmatga chaqirilib, frontga yuborilishi oqibatida ularning soni keskin kamayib ketdi, bu o’z navbatida maktablar sonining qisqarishiga olib keldi. Faqat 1942/43-o'quv yilida respublikada 200 ta boshlang’ich va 'nlab o’rta maktablar faoliyati to’xtatildi; turli ° bablarga ko’ra o’quvchilarning maktabdan ketib qo-Th\ maktab yoshidagi bolalarning o’qishga jalb etil-asligi tufayli o’quvchilarning soni tobora kamayib hordi. 360 ta maktab binosi respublikaga ko’chirilgan harbiy qismlar, kasalxonalar va shu kabilarga berildi. vjavjud maktablarni yoqilg’i bilan ta'minlash qiyinlashdi yozuv qurollari, darslik va ko’rgazmali qurollar yetishmas, o’quvchilarni kiyim-kechak va poyafzal bilan ta’minlash og’ir bo’lib qolgandi. Bular hammasi maktab ishida o’zining sezilarli izini qoldirdi. o’zlashtirish foizi pasayib ketdi.

Maorif organlari maktablar tarmog’ini saqlab qolish, ularning moddiy bazasini mustahkamlash, umumiy ta'lim to’g’risidagi qonunni bajarish yuzasidan amaliy choralarni ko’rdilar. 1945-yili respublika umumta'lim maktablarida o’quvchilar soni 895,7 mingtaga yetdi. Bu esa urush arafasidagi raqamdan 500 mingtaga kam edi. o’quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashga ham katta e'tibor berildi. Urash yillarida maktab o’quvchilari kun-dalik o’qishni har turli mehnat bilan birga qo’shib olib borar edilar.

Gitlerchi fashistlarning g’ay-riinsoniy amaliyoti million-million kishilar yostig’ini qu-ritgan holda butun-butun xalqlarning madaniy merosini yo’q qilishga harakat qildi. Fashistlarning vahshiyona xurujiga qarshi O’zbekiston-ning barcha ahli qatori adabiyot va san'atimiz ijodkorlari ham kurashga otlandilar. Ko’pgina shoir va yozuvchilar, rassomlar, musiqachilar harakatdagi armiya saflarida mardlik ko’rsatdilar. Ular orasida Sh. Rashidov, Sulton Jo’ra, N. Safarov, M. Boboyev, P. Tursun, R. Sattorov, Z. Fatxullin va boshqalar bor edi.

Urush yillarida O’zbekiston shoirlari, yozuvchilari, Koinpozitorlari, rassomlari yaratgan asarlarda vatanpar-varlik xislatlan asosiy o’rinda turdi. Publitsistik asarlar — °cherklar, pamfletlar xalqning o’z-o’zini anglashiga tasir o’tkazuvchi katta kuchga ega bo’ldi. Hamid

O’zbek adabiyoti va san’ati fashizmga qarshi kurashda. Olimjon, G’afiir G’ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Oydin va boshqa yozuvchi va shoirlarning dildan chiqarib yaratgan o’tkir publitsistik asarlari fashizm kirdikorlarini fosh etib, xalqning jangovar rahini qo’llab-quvvatlar, dushman ustidan g’alaba qozonishga bo’lgan istak va ishonchini mustahkamlar edi.

Shoirlar O’zbek jangchi yigitlarining jasoratini madh etib, xalqlar do’stligini, ishchi va dehqonlarning front orqasida g’alaba deb qilgan matonatli mehnatini kuy-ladilar. Ona zamin, uning maftun etuvchi go’zalliklari to’g’risidagi she'riy misralar jangovar quroldan hech qo-lishmaydigan dahshatli qurolga aylandi, Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatni mustahkamlab, ko’ngillarni vatanpar-varlik tuyg’ulariga to’ldiruvchi zo’r ilhom bo’ldi. Hamid Olimjon o’zining butun o’tkir iste'dodini nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashga baxsh etdi. Urush yillari u «Do’stligimiz to'g’risida», «O'rik gullaganda», «Ishonch» va boshqa ajoyib she'rlarini yaratdi. G’afiir G’ulom she'rlari muhabbat va samimiyat ruhi bilan sug’orilgan edi. Uning «Sen yetim emassan» she'ri urush yillaridagi she'riyat dostoniga o’chmas satr bo’Iib kirdi.

O’zbek yozuvchilari urush yillarida adabiyotimizni ajoyib asarlar bilan boyitdilar. Abdulla Qahhorning «Oltin yulduz» qissasi va «Dardoq qahramoni» ocherki jamiyatning yuksak bahosiga sazovor bo’ldi. U «Oltin yulduz» qissasida front manzarasini aniq-ravshan gavdalantirib qahramon jangchi Ahmadjon Shukurovning jasoratlari to’g’risida ishonarli qilib so’zlzb berdi. Yozuvchilar O’zbekistonlik jangchilarning mardligi, matonati, g’alabaga bo’lgan mustahkam ishonchini o’z asarlarida tasvirlab berdilar. Ularning ijodi urushdan avvalgi yillarning bir taxlitdagi qoliplaridan xalos bo’la boshladi.

K.Yashinning «Bosqinchilarga o’lim», «Oftobxon», X Umariy va Uyg’unning «Qasos», I. Sultonning «Burgut parvozi» sahna asarlari va vatanparvarlik, mardlikka da'vat etuvchi boshqa asarlar ko’pchilikka manzur bo’ldi.

Urush davri poeziyasiga Islom shoir, Qurbonota Ismoilov, Fozil shoir va boshqalar salmoqli hissa qo’shdilar. O’zbek xalqining boy ma'naviy xazinasi, erk-sevarlik an'analari xalq ijodida yorqin namoyon bo’ldi.

Urush yillarida turli xalqlar yozuvchilarining ijodiy hamkorligi yanada mustahkamlandi. o’sha kezlarda Toshkentda 200 ga yaqin yozuvchilar, jumladan, A.Tols-toy, B.Lavrenev, K.Chukovskiy, Ya.Kolas, B.Gor-batov, R.Ivanov, V.Yan, N.Virta, V.Lugovskoy, M.Sha-ginyan, A. Axmatova va boshqalar yashar edilar. Rossiya, Ukraina, Belorussiya yozuvchilari bilan ijodiy hamkorlikda «Biz g’alaba qozonamiz» nomli almanax va «0'zbekiston shoirlari frontga» nomli antologiya yaratil-di. O’zbek mumtoz adabiyotining mashhur asarlari — Alisher Navoiyning «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin» dostonlari, Boburning lirik asarlari, Muqimiy va Furqat she'rlari, «Alpomish», «Go’ro'g’li» xalq doston-lari rus tiliga tarjima qilindi, O’zbek tiliga rus klassikla-rining asarlari o’girilib bosildi.

Suronli yillarning dastlabki kunlaridanoq teatr va musiqa arboblari fashizmga qarshi kurashchilar safida turib, matonatli faoliyat ko’rsatdilar. O’zbekistonda shu yillarda 35 mahalliy, 16 ko’chirib keltirilgan teatrlar ish olib bordi.

Teatrlarning repertuarlarida harbiy va tarixiy asarlar usturt bo’lib qoldi. Teatrlar sahnasida

H. Olimjonning Muqanna», Uyg’un va LSuLtonning «AIisher Navoiy»,S.Abdulla va Chustiyning «Qurbon Umarov», H. Olim_ jon, Uyg’un va S. Abdullaning «O’zbekiston qilichi» kabi va boshqa dramatik asarlar namoyish qilindi. 1941-yji iyunidan 1944-yilgacha O’zbekiston teatrlari 203 yangi postanovka, 18568 spektakl va konsertlar ko’rsatdilar.

Urush yillarida respublikamiz san'ati ustalari 30 ta konsert brigadalariga bo’linib, frontda jangchilarga 35 ming, gospitallarda esa 26 ming konsert ko’rsatdilar Front brigadalari tarkibida Tamaraxonim, H. Nosirova S. Eshonto’rayeva, M. Turg’unboyeva, A. Hidoyatov' O. Xo’jayev, G. Rahimova, K. Zokirov, M. Qoriyoqu-bov singari taniqli san'atkorlar bor edi.

O’zbek kompozitorlari T.Sodiqov, MAshrafiy, D.Zokirov, TJalilov, N.Hasanov, M.Burhonov,' Yu.Rajabiy va boshqalarning asarlarida sadoqat, do’stlik va Vatanga muhabbat tuyg’ulari tarannum etildi.

Tasviriy san'at asarlarida ham vatanparvarlik, inson-parvarlik g’oyalari bosh mavzu bo’ldi. Urush va mehnat qahramonlarining jasorati va matonatini tasvirlovchi skulptura va moybo’yoq asarlari, dushmanni ayovsiz yanchishga chaqiruvchi plakatlar urush davri tasviriy san'atining asosiy mavzusiga aylandi. L. Abdullayev, Ch.Ahmarov, M.Nabiyev, o’.Tansiqboyev va boshqa rassomlar urush davri tasviriy solnomasiga salmoqli hissa qo’shdilar.

O’zbek kino san'ati xodimlari urush davrida qisqa metrajli filmlar — kinohikoyalar, kinoocherklar, «Front-dagi do'stlarga», «Vatanga sovg’a», «Frontga konsert» va shu kabi film-konsertlar yaratdilar. Kinojurnallarda xalqning front orqasidagi mardonavor mehnati, frontdagi O’zbek jangchilarining qahramonligi haqida hikoya qilindi. KYormatov, Y.A'zamov, N.G'amyev, S.Muhamedov kabi O’zbek rejissyorlari o’z filmlarida fashizm mafkurasining insonlarga nisbatan vahshiylik tabiatim fosh qildilar, jangchilar va mehnat ahlining jasorati, bu-kilmas irodasini ko’tarinki ruhda ko’rsatdilar.

Urushning mashaqqatli yillarida respublika ma'naviy hayotining o’ziga xos tomonlari haqida hikoya borar ekan, bu davrda yaratilgan asarlarda insonparvarliK tuyg’usi ustivor bo’lganining guvohi bo’lamiz. Yaratilga dohiylarni madh etish, balandparvozliklarga kamroq etibor berildi. Frontda tub burilish yasalganidan so’ng mafkura nazoratchilari bunga e'tibor berib, ijodkorlar «Omma o’rtasida g’oyaviy-siyosiy ishlarni bo’shashtirib yubordilar», deb tanqid tig’iga oldilar. Ayniqsa yuqori mansabdorlarni O’zbek xalqining inqilobgacha bo’lgan o’tmishi «ulug’lab yuborlldi» degan fikr bezovta qila boshladi. Fashist gazandalari tormor qilingach, mustabid tuzumning O’zbek ziyoli ijodkorlarining bu erkin holatlariga qarshi xuruji yanada avj oldi. Darhol «tegishli» choralar ko’rilib, bir qancha qarorlar qabul qilindi. Ularda tarixchi, yozuvchilar markscha-lenincha ilmiy tahlil qilish o’rniga, o’z xalqlarining feodal o’tmishini ulug’lab yubordilar, deb ko’rsatildi. Bu «kamchiliklar»ni tekshirish va to’g’ri baholash uchun O’zbekiston kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi maxsus komissiya tuzdi. Uning fikricha, «haqiqatdan» ham ayrim ijodkor ziyolilar partiyaning bosh yo’liga zid ravishda «inqilobgacha bo’lgan o’tmish-ni ulug’lashga, qadimiy madaniyat qarshisida qullarcha tiz cho'kishga» yo'l qo’yganlar, deb tanqid yorliqlari osildi.

Shunga qaramay, O’zbekistonning ijodiy ziyolilari, umuman, ilm-ma'rifat ahli urush yillarida O’zbek xalqi-ning ma'naviy uyg’onishi yo’lida samarali mehnat qildilar. Respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyati ozodlik maqsadlariga qaratildi. O’zbek xalqining mar-donavor mehnati ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaga qo’shilgan ulkan hissa bo’ldi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa