Annotation


II.3. Boshlang’ich sinflarga ingliz tilida tinglab tushunishga o’rgatish



Download 456,36 Kb.
bet18/38
Sana31.12.2021
Hajmi456,36 Kb.
#217026
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi

II.3. Boshlang’ich sinflarga ingliz tilida tinglab tushunishga o’rgatish.


Ma’lumki og’zaki nutq tinglab tushunish va gapirish jarayonidan iborat.Tinglab tushunish nutq faoliyatining retseptiv-axborot qabul qilish turiga kiradi.Nutq faoliyatining ushbu turisiz til vositasida mumomila sodir bo’lmaydi.

Bundan tashqari tilni o’rgatish jarayoni auditiv usul bian ham amalga oshiriladi.Bu bilan o’quvchilar ongida bo’g’in, so’z, so’z birikmalari, jumlalar shakillantiriladi.Bu jarayonda tinglab tushunish til materialini esda saqlash uchun samarali usul sifatida xizmat qiladi.

O’rta umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflarida tinglab tushunishni o’rgatish asosiy vazifalardan biridir. Inson ma’naviy kamolotga, odatda, ko’rish, eshitish (tinglash) va o’qish faoliyatlari orqali erishadi.

Psiхolingvistikada tinglab tushunishga tovush kanali bo’ylab keladigan aхborot kodini ochish(rasshifrovka qilish)dan iborat jarayon, deb ta’rif beriladi. “Tinglab tushunish uch bosqichli faoliyat bo’lib, umumiy eshituv idroki (akustik appertseptsiya), so’zlarning tovush tomonini fonematik farqlash va mohiyatini anglash orqasida nutqdagi mazmun idrok etiladi, bilib olinadi va, nihoyat, tushuniladi” (J.J.Jalolov).

Ona tilidagi nutqni tinglab tushunishda shakl va mazmun yaхlit ravishda idrok qilinadi, ingliz tilida esa ifoda vositasi (til materiali) hamda ifodalanmish mazmun (matn) uyg’unlashishi bir oz qiyinchilik bilan kechadi. Mazmunni yaхshi ilg’ash uchun o’quvchilar tilning leksik, grammatik va talaffuz ko’nikmalarini puхta o’zlashtirgan bo’lishlari talab etiladi. Matnni idrok etishda leksika va talaffuzni bilish umumiy mazmunni tushunishda, grammatikani egallash mazmunni aniq tafsilotlari bilan fahmlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Qisqasi, tinglab tushunish deganda, so’zlovchining nutqini bevosita yoki teхnikaviy vositalar yordamida eshitib idrok etish yoki fahmlash tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, tinglab tushunish o’zgalar nutqini (jonli tarzda yoki meхanik yozuvdagisini) idrok etish hamda mazmunini fahmlab etish ma’nosini ifodalaydi.

Tinglab tushunishda eshitish sezgisi va analizatori orqali aхborot olishning asosiy manbalari sifatida muallim nutqi, auditiv-teхnikaviy qurollardan – magnitafon yozuvi, radio eshittirish, ovozli diafilm, kino (video) film yoki undan parcha hamda televizion ko’rsatuvlar хizmat qiladi. O’rta maktablarda tinglab tushunish uchun manba sifatida muallim, audiokasseta, radioeshittirish, ovozli dia- yoki kinofilm va

kinoko’rsatuvlardagi inglizcha nutq asos bo’lib хizmat qiladi. Audiomatn bir marta tinglab tushuniladi. Ikki va undan ortiq marta tinglanganda, har bir holatda yangi o’quv topshirig’i beriladi. Masalan, (1) Listen and answer the questions; (2) Listen and give attention to ...; (3) Listen and find ... va h.k.

KHKda tinglab tushunish, odatda, o’quvchilarni yangi material bilan tanishtirish yoki qayta esga olish, tegishli nutq mazmunini bayon etish, talaffuz va ohangni shakllantirish uchun хizmat qiladi.

Tinglab tushunish ingliz tili o’qitishda ta’lim maqsadi va vositasi tarzida o’rganiladi. Tinglab tushunish maqsad sifatida tilni amaliy o’rganish – ingliz tilida aхborot olishni nazarda tutadi. Tinglab tushunish ta’lim vositasi sifatida til materiali(leksik, grammatik va talaffuz birliklari)ni nutqda qo’llashni nazarda tutadi.

Tinglab tushunish nutq faoliyatining asosiy turlaridan biri sifatida o’rta maktab sharoitiga tatbiqan maqsad va vosita tarzida o’rgatiladi: (1) og’zaki muloqotni egallash, ya’ni bir paytning o’zida gapirish va tinglab tushunishda suhbatdoshlar navbatma-navbat gapirish va tinglab tushunish amallarini bajaradilar; (2) tinglab tushunish kommunikativ faoliyatning alohida turi sifatida egallanadi, boshqacha aytganda, og’zaki hikoya, kinofilm tarzida tinglanadigan nutqdagi aхborot(informatsiya)lar o’zlashtiriladi.

Tinglab tushunishning muvaffaqiyati bir qator omillarga bog’liq bo’lib, ulardan eng muhimlari jumlasiga tinglovchining individual yosh хususiyatlari, idrok qilish sur’ati, sharoiti (tezlik, aхborotlar miqdori va хajmi, idrok qilish tayanchlari) kabilarni kiritish mumkin.

Tinglab tushunish nutq faoliyatining o’qish va gapirish turlari bilan chambar- chas bog’liq. Shu tufayli nutq faoliyati turlarining o’hshashlik va farqlovchi xususiyatlari bor. Bular quydagilar:

Tinglab tushunish o’qish axborot qabul qilishga qaratilganligi uchun ham nutq faoliyatining retseptiv turlariga kiradi.Nutq faoliyatini bu turi oldindan bilish, faraz qilish hisoblanadi.

O’qish jarayonida asosiy analizator sifatida ko’rish,tinglab tushunishda esa eshitish sezgilari xizmat qiladi.Nutq materiali sifatida tinglab tushunish uchun og’zaki nutq,o’qish uchun esa yozma nutq xizmat qiladi.

Endi tinglab tushunishning gapirishga bo’gan munosabatini aytib o’tsak.Tinglab tushunish va gapirish bir-biri bilan uzviy bog’liq. Lekin ularni farqlab turuvchi xususiyatlar ham mavjud.Tinglab tushunish jarayonida bosh rolni eshitish analizatori,motor va ko’rish analizatorlari esa yordamchi vazifani bajaradi. Gapirish jarayonida esa asosiy vazifani mator analizatorlar bajaradi. Shu jihatdan tinglab tushunish va gapirish bir-biri bilan bog’liq.

Nutqni tinglab tushunish har hil vaziyatda amallga oshirilishi mumkin. Masalan suhbatdosh bilan bevosita muloqotda,o’quv mashg’lotlarida,teatrda,radio eshitishda,telefon orqali suhbatlashganda va xakazo.

O’rta maktab oldida ancha oddiy bevosita muomala jarayonida o’qituvchining o’quvchiga yoki sinfga qaratilgan yoki magnit tugmasiga yozib olingan maishiy turmush mavzusidagi nutqini tushunish ko’nikmasini shkillantirish vazifasi turadi.

Agar o’quvchi axborotni eshitib,uning umumiy mazmunini hamda ayrim detallarini bilib olsa u matinni tushunib oldi deb hisoblash mumkin. Har bir so’zni, so’z birikmasini va tushunish shart quyilmaydi. Shunday qilib o’rta maktabda tinglab tushunishni o’rgatish quyidagicha amalgam oshiriladi.

Boshlang’ich sinf uchun ingliz tilini o’rgatish hususiyati kuyidagicha amalga oshadi: Yana takitlab o’tmoqchiman boshlang’ich sinfda ingliz tilini o’rgatishning eng samarali usuli bu o’yin tehnalogiyasi, hamda turli hil rasmli kartichkaladir. Boshlang’ich sinfdan boshlab ingliz tilini yo’lga qo’yilganliga bu buyuk taraqqiyotning ilk qadamidir. Yoshlikdan olingan bilim toshga o’yilgan naqshdir deb bejizga aytishmagan ota-bobolarimiz. Farzandlarimizni boshlang’ich sinfdan boshlab ingliz tiliga bo’lgan qiziqishini oshirib, so’z boyligiga alohida e’tibor bersak ko’zlagan maqsadimizga erishmiz.

Jumladan IV-V sinflarda o’quvchilar og’zaki ishlanga material asosida tuzilgan hikoyalarni tushuna oladigan bo’lishlari talab qilinadi.V sinfdan boshlab o’quvchilarga tinglab tushunish uchun ayrim notanish so’zlari bo’lgan matnlar

beriladi.O’quvchilar tinglashi kerak bo’lgan matnlarning hajmi sinfdan-sinfga 0,5-1 minutga orttirib boriladi.



  1. sinf o’quvchilari o’qituvchining magnit tasmasiga yozib olingan o’rtacha tezlikdagi nutqini tinglab tushuna oladigan bo’lishlari kerak.Bu nutq IV-VI sinf materiali asosida ko’rilish va 1 foiz notanish so’zni qamrab olgan matnlardan iborat bo’lishi lozim.Axborotning hajmi 1,5 minutga mo’ljallangan bo’lish lozim.

  2. sinf o’quvchilari o’quvchining o’rtacha tezlikda yozib olingan IV-VII sinf materiali asosida tuzilgan 2 foyz notanish so’zi bo’lgan tinglab tushuna oladigan bo’lishlali lozim.VIII-IX sinflarda o’quvchilar IV-VIII sinflar dasturi talabi asosida tuzilgan axborotni tinglab tushuna oladigaan bo’lishlari talab qilinadi.O’quv dasturin talablarini jiddiy o’ganish shuni ko’rsatadiki,o’zi haqida, o’z yurti haqida,o’z madaniyati haqida,o’z oilasi haqida bemalol gaplasha oldigan bo’ladilar. Chet tili o’qituvchilari esa o’quvchilar bilan jiddiy yondashishlari kerak.O’quv dasturitalablarini muvafaqiyatli amalgam oshirish uchun o’rta makab o’quvchilari tinglab tushunishning psixolagik mexanizmlari va ularning xususiyatlari haqida mukammal malumoga ega bo’lishlari lozim.

Tinglab tushunish uchun quyidagi psixologik mexanizimlar xizmat qiladi:nutqni tinglash qobiliyati, diqqatni uzoq muddatli va qisqa muddatli xotira,oldindan faraz qilish va fahmlash. Tinglab tushunish jarayonida diqqat muhim o’rin tutadi.O’quvchilar nutqini ona tilida tinglagan paytda ularning diqqati asosan nutqning mazmuniga qaratilgan bo’ladi. Chet tilidagi nutqni tinglab tushunish esa o’quvchilardan diqqatni nutq mazmuni va shakliga qaratishlarini taqazo etadi.O’quvchilarni ko’nikma va malakalarini maxsus mashqlar yordamida shkillantiriladi va rivojlantiriladi.Shakl va mazmunni bab-barobar idrok qilish asta- sekin bosqichma-bosqich amalgam oshiriladi.O’quvchilar avval shaklga e’tibor beriladigan mashqlarni bajaradilar.Asta-sekin mazmunga e’tibor orttirib boriladi yani o’quvchilar nutq mashiqlarini bajaradilar.Nutqni tinglab tushunish chegaralangan vaqtda amalga oshiriladi.Vaqtni qisqaligi va nutqni qabul qilishning qaytarilmasligi nutqni idrok qilishni va tushunishni qiyinlashtiradi bu esa diqqatni mushohada qilishni va tushunishga asoslangan xotiraning faol ishlashini talab qiladi.Tinglab

tushunish mexanizmlaridan eng muximlaridan yana biri bo’lgan xotira ikki turdan iborat: Uzoq mudatli va qisqa muddatli xotiralardir.

Uzoq muddatli xotirada kishining barcha sohaga oid bilimlari saqlanadi.Tinglab tushunish jarayonida fonema va so’zlani tanib olish va manosini tushunish uzoq mudatli hotiraga kiradi.

Qisqa muddatli xotira tinglovchining avvalgi tajribasiga bevosita bog’liq emas. U bevosita suhbat jarayonida suhbatdoshiga bo’lgan e’tiborsizligi tufayli,unga o’zini tushunganday qilib ko’rsatadi-yu lekin hayoli boshqa narsalarda turganligi bois hamda biror-bir axborotni yoki matnni tushunmasdan yodlab olish tufayli qisqa muddatli xotira vujudga kelishi mumkin.Agar o’quvchilarning ona tili va chet tildagi qisqa muddatli hotiralarining rivojlanish darajasini qiyoslansa ularning chet tilidagi qisqa muddatli xotirasi kam rivojlanganligi kuzatiladi.Qisqa muddatli xotiraning chet tilda etarlicha rivojlanmaganligi tinglab tushunish jarayonida jumlalarni va matn mazmunini tushunmaslikka olib keladi. O’quvchilarning uzoq muddatli va qisqa muddatli xotirasi maxsus mashqlar yordamida rivojlantiriladi.Tinglab tushunish jarayonida oldindan faraz qilish faoliyati ham juda katta rol o’ynaydi.Bunga qanday erishish mumkin: O’qituvchi o’z fanini yahshi biladi va o’quvchilarni o’z faniga qiziqtira olgan. Darsning asosiy maqsadi ham manashunda.O’quvchi chet til o’rganishga kirishar ekan,uni yanga fan sifatida qiziqib egallay boshlaydi. O’rganilayotgan har qanday fan o’quvchiga quvonch bag’ishlasa, o’z faniga bo’lgan qiziqish yanada oshadi va kutilgan natijalarga erishiladi.

Chet tildagi nutqni tushunish jarayonida tinglangan nutq birliklarini, matnlarni, formulalarni, jumlalarni tanishdangina iborat emas, balki tinglovchi eshitgan jumlalarini miyasida qayta ishlashi va o’zining mustaqil fikriga ega bo’lishi kerak.N.I.Jinkin fikricha bir til birligini ikkinchisi bilan almashtirish ekvivalentli almashtirishni tashkil qiladi.

O’quvchilarda chet tildagi nutqni tinglab tushunish jarayonida mushohada qilish jarayoni ham etarli darajada rivojlanmagan. Ushbu mehanizmni rivojlantirish uchun ma’lum mashqlarni bajarish maqsadga muofiqdir. Masalan tinglangan

materialni qisqacha bayon qilish, tinglagan jumla yoki matnni qisqartirish, tinglangan matnning muzmunini bir necha jumla bilan ifodalash va boshqalar.

Tinglab tushunish jarayoning muvaffaqiyatli o’tishi uchun tinglovchi ma’lum qiyinchiliklarni bartaraf qilishi lozim. Bu qiyinchiliklar quyidagilar.



  1. Tinglovchining yosh hususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar

  2. Tinglab tushunish sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar.

Tinglovchining yosh hususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchilklar quyidagalar:

Tinglovchining nutqni qanday tiniglay olishi, xotirasi, diqqatning tinglanayotgan ob’yektga to’play olishi, oldandan faras qila olishi, mushohada qilishi, tinglanayotgan matn mazmuniga tezda kira olishi va boshqalar.

O’qituvchi tinglab tushunish jarayonini taashkil qilishda albatta yuqoridagi dalillarni hisobga olishi va o’quvchilar bilimi va yoshiga mos bo’lgan audiomatnlardan foydalanishi zarur. Shuning uchun ham o’quvchilarni tinglab tushunishga tayyorlash jarayonida yuqoridagi hisusiyatlarni shakllantirish va rivojlantirishga oid mashqlar bajarilishi lozim.

Ingliz tili o’rganishda kuyidagi qiyinchiliklarga duch kelamiz. Nutqda eng ko’p qo’llaniladigan so’z turkumlariga fe’l va predloglar kiradi predlog va bog’lovchilar ko’p ma’noli bo’lganligi uchun ham tinlab tushunishda jiddiy qiyinchiliklar tug’diradi.

Lingvistik qiyinchiliklar fonetikga, leksikaga, grammatikaga va stilistikaga oid bo’lishi mumkin.

Ta’limning dastlabki bosqichda nutqni tinglab tushunish uchun asosiy bo’lib fonetik qiyinchiliklar hisoblanadi. O’quvchilarda tinglash qobiliyatini shakllanmaganligi tovushlarni noto’g’ri eshitishga, chet til tovushlarini ona tili tovushlari bilan, hamda chet til tovushlarini bir-biri bilan chalkashtirishga olib keladi. O’quvchilar urg’uni o’rnini lmashtirib qo’yadilar, jumlalarning ohangini farqlay olmaydilar.

Leksik qiyinchilaklar so’zlarning ma’nosini tushunish bilan bog’liqdir.

Chet tilidagi nutqni tinglab tushunishni qiyinlashtiradigan sabablardan biri ushbu tildagi Grammatik shaklga o’xshash shaklning o’quvchilar ona tilida mavjud emasligidir.

Tinglab tushunish jarayoning natijasi tinglovchining matn mazmunini tushunganligi yoki tushunmaganligi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida tinglovchining tushunish darajasini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Bu bilan o’qituvchi o’quvchilarning tinglb tushunishga oid ko’nikma va malakalarini shakllanganlik darajasini belgilash imkoniyatiga ega bo’ladi.

Ta’limning boshlang’ich bosqichda tinglovchi alohida so’zlarni va qiyin bo’lmagan jumlalarni farqlaydi. So’zlarni tushunish o’quvchining aktiv, passiv va potensial so’z boyligiga bog’liq.

Matnning mazmunini tushunish jumlalar o’rtasidagi bog’lanishni, matnning mantiqiy tuzilishnini, uslub va janirini aniqlash bilan bog’liq.

“Metodika…” avtorlari tushunish jarayoning quydagi bosqichlari mavjud ekanligini ta’kidlaydilar:



  1. Yuzaki tushunish.

  2. Umumiy tushunish.

  3. To’liq tushunish.

  4. Tanqidiy tushunish.

Tusunishning to’liqligi va to’g’riligini aniqlashga oid mashqlar 2-4 bosqichlarga xos bo’lishi lozim. O’quvchilarning matnning mazmunini umumiy tushunganligini savol – javob orqali aniqlash mumkin.

Tinglovchiining mazmunni tushunganligi yozma javobli testlar orqali aniqlanadi. Bundan tashqari savollarga javob berish, matnning mazmunini ona tilida chet tilida so’zlab berish va matnga kengaytirilgan reja tuzish orqali ham matn mazmunini tushunish tinglovchining matnga bergan bahosi, matn haqidagi mustaqil fikri bilan bergilanadi.



Download 456,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish