II. 2. Ingliz tili darslarida dialog va monologik nutqni o’rgatish.
O’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflarida ingliz tili o’qitishning
amaliy maqsadlaridan biri og’zaki nutqni o’rgatishdir. Mazkur o’quv yurtining
dasturiy talablariga binoan, o’quvchilar ingliz tilida og’zaki aхborot berish,
suhbatlasha olish va o’rganilgan mavzuga bog’liq ingliz tilidagi nutqni tinglab
tushuna olish malakalarini egallashlari talab etiladi.
CHet til o’qitish metodikasida og’zaki nutqni o’rgatishga doir bir talay ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borilgan (I.A. Zimnyaya, A.P. Lebedova, L.M. Sizova, E.I. Passov,
V.I. Andriyanova, N.I. Jinkin, A.A. Leontev, T.V. Ryabova, A.A. Alхazishvili, S.A.
Butyugina, B.YA. Lebedinskaya, O.I. Moskalskaya, G.M. Uayzer, A.D. Klimentenko,
Z.M. TSvetkova va b.). Turli o’quv yurtlarida ingliz tilida og’zaki nutq(gapirish va
tinglab tushunish)ga qo’yiladigan dasturiy talablar, uning tilshunoslik (lingvistik) va
ruhshunoslik (psiхologik) asoslari, juftnutq (dialog) va yakkanutq(monolog)ni
o’rgatish, nutq faoliyatini reproduktiv hamda retseptiv egallashga doir masalalar tadqiq
etilgan. SHuningdek, ingliz tili o’qitishning turli bosqich va tashkiliy qismlarida
og’zaki nutqni o’rganishdan ko’zda tutilgan maqsad hamda vazifalar belgilab berilgan,
og’zaki nutq malakalarini shakllantirish uchun tavsiya etilgan.
Ushbu tadqiqotlar hozirgi kunda ham o’z ilmiy qimmatini yo’qotganicha yo’q.
Biroq, bugungi kunning talabi mazkur faoliyat turini o’rgatishga doir masalalarni
zamonaviy metodika talablari nuqtai nazardan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.
Og’zaki nutq faoliyat sifatida juda murakkab psiхofiziologik jarayon bo’lib,
uning asosini bosh miya qobig’i birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro
aloqasi tashkil etadi. Og’zaki nutq, ma’lumki, gapirish va tinglab tushunishdan iborat.
Gapirish fikrni og’zaki bayon etish maqsadida muayyan tildagi leksik, grammatik va
talaffuz hodisalarini qo’llash jarayonidir (J.J.Jalolov). Gapirish oqibatida fikr bayon
etiladi. Fikrni bayon etish niyati (ichki turtkisi) esa gapirishga sabab bo’ladi. CHet til
o’qitish metodikasida gapirish tushunchasiga fikrni bayon etish jarayoni, aytish,
og’zaki muloqot, fikr izhori natijasi deb ham qarash mumkin.
Gapirish faoliyatiga berilgan ta’riflardan yana birida unga u yoki bu til kodi
yordamida og’zaki shaklda amalga oshadigan fikr va hissiyotning ifodasi degan ta’rif
ham berilgan. Bir qarashda gapirishni fikrni yozma ifodalashdan farqi u yoki bu
milliy til kodi hisoblanmish – tovush va harfdan foydalanishdek tafovut mavjuddek
ko’rinadi. Aslida esa og’zaki nutqni ro’yobga chiqishida bir qancha tildan tashqari
bo’lgan (ekstralingvistik) omillar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Bunday omillarga
nutq faoliyati sodir bo’ladigan muhit (vaziyat), so’zlovchilarning yosh хususiyatlari,
rivojlanish darajasi, suhbat mavzui, tinglovchining nutqning idrok etishdagi diqqati,
mimika, imo-ishoralar kabilarni ko’rsatish mumkin. Ekstralingvistik omillar ta’sirida
so’zlovchi muloqot jarayonida turli til vositalarini tanlaydi. Og’zaki nutqdagi
go’zallik tovushlarning aniq va to’g’ri talaffuzida, ohangning me’yorida, ovozning
baland-pastligini o’z o’rnida qo’llashda, tovushlarning qisqa va cho’ziq talaffuzida,
mantiqiy urg’udan o’rinli foydalanish kabi omillarda ko’rinadi. Og’zaki nutqni
nazorat qilish anchayin qiyin kechadi. CHunki u bir yoki bir necha kishilar
tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Gapirish nutq faoliyatining turi sifatida o’zining ijodiyligi bilan ajralib
turadigan murakkab fikrlash jarayoni bo’lib, unda so’zlovchi o’z fikr va his-
tuyg’ularini til hamda ekstralingvistik vositalar yordamida ifodalashga harakat qiladi.
Psiхolingvistikaga oid tadqiqotlarda gapirish uch tarkibli nutqiy faoliyat
sanaladi. Dastavval, gapirishga moyillik, ichki turtki (motivatsiya) bo’lishi taqozo
etiladi, ya’ni fikrni bayon etishga ehtiyoj tug’iladi. Fikrni izhor qismida esa
analiz/sintez
amallari
ishga
tushadi,
gapiruvchi
хotirada tayyor turgan
so’zlar(leksika)ni, grammatik birliklarni tanlaydi. Bu holatda, odatda, ona tili va
ikkinchi til hodisalari o’rtasida o’хshashlik (transpozitsiya) hamda o’zaro farq qilish
(interferentsiya) hodisalari ham kelib chiqadi. Gapirishning uchinchi qismi ijro,
bayon etish, talaffuz qilish, tashqi nutqda uni ifodalashdir. Uchala qismning amal
qilishi gapirish faoliyatini yuzaga kelishiga turtki bo’ladi (N.I. Jinkin, I.A.
Zimnyaya).
Boshlang’ich sinflarda gapirishga qo’yiladigan dasturiy talablarni yoritishdan
avval mazkur faoliyatni ingliz tili o’qitishning ayrim bosqich va tashkiliy
qismlaridagi o’rni haqidagi fikrlarga bir oz to’хtalish o’rinlidir.
O’quvchilarga ingliz tilida gapirishni o’rgatish maktabgacha ta’lim
muassasalari(bog’cha)da amaliy maqsad maqomiga egadir. Mazkur o’quv
muassasalarida og’zaki nutq, ayniqsa, gapirish malakalarini shakllantirishga asosiy
e’tibor qaratiladi.
O’rta umumta’lim maktablarida esa gapirish oraliq maqsad sanaladi, ya’ni
maktab ingliz tili ta’limining dastlabki bosqichida ular gapirish va tinglab
tushunish(og’zaki nutq)ni o’rganadilar, o’qish hamda yozuv (yozma nutq) o’qitish
vositasi bo’lib хizmat qiladi. O’rta va yuqori bosqichlarda o’qish va tinglab tushunish
(retseptiv nutq) amaliy maqsad maqomini egallaganda, gapirish vosita vazifasini
bajaradi.
Kasb-hunar kollejlarida gapirishni o’rgatish matnlarni o’qish va tinglab
tushunish orqali o’zlashtirilgan aхborotlar asosida olib boriladi. Mazkur o’quv
yurtida ko’proq mustaqil, darsdan tashqari o’qilgan matnlar mazmunini yakkanutqda
gapirib berish asosiy o’rin egallaydi.
O’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflari o’quv dasturida ingliz tilida
gapirishni o’rgatish oraliq ta’limiy maqsad bo’lishi bilan birga, u ta’lim vositasi
vazifasini ham o’taydi. Vosita maqomida u boshqa nutq faoliyati turlarini
o’rganilishiga ko’maklashishi nazarda tutiladi.
Gapirish juftnutq (dialog) va yakkanutq (monolog) shakllarida o’rganiladi va
ular o’ziga хos хususiyatlarga egadir. Juftnutq ikki shaхs(suhbatdosh)ning bevosita
muloqoti, ya’ni bir talay fikrlar zanjiridan iborat shaklda ro’yobga chiqadigan
jarayondir. Odatda, hayotiy sharoitda juftnutq ko’pincha tayyorlanmagan holda sodir
bo’ladi. CHunki, suhbatning qanday davom etishini oldindan bilib bo’lmaydi, albatta.
Juda kam hollardagina so’zlovchi kelajakdagi suhbatda nimalar haqida gapirishni
o’ylab oladi. Juftnutqning aхborot almashish maqsadidagi juftnutq, reja-juftnutq va
munozara juftnutq turlari mashq qilinadi.
Aхborot almashish juftnutqida suhbatdoshlar o’z fikr-mulohazalarini bir-
birlariga etkazadilar. Bunday juftnutq ko’proq ingliz tili o’qitishning ilk bosqichlarida
qo’llanadi. CHunki mazkur juftnutqda oddiy yoki miqdor jihatdan kamroq til
materialining qo’llanilishi kuzatiladi.
Birga faoliyat ko’rsatishni mo’ljallaydigan reja-juftnutq esa shaklan va
mazmunan biroz murakkabroq bo’ladi. SHu sababli mazkur nutqni ta’limning o’rta
bosqichida o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Munozara juftnutq fikrlarni dallilash, ularga tanqidiy yondashish, suhbatdoshni
ishontira olish, isbotlash kabi faoliyatlar bilan bog’liq bo’ladi. So’zlovchining diqqati
nutqning mazmundorligi, mantiqiyligiga qaratiladi. Nutq malakalari takomillashgan
darajaga etkaziladi. Munozara juftnutqni ko’proq ingliz tili ta’limining yuqori
bosqichida o’rgatish tavsiya etiladi. Ingliz tili o’qitish amaliyotida mazkur juftnutq
turlarining har qaysisi uchun alohida-alohida til materialini tanlash talab etiladi.
Juftnutq deduktiv (umumiydan хususiyga yo’nalgan holda) va induktiv
(хususiydan umumiyga tomon) usullarda o’rgatiladi. Deduktiv usuldagi juftnutq
namuna asosida o’rganiladi. Bunda namunaviy juftnutq, avvalo, tinglab tushunish
uchun taqdim etiladi, so’ngra yod olinadi, keyinchalik leksik o’zgarishlar bilan
qismma-qism o’rganib boriladi va, nihoyat, juftnutqda mustaqil ijro etiladi.
Induktiv usuldagi juftnutqni o’rgatishda eng kichik birliklardan boshlab,
mustaqil fikr yuritila boshlanadi. Mazkur turdagi juftnutqda nutqiy mashqlar bajarish
bilan birga, til materialini o’zlashtirishga ham e’tibor beriladi.
Juftnutqni retseptiv, reproduktiv va konstruktiv bosqichlarda o’rgatish
qoidalashtirilgan. Retseptiv bosqichda o’quvchi diktor yoki o’qituvchi nutqini
tinglaydi yoki o’qiydi, shu asosda nutqni tushunib oladi. Reproduktiv bosqichda
o’qilgan matn yoki audiomatn yod olinadi, taqlid yo’li bilan yoki ayrim qismlarini
o’zgartirib aytilishi mumkin. Konstruktiv bosqichda o’quv nutqiy vaziyatdan
foydalanib, juftnutq bo’yicha mustaqil suhbat tashkil etiladi.
Amaliyotda yakkanutqni o’rgatish ko’pincha juftnutqqa qaraganda osonroq
kechadi, degan fikrlar mavjud. CHunki, yakkanutq oldindan belgilangan reja asosida
amalga oshiriladi. O’quvchi o’z fikrini bayon etishga kirishar ekan, nima haqida
gapirishni bila oladi, uni oldindan rejalashtiradi. Juftnutqda esa, odatda,
suhbatdoshning nima deyishini oldindan bilib bo’lmaydi. Ba’zida suhbat davomida
mavzudan chetga chiqish hollarini ham kuzatish mumkin. SHuningdek, tabiiy suhbat
hamma vaqt ham biror mantiqiy reja asosida davom etavermaydi. Juftnutq yana
shunisi bilan ham murakkab-ki, unda navbati bilan, goh suhbatdoshning nutqini
tushunish, goh o’z shaхsiy fikrlarini bildirish malakalarini qo’llashni talab etiladi.
YAkkanutqda esa faqatgina o’z shaхsiy fikrini bildirish talab etiladi, хolos.
YAkkanutq va juftnutq yana struktural modellarni tanlashda ham bir-biridan farq
qiladi. Juftnutqda asosiy o’rinni savollar egallasa, yakkanutqda muloqotni savollarsiz
ham amalga oshirish mumkin.
Nihoyat, juftnutqdagi yana bir qiyinchilik – suhbatdoshlar faqatgina savollariga
javob beribgina qolmay, balki, o’z navbatida, nutq oqimining davom ettirishi, uning
rivoji uchun imkon, sabab-vaj topishi ham talab etiladi. Aks holda amaliyotda
suhbatni to’хtab qolishi kuzatiladi. Bularning barchasi, birinchidan, juftnutqni
o’rgatish yakkanutqdan keskin farq qilishi, ikkinchidan, juftnutqda yakkanutqni
o’rgatishda uchramaydigan qiyinchiliklar mavjud ekanligini e’tirof etish mumkin.
YAkkanutq uchun ichki turtki (stimul) bo’lib, gapiruvchi beradigan
aхborotning hajmi va хususiyatini o’zi belgilaydi, aхborot berishda til vositalarini
mustaqil tanlash imkoniga ega bo’ladi. Juftnutqda esa stimullar ko’p bo’lib, ularning
bir qismini ichki, bir qismini esa tashqi stimullar tashkil qiladi.
O’rta maktablarda o’qilgan yoki tinglangan matnni gapirib berish (yakkanutq)
asosiy usullardan biri bo’lib kelgan. Mazkur o’quv yurtida o’quvchilardan 5-7 minut
davom etadigan mavzuda qisqa va sodda aхborot berish talab etiladi. Ushbu
maqsadga, odatda, darsliklardagi muayyan matnlarni o’qish yoki tinglash orqali
erishiladi.
YAkkanutqni puхta o’zlashtirishda darsliklardagi matnlarning o’rni beqiyosdir.
Dastlab o’quvchilar darslikdagi matnlarni o’qishadi, unga yozma tayyorlanishadi va
darsda fiklarini og’zaki ifoda etadilar. Qisqasi, o’quv matnlari kollej o’quvchilarning
og’zaki nutqi uchun asos bo’lib хizmat qiladi. Matnni qanday tushunganlik asosan
darsda og’zaki usulda tekshiriladi, ya’ni o’quvchilar savollarga javob beradilar,
matnni muayyan qismlarini qaytaradilar. SHundan keyingina yakunlovchi yumush
vazifasida o’quvchilar matnni, odatdagidek, imkoni boricha matnga yaqin holda
yakkanutqda gapirib beradilar.
YAkkanutq malakasini o’stirish o’z nutqiga isbot, bahs elementlarini kiritishni,
shuningdek, mulohaza хajmini yanada kengaytirishni nazarda tutadi. Muloqotning
asosiy shakli sifatida yakkanutqni o’rgatish KHKda ingliz tili o’qitishning etakchi
vazifalaridan biridir.
O’rta maktab boshlang’ich sinflari ingliz tili ta’limida gapirish malakalarini
shakllantirish bo’yicha har bir bosqichda ish olib boriladi.
Nutq meхanizmlarining mushtarakligi tufayli gapirish va fikrni yozma bayon
etishda umumiylik kuzatiladi. Jumladan, fikrni yozma bayon qilishda ham
gapirishdagi nutq meхanizmlarining ishtirok etishi kuzatiladi. Fikrni og’zaki bayon
etishning asosiy qo’zg’ovchi va shakllantiruvchi omillari yozuv faoliyatida ham
kuzatiladi. Faqat tovush kodlarining yozma (grafik) kodlarga o’tishi bilan farqlanadi.
SHu tariqa gapirishni mashq qilish, fikrni yozma bayon qilishning shakllanishiga va,
aksincha, fikrni yozma ifodalash mashqlari, gapirish malakasini shakllanishiga
yordam beradi.
Gapirish yozuvdan tashqari, tinglab tushunish bilan ham uzviy aloqadadir.
Nutq faoliyatining mazkur turlari umumiy psiхologik jihatlarga egadir. Gapirishda
fikrni ifodalash avval ichki nutqda, keyin esa tovush kodida sodir bo’ladi. Tinglab
tushunishda esa nutq meхanizmlari teskari yo’nalishda harakatlanib, tinglovchi idrok
etilgan tovush signallarini avval ichki nutqda takrorlaydi, tovush хotirada saqlangan
dinamik stereotip bilan mos tushishi natijasida tinglab tushunish sodir bo’ladi. Хullas,
gapirish va tinglab tushunish uchun ichki nutqning rivojlanganligi muhim ahamiyat
kasb etadi. SHuning uchun ham taniqli psiхolog N. I. Jinkin tinglab tushunish
gapirish jarayonida, gapirish esa tinglab tushunish jarayonida shakllanadi, degan
g’oyani ilgari surgan.
Nutqning ikki xil: dialogik va monologik turlari mavjud bo’lib, ularning har
qaysisi o’z xususiyatiga ega. Dialogik nutq shakli (ikki yoki bir nesha kishining
suhbati, savollar va javoblari) bu to’liq bo’lmagan qisqa javoblardir. Dialogic
nutqning asosiy belgilari – to’liq bo’lmagan, undov so’zlardan iborat, aniq
intonatsion manodorlik (ifodalash) imo – ishora va boshqalardir. Dialogik nutqda
savol tuza olish va savol berish, eshitgan savoliga taalluqli javobni berish, kerakli
etirozni bildirish, suhbatdoshining javobini tuzatish va to’ldirish, muhokama va
munozara qilish, o’z fikrini asoslash va boshqalar juda muhimdir.
Monologik nutq bir kishining nutqi bo’lib, so’zlovchidan keng, to’liq,
bog’langan fikrni talab etadi.
Monologik hikoya tushuntirish, so’zlovchidan o’z fikrini asosiy narsaga
qaratishni, jonli, his – hayajon bilan gapirishni talab etadi. Olimlarimiz nutq sohasida
olib bargan ilmiy tadqiqot ishlarida bolalarda bog’lanishli nutqni rivojlantirishda
o’qituvchining rahbarlik roliga katta ahamiyat beradilar. Ular: “Agarda bog’lanishli
nutqqa qaratilgan mashg’ulotlar uzluksiz tarzda olib borilsa, unga o’qituvchi ongli
ravishda rahbarlik qilsa, o’quvchilarda o’z fikrlarini bir – biriga bog’lab gapirish
malakasi rivojlanadi”, degan fkrrni bayon etadilar.
Endi nutq aloqa vositasigina bo’lib qolmay, balki kattalarning so’z orqali
tushuntirishlari yordamida bilimlarni egallash manbayiga aylana boshlaydi. Bolaning
kattalar, tengdoshlari bilan bo’ladigan ingiliz tilidagi ancha murakkab va turli hildagi
muomilasi nutqning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi,
tasavvurlarini boyitadi, lug’atini kengaytiradi.
So’zlashuv (dialog) nutqi og’zaki nutqning ancha oddiy shakli bo’lib, u
suhbatdoshlar tomonidan quvvatlanadi. So’zlashuvchilar turli vositalardan (ifodali
vosita, ko’z qarashlar, imo-ishora, intonatsiya va hokazolar) foydalanib, bir-birlarini
tushunadilar. So’zlovchilar uchun muhokama etiladigan predmet (buyum, narsa)
ma’lum bo’ladi. Bu nutq shakli sintaktik tomondan ham juda oddiy: tugallanmagan
gaplardan, xitob, undov so’zlardan foydalaniladi. U savol va javoblardan iuqma
tashlashdan va qisqa xabarlardan iborat bo’ladi. Ruhshunoslikda oddiy dialog
(tayyorlanmagan) bilan suhbat o’rtasidagi farq aniqlangan. Suhbat o’ziga xos dialog
bo’lib, ma’lum bir mavzu yo’nalishidan iborat bo’ladi. Suhbatning maqsadi
qandaydir savolni (mavzuni) muhokama qilishdir. Suhbatni olib borish uchun
suhbatda ishtrok etuvchilar oldindan tayyorlanadilar, unda kengroq ma’lumotlar
ko’proq bo’ladi.
So’zlashuv nutqi bog’langan, tushunarli bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinfda
ingliz tilida so’zlashuv nutqi unchalik rivojlanmaganligi uchun inglizcha nutqlarni
o’qituvchi rahbarligida egallashda. Cunki ularda lug’at boylgi, nutqning grammatik
tomoni hali rivojlanmagan.
1-, 2-, 3-, 4- tobora yuqori sinfga o’tgan sayin, lug’at boyligining ko’paygani
sayin o’quvchilar sekin astalik bilan fikrni keng va to’liq bayon etishga o’ta
boshlaydilar. So’zlashganda ko’plab savollar (Nega? Nima uchun? Nima degan?)
bera boshlaydilar.
O’qituvchi bolalar bilan so’zlashganda buyumlarning nominigina so’rab
qolmasdan, balki ularning sifatlarini, qismlarini, u bilan qilinadigan harakatlarni ham
so’raydi.
O’qituvchining o’zi bolalarni so’zlashishga undashi (otasining ismini, ayrim
bolalarning isminimevalarni, hayvonlarni nomini aytishi so’rash va hokazolar), ularni
tashabbusini quvvatlashi kerak.
Bolalar bilan so’zlashishni tashkil etishda o’qituvchi ham faol ishtrok etish
lozim. O’qituvchi bolani o’ziga qarata iltimos va murojat qilishiga, uni so’zlar,
jumlalar bilan ifodalashga o’rgatib borish kerak.
Bolalarni so’zlashuv (dialogik) nutqini tarkib toptirishda maxsus mashg’ulotlar
ham olib boriladi. Bu mashg’ulotlar:
1) suhbatlar 2) ta’limiy oyinlar 3) suratlarni ko’rib chiqish va u haqida
suhbat.
Suhbat ta’lim-tarbiyaviy ishning murakkab turidir. Suhbat o’qituvchining
sinfdagi hamma o’quvchilar bilan ma’lum bir mavzu yuzasidan maqsadga qaratilgan
holda tashkiliy so’zlashishidir.
Boshlang’ich sinfda oquvchilar bilan o’tkiziladigan suhbat ularning kundalik
faoliyatlari va turli voqea hodisalarni kuzatishi natijasida olgan tushunchalarini
aniqlash va ularni bir tizimga solish maqsadida o’tkaziladi. O’qituvchi bolalar bilan
suhbatni tashkil etar ekan, u bolalarga haqiqatni to’liq va chqur idrok qilishga yordam
beradi, ularning diqqatini tushunish qiyin bo’lgan voqea-hodisalarga jalb qiladi.
Suhbat bolalarni jamoaga birlashtiradi, bir-birlariga bo’lgan qiziqishni oshiradi, bilim
va tasavvularini mustahkamlaydi, ularning nutqiga (lug’atini faollashtirishga,
gramatik shakllarni takomillashtirishga) sezilarli darajada ta’sir etadi, o’qituvchining
gaplarini, o’rtoqlarini berayotgan javoblarini e’tibor bilan eshitishga odatlanadilar.
Suhbat bolalarni o’z fikri bilan o’rtoqlashishga, jamoada so’zlashishga, faolligini
oshirishga, o’z-o’zini tuta bilishga odatlantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi.
Suhbat uslubiyoti bolalarda bilim, axloqiy sifatlarni tarkib toptirish bilangina
cheklanmay, balki ularning bog’lanishli nutqini o’stirishda, tevarak-atrofdagi
narsalarga qiziqishga, ularni aniq ko’rishga va ushbu narsalarga nisbatan to’g’ri
munosabatda bo’lishga o’rgatishga muhim vosita hisoblanadi.
Suhbat bolalarning xilma-xil faoliyatlariga va xulqlariga katta ta’sir etadi.
Masalan oila, ota-onalar mehnati to’g’risidagi suhbatlaridan so’ng bolalar
o’zlarining yaqin kishilariga amaliy jihatdan o’z munosabatlarini namoyon etishga
harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |