odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutqda bitta kishi gapiradi,
qolganlar esa tinglaydilar. Monologik nutq ko’pchilikka qarata aytiladigan nutq
bo’lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil, gramatik jihatdan shakllangan,
Hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo’lish jarayonida katta rol
uchun u tilning lug’atini va gramatik tomonini yahshi egallagan bo’lishi kerak.
Ruhshunoslar bu haqida shunday yozadi: “Bola hayot tarzining o’zgarishi,
nutq shakllini va uning vazifasini farqlashga olib keladi. Muammolarning yangi
vazifalari vujudga keladi, bola o’z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini
(niyatlarini) kattalarga etkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli – monolog
tarzida xabar qilish, ko’rgan va eshitganlari to’g’risida hikoya qilish paydo bo’ladi,
bolalarni hikoya qilishga o’rganish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil
masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga yordam beradi. Hikoya qilib berisha
mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq gramatik jihatdan shkllangan bo’lib, o’zini
tutish, jamoa oldida so’zga chiqish malakasi hosil bo’ladi.”
Bu bilan boshlang’ish sinf o’quvchilarini hikoya va ertaklarni (o’qituchining
savollari vakitobdagi rasmlar yordamida) keyinchlik mustaqil so’zlab berishga
o’rgatiladi, o’yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo’yicha hikoyani (3-4 gapdan
iborat) takrorlash ko’nikmasi tarbiyalanadi, tanish ertaklardan olingan parchalarni
sahnalashtirishda qatnashishga o’rgatiladi.
Bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi.
Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu
usul birmuncha yengil bo’lib, o’qiuvchi bolalarga narsa – buyum, rasm, voqea haqida
tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o’z hikoyalari uchun mazmun
tayyorlaydilar. Shuning uchun bu usul bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatishga
yordam beruvchi ta’limiy usul bo’lib hisoblanadi.
Namuna bolalarning taqlid qilishiga mos bo’lishi, ya’ni hajmi kichik, fikrlar izchil
bayon qilinishi, umlalar qisqa va grammatik jihatdan to’g’ri tuzilishi lozim. Masalan,
o’qituvchi o’yinchoqni tasvirlashga o’rgatishda o’zi bitta o’yinchoqni olib, u haqida
shunday tasviriy hikoya tuzadi:
- Mana bu ayiqcha. U jigarrang, yumshoq bahmaldan yasalgan. Uning bosh
qismida ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko’zlari, tumshug’i
bor. Tumshug’ida esa burni bor. Ayiqni to’rtta oyoqi bor.
Bolalar namuna hikoyadan yahshi foydalanishlari uchun uning matni qisqa
gaplardan iborat bo’lishi va izchil bayon qilinishi kerak.
Ma’lumki, qayta hikoya qilish monolog nutqni shakllantirishda eng birinchi
bosqich hisoblanadi. Eng avvalo hikoyadagi yangi so’zlarni yodlagan holda amalga
oshadi. Shunda qayta hikoya qilingan hikoya, hamda undagi so’zlar bola ongida
saqlanib qoladi.
O’qituvchi qayta hikoya qilishga o’rgatishning dastlabki bosqichida, ayniqsa,
hikoya qilib bera olmaydigan bolalar bilan ishlashda keng foydalanishi kerak.
Qayta hikoya qilish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga sezdirmagan holda
gavdasini to’g’rilashi, imo-ishora, ko’z qarashi bilan dalda berishi mumkin,
mashg’ulotning oxirida esa, albatta, bolani maqtash kerak: “Yasha, endi boshqa
bolalarga hikoya qilish yengil bo’ladi. Faqat keyingi safar balandroq ovozda hikoya
qilgin.”
Bu usul ancha murakkab usuldir, chnki bunda o’qituvchining hikoyasidagi yangi
so’zlarni hamda iboralarni takrorlab yodlashga to’g’ri keladi.
O’qituvchi dars jarayonida o’quvchilarni rag’batlantirib turishi ham kerak.
Masalan boshini qimirlatish (tasdiqlash), qisqa so’z aytish (“Yashang”, “Barakkala”)
bilan ra’batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: