Annotatsiya
Mazkur dars ishlanmada yangi mavzu hamda o`tilgan mavzuni bir- biriga bog`lashda, yangi mavzu bayonida turli xil didaktik o`yinlar, yangi pedagogik texnologiyalar, axborot kommunikatsion texnologiyalardan o`rinli va unumli foydalanish usullari ko`rsatib o`tilgan.
Kalit so`zlar: yorug`lik, sinish va qaytish qonuni, qaytish qonuni, diffuz qaytish, tushish burchagi, qaytish burchagi, qaytish qonuni chizmalari, sinish burchagi, nisbiy nur sindirish ko`rsatkichi
Mavzu: Yorug`likning qaytish va sinish qonunlari
-
Darsning maqsadi:
-
Ta`limiy maqsad: Yorug`lik, uning turlari, qaytish va sinish qonunlari nur sindirish ko`rsatkichi haqida umumiy ma`lumot berish orqali o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakalarni hosil qilish;
-
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni yorug`likning kundalik turmushimizdai ahamiyati, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda avtomobillar harakati serqatnov bo`lgan joylarda yorug`likning ahamiyati haqidagi ma`lumot bilan qurollantirish, ajdodlarimizning merosini o`rgatish orqali milliy istiqlol g`oyalarini singdirish;
-
Rivojlantiruvchi maqsad: mustaqil ravishda kundalik faoliyatda yorug`likdan foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish, o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
2.Dars tipi: yangi bilimlar beruvchi.
3. Dars shakli: Individual va kichik guruhlarda ishlash.
4.Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
5. Dars usuli: Noan’anaviy (interfaol mashqlar, “Aqliy hujum” “Muammoli vaziyat”, BBB, “Klaster” usullari orqali o`quvchilarda rivojlantiruvchi muhit yaratish tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar);
6. Dars jihozi: darslik, konspekt, ko`rgazmali qurollar, tarqatmalar, “Rag`bat”, “Ofarin” , rangli kartochkalari qog`ozlar, suvli stakan, qalam yoki shisha tayoqcha, sham, yassi ko`zgu, plakatlar.
Dars rejasi:
1
|
Tashkiliy qism
|
4 minut
|
2
|
Uy vazifalarini tekshirish
|
6 minut
|
3
|
Yangi mavzuning bayoni
|
18 minut
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
12 minut
|
5
|
O`quvchilarni baholash va uy vazifalarini berish
|
5 minut
| -
Tashkiliy qismda navbatchi axborot ingliz tilida so`raladi. Shundan so`ng “MY 5 NEWS” rukni o`tkaziladi. Unda o`quvchilar o`zlari eshitgan yangiliklaridan 5 tasini o`rtoqlashadilar.
II. Dars usulini e`lon qilish klaster usulida amalga oshiriladi.
REJA:
-
Yorug`lik nima? U qanday hosil bo`ladi?
-
Yorug`likning qanday turlari mavjud?
-
Tabiiy va sun`iy yorug`lik haqida ma`lumot.
-
Yor`ug`lik qonunlari
-
Xulosa
Mavzuni boshlashdan oldin o`quvchilar 3 guruhga ajratib olinadi.
-
“Beruniy ” guruhi
-
“Al- Xorazmiy” guruhi
-
“Mirzo Ulug`bek” guruhi
Guruhlarga aqliy hujum orqali yangi mavzuni tushuntirib berish so`raladi.
O`qituvchi: bugun biz fizika olamimning yana bir cho`qqisiga sirtqi sayohat qilamiz. Maqsad ushbu cho`qqini zabt etish. Buning uchun turli bekatlardan o`tishimiz kerak:
1-bekat. “Taqdimot” dovoni. Bunda guruhlar o`zlari nima uchun bu nomni tanlaganliklarini taqdim qiladilar.
2-bekat. “Chorraha” dovoni. Bu bekatda o`quvchilardan uy vazifalari so`raladi.
3-bekat. “Mushohada” dovoni . Yangi mavzu bayon qilinadi
4-bekat. “Imkoniyat” dovoni. O`quvchilarda olingan bilimni mustahkamlash uchun savollar beriladi.
5-bekat. “Rag`bat ” dovoni. Rag`bat kartoshkalarini ko`proq yig`ish maqsadida guruhlarga masala beriladi.
6-bekat. “Xulosa” dovoni. Dars yakunlanib, mavzu yuzasidan xulosa chiqariladi va o`quvchilarning rag`bat ballari hisoblanib baholanadi.
Sayohat uchun qanday jihozlar zarur?
O`quvchilar diqqatini namoyish stolida turgan jihozlarga qaratamiz. Stol lampasi, sham, lazer yoritgich, piyola, tanga, suv, quyosh rasmi tushirilgan plakatlar.
O`qituvchi : Ayting-chi, bu jihozlarning bir-biri bilan qanday aloqasi bor?
O`quvchilarning fikrlari birma bir tinglanadi va natijada bugungi mavzu topilib yozuv taxtasiga yoziladi.
O`quvchilardan bir donadan oq varoq olish so`raladi va uni uch qismga bo`linib, uchta so`z yoziladi. ”Bilaman”, “Bilib oldim”, “Bilishni xohlayman”. Ushbu bandlar dars davomida to`ldirib boriladi va dars yakunida xulosalanadi. Birinchi bandni to`ldirishdars boshida amalga oshiriladi.
O`qituvchi : Ayting-chi,bolalar, siz yorug`lik haqida nimalarni bilasiz? Ularning aytgan so`zlari ”Bilaman” bandiga yoziladi.
Aziz o`quvchilar, demak bugun “Yorug`lik, yorug`llik qonunlari ” nomli cho`qqiga sayohat qilar ekanmiz va bu cho`qqini zabt etish uchn bir necha dovonlarfan oshib o`tishimiz kerak bo`ladi. Guruhlarga quyidagi savollar bilan murojaat qilamiz.
Birinchi guruhga:
Yorug`likning qaytishi va qaytish qonunlarini tushuntirib berish uchun yorug`lik manbai, ko`zgu, ekran beriladi.
Vazifa: shu qonunni to`liq tushuntirib bering va izohlash uchun yorug`likning qaytishini ko`zgu orqali amaliyotda ko`rsating.
Birinchi vazifa yuzasidan o`quvchilar uchun tushunarsiz bo`lgan qoida va terminlarga o`qituvchi tomonidan qo`shimcha izoh beriladi. Tekis qaytish, ko`zgusimon qaytish, diffuz qaytish, yorug`likning qaytish qonunlariga izoh beriladi.
Ikkinchi guruhga: yoruglikning sinish qonunini tushuntirib berish.
Vazifa: yorug`likning sinish qonunini tushuntirib berish uchun misolla va shaffof idishda suv va qalam beriladi. O`quvchilar suvli shaffof idishga qalam solib va amaliyotda hosil bo`lgan hodisa sinish qonuniga doir misol ekanligini tushuntirib berish jarayonida formula va chizmalarni o`qituvchi yoritib o`ta
Uchinchi guruhga: yorug`lik va undan turmushda, texnikaa, ishlab chiqarishda foydalanish va uning ahamiyati haqida so`zlab berish so`raladi..
Vazifa: yorug`likning ahamiyatini tushuntirish
O`quvchilar javoblari tinglanadi va o`z navbatida “Rag`bat” kartochkalari bilan taqdirlab boriladi.
O`qituvchi: aziz o`quvchilar, keyingi dovonda ol tashlaydibiz bergan javoblaringizdan quyidagi savollarga javob topamiz:
-
Yorug`likning qaytish qonuni nima?
-
Yorug`likning sinish qonuni qanday bo`ladi?
-
Absolyut nur sindirish ko`rsatkichi nima?
Guruhlardan vakillar chiqib, ushbu savollardan birini oladi va jamoa bilan kelishib javob beradilar.o`quvchilar savollarga javob berganlaridan so`ng “Bilib oldim” bandidni to`ldiradilar. Ya`ni:
*qaytish qonuni
*diffuz qaytish
*tushish burchagi, qaytish burchagi
*qaytish qonuni chizmalari
*sinish burchadi
*nisbiy nur sindirish ko`rsatkichi
*nisbiy nur sindirish ko`rsatkichi formulasi
*yorug`likning havoda tarqalish tezligi va havoga nisbatan nur sindirish ko`rsatkichi jadvali
O`qituvchi keyingi 5-“Rag`bat” dovonida darsni mustahkamlash maqsadida uchala guruhga umumiy savol tashlaydi.
Mustahkamlash uchun umumiy masalalar
-
Tushish burchagi 30 bo`lsa, qaytish burchagi qanchaga teng bo`ladi?
-
Tushuvchu nur bilan qaytuvchi nur orasidagi burchak 90 bo`lsa tushish burchakali bilan qaytish burchaklari qanchaga teng?
masala
-
Ber:
|
Formula
|
Yechish:
=30
|
Topish kerak: ?
|
|
|
Javob: 30
So`ngi 6- “Xulosa ” dovonida mavzu yuzasidan xulosalar chiqariladi va ushbu mavzuni o`zlashtirish uchun yana qanday ma`lumotlardan foydalanish lozimligi topshiriq sifatida beriladi. Bu o`quvchilardagi jadvalning “Bilishni xohlayman ” bandi bo`lib, o``uvchilarga qo`shimcha o`qish uchun adabiyotlar ro`yxati beriladi. Darslikdagi 16- mashning 2- va 4- masalalarini yechish va qo`shimcha 5- masalani ham yechishlari mumkin.
Dars davomida o`quvchilar va guruhlar yig`gan rag`bat ballari hisoblanib g`olib guruh va faol o`quvchilar aniqlanadi. Shundan so`ng o`quvchilar bilan darsning qanday tashkil etilganini bilish maqsadida “Termometr usuli” o`yini o`tkaziladi. Unda quyidagi uch xil ko`rinishdagi smaylikdan foydalaniladi:
O`quvchilarning bergan javoblaridan o`qituvchi o`z darsi yuzasidan xulosa chiqrishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent 2010 yil.
2. P.Habibullayev, A.Boydedayev , A.Bahromov , M.Yo’ldasheva Fizika 9-sinf Toshkent 2013 yil.
3. A. Bahromov, M. Yuldasheva “O`qituvchilar uchun metodik qo`llanma” 9-sinf Toshkent 2010 y
4. A.Yusupov, R.Yusupov “Fizikadan savol va masalalar to’plami” Toshkent 2000 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |