4
1. MАKROIQTISODIYOT:
“Makroiqtisodiyot” fanining shaklllanish tarixi, predmeti va obyekti.
Dastlabki makroiqtisodiy tahlil elementlari, “Kene jadvali”. Keyns nazariyasining
mohiyati. Asosiy makroiqtisodiy muammolar. Uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va
tashqi dunyo makroiqtisodiyot subyektlari sifatida. Yopiq va ochiq iqtisdoiyot.
Makroiqtisodiy modellar. Makroiqtisodiy siyosat ko’rinishlari.
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar tizimi.
Milliy hisoblar tizimining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichi sifatida Yalpi ichki
mahsulot (YaIM) ko’rsatkichining mohiyati. Iqtisodiy hudud. Rezident. Bozor
baholari. YaIMni hisoblashning ishlab chiqarishusuli. Qo’shilgan qiymat, bir
qiymatni ikki bor hisobga olishni istisno etish. Yalpi investitsiyalar. Tovarlar va
xizmatlarning davlat xaridi. Sof eksport. Yalpi milliy daromad. Sof ichki mahsulot.
Sof milliy daromad. Iste’mol. Jamg’arish. YaIM deflyatori. Nominal va real YaIM.
Baholar indekslari. Fisher indeksi.
Istisodiy davlarning mohiyati. Istqisodiy tebranishlarning sabablari: Ilmiy
texnika taraqqiyoti. Siyosiy hodisalar. Yalpi harajatlardagi o’zgarishlar. Iqtisodiy
davlarning bosqichlari va ularning tavsifi. Iqtisodiy tebranishlarning turli
tarmoqlarga ta’siri. Moliyaviy iqtisodiy inqirozlar. Ishsizlik tushunchasi. Ish bilan
bandlar va ishsizlar. Ishsizlikning neoklassik va keynscha konstsepsiyalari. Real
ish haqi, ishchi kuchi taklifi va unda talab. Potentsial va haqiqiy YaIM.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. Ouken qonuni. Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari.
Inflyatsiya: mohiyati, hisoblanishi va turlari. Inflyatsiya darajasi.
Inflyatsiyani miqdoran o’lchash. Inflyatsiyaning sabalari, pulning miqdoriy
nazariyasi. Davlat xarajatlari. Iqtisodiyotdagi monopolizm darajasi. Inflyatsion
kutish. Ochiq va bosib turiladigan inflyatsiya. Bozor mexanizmi deformatsiyasi.
Kutilgan va kutilmagan inflyatsiya. Inflyatsiya va foiz stavkalari. Fisher samarasi.
Inflyatsiyaning ijtimoiy oqibatlari. Inflyatsiya va ishsizlik. Fillips egri chizig’i.
Yalpi talab tushunchasi. AD egri chizig’i. Baho omillari. Foiz stavkasi
samarasi. Boylik samarasi va import xaridlari samarasi. Pulning miqdoriy
nazariyasi. Baholar darajasi va yalpi talab o’rtasidagi teskari bog’liqlik. Respurslar
bahosining o’zgarishi. Unumdorlikning o’zgarishi. Soliqlarning o’zgarishi. Yalpi
taklifdagi o’zgarishlar. Yalpi taklifning keynscha modeli. Umumiy muvozanat
tushunchasi. AD-AS modelida muvozanatning ta’minlanish mexanizmi.
Yalpi talab komponentlari komponentlari orasida iste’molning o’rni.
Avtonom iste’mol. Daromad va iste’mol orasidagi o’zaro bog’liqlik. Jamg’arish
funktisyasi va grafigi. Iste’molga (APC) va jamg’arishga o’rtacha moyillik (APS).
Avtonom invsetitsiyalar. Kutilayotgan sof foyda normasi. Investitsiyalar
5
dinamikasini belgilovchi boshqa omillar. O’zbekiston Respublikasi investitsiya
siyosatining o’ziga xos xususiyatlari.
Klassik
makroiqtisodiy
muvozanat
nazariyasi
tanqidi.
Keynsning
makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi. “Daromadlar – xarajatlar” modeli – Keyns
xochi. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
Pul tushunchasi va funktsiyalari. Pul agregatlari: M1, M2, M3, L, “kvazi
pullari”. Pul talabiga monetarcha yondashuv. Fisher va Kembrij tenglamalari.
Pulning aylanish tezligi. Baholar darajasi, real YaIM hajmi va pulga talab. Pulga
bo’lgan real talab. Fisher samarasi. Pulga talab funktsiyasi. Nominal foiz stavkasi
va pulga talab. Pul taklifi. Naqd pullar va depozitlar. Pul multiplikatori. Majburiy
va ortiqcha zaxiralar. Pulning likvidliligi egri chizig’i.
Davlat byudjetining mohiyati, tarkibi va funktsiyalari. Daromadlarni qayta
taqsimlash. Davlat byudejeti daromadi. Davlat nobyudjet jamg’armalari. Soliq
siyosati. Laffer egri chizig’i. Vagner qonuni. Byudjet taqchilligi.
Byudjet-soliq
(fiksal)
siyosati:
mohiyati,
maqsadlari,
vositalari.
Rag’batlantiruvchi va cheklovchi fiscal siyosat. Soliq pultiplikatori. Soliqlarni
kamaytirish samarasi va davlat xarajatlarini oshirilishi samarasi.
Bank tizimining tarkibi. Markaziy bank va tijorat banklarining funktsiyalari.
Banklarning asosiy operatsiyalari va bozor iqtisodiyotdagi roli. Hisob stavkasi
(qayta moliyalash stavkasi). Ochiq bozordagi operatsiyalar. Pul-kredit siyosatining
mohiyati, pirovard maqsadlari va oraliq mo’ljallar.
IS-LM modelining shakllanishi va tadbiqi. Xiks-Xansen modelining
mohiyati. Pul bozoridagi muvozanat. LM egri chizig’i. IS-LM modelida byudjet
soliq siyosati. Davlat xarajatlari va soliq stavkalarining o’zgartirishlari. IS-LM
modelida pul—kredit siyosati.
Iqtisodiy o’sish tushunchasi, ahamiyati. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri
chizig’i. Iqtisodiy o’sishning o’lchanishi, real YaIM va aholi jon boshiga to’g’ri
keladigan real YaIM dinamikasi. Ekstensiv va intensive iqtisodiy o’sish. Iqtisodiy
o’sishning taklif, talab va taqsimot omillari. Xarrod modeli. To’liq bandlik
sharoitida barqaror o’sish formulasi.
Noklassiklar tomonidan iqtisodiy o’shishning keyncha nazariyasi tanqidi.
Kapitalning chegaraviy unumdorligi va ishlab chiqarish omillari nisbatining
o’zgarishi. Reobert Solou modeli, modelda yalpi taklif funktsiyasi.
Xalqaro savdoning zarurligi va ko’rinishlari. A.Smitning mutlaq ustunlik
nazariyasi. D.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi. To’liq ixtisoslashish.
Xeksher-Olin nazariyasi. “Leontev paradoksi”. Jahon bozorida talab va taklif.
6
Tashqi savdo siyosati: mohiyati va maqsadlari, usullari. Tarif va notarif
usullari. Dempingdan himoya. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar. Eksport va
import o’rtasidagi bog’liqlik. Sof eksport va muvozanatli ishlab chiqarish hajmi.
Ochiq iqtisodiyot uchun Yeyns xochi. Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi
sharoitida iqtisodiy siyosat.
Do'stlaringiz bilan baham: