Annotation


BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA INGLIZ TILI OG’ZAKI NUTQINI O’STIRISH METODIKASI



Download 456,36 Kb.
bet15/38
Sana31.12.2021
Hajmi456,36 Kb.
#217026
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi

BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA INGLIZ TILI OG’ZAKI NUTQINI O’STIRISH METODIKASI.


  1. Boshlang’ich sinflarda ingliz tili o’rgatish.

Maktabdagi o’quv jarayoning sifati ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ular orasida o’qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular bilimlarning ongli va chuqur o’zlashtirilishiga, o’quvchilarda mustaqil va ijodiy faollikning rivojlanishiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Usul va metod tushunchalari o’zaro bog’liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham usul sifatida ham namoyon bo’ladi.

Pedagogika amalyotida o’qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to’plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o’qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh hususiyatlari, oldingi tayorgarlik darajasi va hokazolar hisobga olinadi.

Forobiyning fan va san’atning afzalligi haqidagi risolasida o’quv jarayoning tashkil etishga va o’qitish metodlariga qo’yiladigan talablar ifodalangan. Olim o’zining o’qitish metodlari haqidagi tushuntirishlarida o’quvchilarga turli bilimlar berish bilan birga, mustaqil holda bilim olish yo’llarini ham ko’rsatish, ularni bilimlarning zarurligiga shak-shubhasiz ishontirish kerakligini uqtirgan.

Metodlar va usullarni tanlash o’qituvchi darsda hal qilishi mo’ljallangan masalaga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir hil metodlar qo’llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo’llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylash va samarali usullar hamda metodlarni tanlash juda muhimdir. O’qituvchi darsning eng boshida 4-5 daqiqa umumiy so’rashni amalga oshiradi va o’quvchilarning qaysi guruhi o’tgan dars bo’yicha yetarli darajada o’zlashtirmaganini aniqlaydi va keyingi so’rashda sinfning diqqat-e’tiborini eng avval ana shu masalaga qaratadi. Dastlab savollarga batafsil javob bera oladigan o’quvchilardan so’raydi. Natijada sinfning bir qismi uchun murakkablik qilgan marerial tushunarli bo’ladi. Bu usul o’quvchilarning mashg’ulotdagi nuqsonlarini payqash va shu zahoti bartaraf etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham xuddi ana shundadir.

Garchi har bir o’qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud bo’lsa- da, ularni qo’llashdan ko’zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta’limiy ishlarini faollashtirishdir. Bu tadbir juda muhim bo’lib, birinchidan o’quvchilarning ularning

e’tiqodiga, e’tiqodini esa amaliy faoliyatga, xatti-harakatga aylantiradi, ikkinchidan, o’qitish jarayoning ishini osonlashtiradi. O’qish-o’rgatish diqqat e’tiborni talab qiladigan murakkab faoliyatdir va unda o’tkir aql, mustahkam iroda, tiniq tasavvur, kuchli xotira zarur. O’qituvchining vazifasi usul va metodlardan foydalanib, o’quvchilarda anashu sifatlarni tarkib toptirish va ularga qiyinchiliklarni yengishni o’rgatishdir.

Hozirgi davrda nafaqat ingliz tilida balki fanning hamma sohalariga juda katta burilishlar ro’y bermoqda va har bir o’qituvchi o’zining tarbiyalanuvchilarini o’zi o’qitadigan fan sohasi bo’yicha navbatdagi qayta qurilishlar va qrishilgan yutuqlar bilan keng tanishtirishi kerak. Bu ishni o’quvchilarga mos shaklda va o’quv dasturiga muvofiq amalgam oshirish lozim.

Mazkur talabning ikkinchi xususiyati o’qituvchining o’quvchilar fikr doirasini kengaytirish to’g’risida doimo g’amxo’rlik qilishdir. Ta’limning mana shu bosqichida o’qituvchi oldida o’quvchilarga oddiygina bilim berish emas, balki ularning fikr doirasini kengaytirish, qiziquvchanligini oshirish va ularda o’zi o’qitadigan fanga muhabbat uyg’otish vazifasi turibdi.

Shunday qilib o’qitish metodi o’qituvchi va o’quvchilar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo’ldir. Unga quydagi muayyan talablar qo’yladi:


  1. O’quv materialini o’rganishning o’qituvchi tavsiya etgan yo’li fikrlashning dialektik-materialistik usuli, mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib boorish kerak.

  2. O’qitish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo’lishi lozim. Shundagina o’qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo’yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo’lmasligini ko’ra oladi.

b) O’qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.

Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko’zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo’yishni, unga erishish bo’yicha faoliyat usulni, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.

So’ngi yillarda maktablarda o’qitish metodlari muommosiga alohida e’tibor berilmoqda. Shu muammo bo’yicha anchagina tadqiqotlar bajarilmoqda, ilg’or pedagagik amaliyotda o’qitishning samarador metodlarining va ularning tizimlarini qo’llashning talaygina yo’llari topidi. Ammo umumiy ta’lim maktabiga qo’yilayotgan yangi talablar o’qitishning metodlari va usullarini yanada takomillashtirishni talab talab qilmoqda.

Maktablardagi ta’limning hamma bosqichlarida o’quvchilarning ijodiy imkoniyatlarrini rivojlantirish juda muhimdir. Lekin boshlang’ich sinfdan boshlab ularning ijodiy fikrlashini shakllantirish alohida ahamiyatga ega. Chunki boshlang’ich sinflarda, xususan, ta’limning birinchi yo’li bolalarda o’qish qobiliyatlari shakllana boshlaydi.

O’quvchining ijodiy fikrlashi yangilik kashf etishida, ko’rilayotgan narsani yaratishning boshqacha usulini topishda, o’quv materialidan o’zgacha bog’lanishlarni ochib berishi va hokazolarda aks etadi. O’quvchilarning namunaga tayanmay qandaydir yangi narsani yaratish qobiliya ijotkorlikni talab qiladigan faolyatda rivojlanadi.

Kichik maktab yoshidagi o’qvchilarda ijodiy fikrlarni rivojlantirishda ta’limiy topshiriqlar muhim rol o’ynaydi. Bunday topshiriqlar fikrlash faoliyatining maqsadi sifatida xizmat qiladi va uning xarakterini belgilaydi.

O’quvchilarda ingliz tilidagi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida ularning aqliy kamol topishi va to’g’ri tarbiyalanishi o’z-o’zidan amalga oshmaydi.


  1. Download 456,36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish