2
Annotatsiya
Dastur 5А230201 – Menejment (kimyo va oziq-ovqat sanoati) magistratura
mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5230200 – Menejment (kimyo va oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarish) ta’lim yo’nalishining 2017/2018 o’quv yilida
tasdiqlangan o’quv rejasidagi asosiy fanlar negizida tuzilgan.
TUZUVCHILAR:
Sultanxodjaev А.А. – TKTI «Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti» kafedrasi
mudiri, i.f.n.
Qosimov S.M. – TKTI «Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti» kafedrasi
professori, i.f.d.
Dastur Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2021 yil 1-iyuldagi
10-sonli Kengash yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlangan.
3
KIRISH
5230200 – Menejment (kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish)
taʼlim yoʼnalishi boʼyicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy taʼlimning oʼquv reja va
fan dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashgʼulotlarini
toʼliq oʼzlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʼtgan shaxsga
bakalavr malakasi hamda oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi davlat namunasidagi rasmiy
hujjat beriladi.
Taʼlim
yoʼnalishi
negizidagi
mutaxassisliklarning
vazifasi
–
5230200 — Menejment (kimyo va oziq - ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish) -
iqtisodiyot sohasidagi yoʼnalish boʼlib, u davlat, aktsionerlik va xususiy
kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari, iktisodiyotning turli soha
va tarmoqlarini boshqarish, xususan kimyo va oziq ovqat sanoati korxonalarini
boshqarish ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash boʼyicha
iqtisodiy,
tashkiliy
masalalar
yechimlarini
menejmentning
rivojlanish
qonuniyatlari va zamonaviy kontseptsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga
oshirish bilan bogʼliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Yoʼnalish
boʼyicha fan, texnika va texnologiyalariing zamonaviy yutuqlari, kadrlar
buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat
sohalarida nazariy va amaliy bilim beradi.
5А230201 – Menejment (kimyo va oziq-ovqat sanoati) magistratura
mutaxassisligiga kiruvchilar 5230200 – Menejment (kimyo va oziq ovqat
mahsulotlarini
ishlab
chiqarish)
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida
bakalavriatda o‘qish davomida magistraturada ta’lim olish uchun asos bo‘ladigan
quyidagi maxsus (ixtisoslik) fanlarini o‘zlashtirishgan. Shuni inobatga olgan holda
imtihonda fanlarning salmog‘i quyidagicha baholanadi:
1.
Mаkroiqtisodiyot (40%).
2.
Menejment (60%).
Maxsus (ixtisoslik) fanlar bo‘yicha imtihon test shaklida o‘tkaziladi. Test
jarayonida abituriyentga yuqorida keltirilgan taqsimot bo‘yicha jami 50 ta savol
beriladi. Har bir savolga ikki ball ajratiladi. Test natijalari bo‘yicha 55 va undan
yuqori ball to‘plagan abituriyent imtihondan o‘tgan hisoblanadi.