Annotasiya toshkent axborot texnologiyalar universitei Farg‘ona filiali Kompyuter injiniringi yo‘nalishi 613-18 gurux talabasi Oltmishev Javohirnig Ushbu malakaviy



Download 4,85 Mb.
bet2/26
Sana23.07.2022
Hajmi4,85 Mb.
#842452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
mahmudjon

KIRISH


Insoniyat sanoat jamiyatidan axborotlashgan jamiyatga o‘ta boshladi. Bu o‘tish jarayoni axborotlashtirish jarayoni deb ataladi.
Axborotlashtirish - jamiyatdagi mehnat unumdorligini oshirish va turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi har bir inson uchun yetarli miqdorda axborot darajasini saqlash, axborot tizimlarini va texnologiyalarni yaratish, qo‘llash va rivojlantirishga olib keluvchi jarayondir.
Axborotlashgan jamiyatga o‘tish muammolariga O‘zbekiston Respublikasida ham katta a’amiyat berilmoqda. Davlatimiz raxbari “Men XXI asr ma’naviyat asri, ma’rifat asri, ilm-fan, madaniyat va axborot asri bo‘lishga qat’iyan aminman” degan so‘zlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Respublikada axborotlashtirish jarayonini jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va texnika Davlat qo‘mitasi qoshida Axborotlashtirish bo‘yicha bosh boshqarmasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi FTDQ tashubbusi bilan “Axborotlashtirish haqida” (2003 yil, 6 may), “ EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni xuquqiy mu’ofazalash haqida” (2004 yil, 4 may) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘irisida”gi qonunida hamda kadrlar tayyorlash Milliy dasturida yuksak malakali, chuqur bilimli kadrlar tayyorlash davr talabi sifatida qo‘yilgan. Bunday malakali kadrlar, albatta hozirgi zamon axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan bo‘lishi kerak. Chunki insonning faoliyati borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali ishlatishidan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Xoxlagan soha mutaxassisi ma’lumotlar to‘plamida to‘g‘ri yo‘nalish olishi uchun, u kompyuterlar va telekommunikasiya vositalari orqali axborotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash hamda qo‘llashni bilishi shart.
Insoniyat sivilizatsiyasi o‘z taraqqiyotining navbatdagi bosqichini boshidan kechirmoqda. Bu bosqich sanoatlashgan jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o‘tishi bilan tavsiflanadi. O‘zgarishlarga boy bo‘lgan ushbu jarayonda turmushning barcha jabhalarida, shu jumladan ijtimoiy aloqalar, iqtisodiy, tadbirkorlik va siyosiy faoliyat, ommaviy axborot vositalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda sezilarli o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston uchun ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida olg‘a qadam qo‘yish katta axamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining keyingi yillarda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarni ommaviy joriy qilish va ulardan foydalanishni ta’minlovchi strategiyalarini ishlab chiqishga katta kuch sarflayotgani bejiz emas. O‘zbekiston jahon axborotlashgan hamjamiyatiga kirar ekan, bu hamjamiyatdagi o‘z o‘rnini aniqlab olishi, ichki muammolari va Respublikaning axborotlashgan salo hiyatini tushunishi va axborotlashgan jamiyat qurish borasida shu nuqtai nazarga mos keluvchi takliflarni tayyorlashi kerak.
Hozirgi kunda turli darajalardagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab ketgan va ma’lumot almashishga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Shuning uchun mavjud bo‘lgan an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga aloqaning yangi xizmatlari talablarini hisobga oluvchi axborotlashgan infratuzilmasini yaratish va joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday tarmoqlarni tashkil etishning ajralmas shartlari, mamlakatdagi aloqa operatorlari tarmoqlariga yangi transport texnologiyalarini muvofiqlashtirgan xolda joriy etish, yangi xizmat turlarini foydalanuvchilarga taqdim etish va global axborotlashgan tizimga qo‘shilishdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari soxasida isloxatlar tufayli bir qancha ahamiyatli ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lib, bu soxa eng tezkor rivojlanayotgan uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish potensialiga ega bo‘lgan soxaga aylandi va zamonaviy axborot texnologiyalarini mamlakatimiz xayotiga kiritish, ijtimoiyx` ishlab chiqish va rivojlanish samaradorligini oshirish vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan Respublika xukumati faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu tufayli har xil axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tez rivojlanishi va o‘zaro birgalikda ishlashi natijasida ularning yaqinlashishi kuzatilmoqda. Bu jarayon hayotimizga telekommunikatsiya tarmoqlarida texnologiyalar konvergensiyasi tushunchasi bilan kirib kelmoqda. Chunki bugungi kunda global kompyuter tarmog‘i ko‘plab birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan oxirgi paytda axborotlarni uzatish xajmining oshishi, mavjud bo‘lgan axborotli kanallarning uzatuvchanlik qobiliyatini etishmasligiga olib kelmoqda. Bu asosan internet, video, video konferensiya, elektron pochta va boshqa xizmatlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
Yaqin kelajakda telekommunikatsiya tarmoqlarida trafikni uzatish tezligi shunday katta hamda ma’lumotlarni ifodalash usuli shunchalik ommabop bo‘ladiki, yagona paket bilan bir vaqtning o‘zida ovozni, tasvirni, matnni, teledasturni uzatish mumkin bo‘ladi. Bunga qisman bo‘lsa ham erishilgan.
Bunday axborot texnologiyalari rivoji, xayotimizga kirib kelayotgan yangi texnologiyalarni qulay, sifatli va bir-biriga moslashgan xolda ishlashini talab qiladi.
Axborotlashtirish jarayoni sanoat jamiyatini axborotlashgan jamiyatga o‘tkazishga xizmat qiladi. Axborotlashgan jamiyatda foydalanuvchiga axborot mahsulotlarini va xizmat turlarini axborot bozori yetkazib beradi. Axborot mahsuloti va xizmat turlarini informatika sanoati yoki axborot sanoati ishlab chiqaradi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash sohasida keskin o‘zgarishlar bo‘lganligi sababli insoniyat tarixida ijtimoiy munosabatlarni o‘zgarishiga olib kelgan to‘rtta axborot inqilobini ko‘rsatish mumkin.
Birinchi inqilob - yozuvni yaratilishi. Bu sifat va miqdor jixatidan oldinga qo‘yilgan ulkan qadam bo‘ldi. Bilimlarni ajdodlardan ajdodlarga yetkazish imkoni paydo bo‘ldi.
Ikkinchi inqilob (XVI asr o‘rtalari) - kitob nashr etishning kashf qilinishi. Bu sanoat, jamiyat, madaniyat va ish faoliyatini tashkil etishda keskin o‘zgarish yasadi. Bu esa axborot manbasini yig‘ishga imkonyat tug‘dirdi.
Uchinchi inqilob (XIX asr oxirlari ) - elektrning kashf etilishi. Bu tufayli telegraf, telefon, radio yuzaga keldi va bular axborotni istalgan xajmda uzatish va jamlashga imkon yaratdi.
To‘rtinchi inqilob (XX asrning 70-yillari) - mikroprosessor texnologiyasining kashf etilishi. Bu kashfiyot asosida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborotlarni uzatish tizimlari (axborot kommunikasiyalari) yaratildi. To‘rtinchi axborot inqilobi yangi soha - yangi bilimlarni ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq axborot sanoatini oldingi qatorga ilgari surmoqda. Axborot sanoatning eng mu’im tarkibiy qismlariga axborot texnologiyalarining barcha turlari, ayniqsa telekommunikasiya kiradi.



Axborot texnologiyasi (AT) - obyekt, jarayon yoki xodisaning xolati xaqida yangi axborot olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish bo‘yicha vosita va uslublar jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Telekommunikasiya - kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofaviy uzatishdir.

Sanoat ishlab chiqarishning, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xayotning murakkablashuvi, inson faoliyatining barcha sohalaridagi jarayonlar dinamikasining o‘zgarishi, bir tomondan, bilimlarga ehtiyojning o‘sishi, ikkinchi tomondan mazkur ehtiyojlarni qondirishning yangi vosita va usullarini yaratishga olib keldi. Kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi turli xil axborotdan foydalanishga qaratilgan va axborotlashgan jamiyat nomini olgan jamiyatning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Axborotlashgan jamiyat xususiyatlari
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikrdalar. Yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda xarakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo‘lmog‘i lozim. Moddiy mahsulot esa axborot jihatdan ancha serchiqim bo‘ladiki, bu uning qiymatida innovasiya, dizayn va marketingning ulushi oshishini anglatadi.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi ‘am o‘zgaradi. Bu jamiyatni sanoat jamiyatidan farqi shundaki, axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqiladi va iste’mol etiladi. Shuning uchun bu jamiyatda aqliy me’nat darajasi oshadi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikasiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Ilg‘or mamlakatlarda axborotlashgan jamiyat manzarasining chizgichlari sekin asta namoyon bo‘lmoqda. Istalgan turar-joy turli elektron uskunalar va kompyuterlashgan moslamalar bilan ji’ozlanmoqda. Axborotlashgan jamiyatda insonlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish va energiya ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi.
Axborotlashgan jamiyatga o‘tishda kompyuter va telekommunikasiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Axborotlashgan jamiyatning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:axborot inqirozi muammosi xal etilgan, ya’ni axborot mo‘l ko‘lligi va axborot taqchilligi o‘rtasidagi ziddiyat yechilgan;boshqa zaxiralarga qiyoslanganda axborot ustuvorligi ta’minlangan;jamiyat rivojlanishining asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo‘ladi;eng yangi axborot texnika va texnologiyalari yordamida avtomatlashtirilgan xolda bilimlarni xosil qilish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllanadi;axborot texnologiyasi inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, global xususiyatga ega bo‘ladi;butun insoniyat tarixining axborot birligi shakllanadi;zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshadi.Ijobiy tomonlardan tashqari salbiy oqibatlarni ham ko‘rsatish mumkin:ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi;texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning shaxsiy hayotini buzib yuborishisifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosining mavjudligi;ko‘pgina odamlarning axborotlashgan jamiyat muhitiga moslashishini qiyinligi; axborotlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi odamlar va iste’molchilar orasida muammolar vujudga kelishi xavfli. So‘nggi yillarda matematik hamda boshqa murakkab masalalarni hal qilishda turli xil dasturlarning o‘rni juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shulardan biri Maple simvolli matematik dasturlash tilidir.
Maple — simvolli va sonli hisoblarni tez va effektiv bajarish uchun mo‘ljallangan hamda elektron xujjatlarni tayyorlash va grafik vizuallashtirish vositalariga ega bo‘lgan kompyuter matematikasining yetakchi tizimlaridan biridir. Maple tizimidan jaxondagi 300dan ortiq eng katta universitetlarda o‘quv jarayonida foydalanilmoqda va murakkab fizik jarayonlarni, tizimlarni va qurilmalarni modellashda keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi kunda faqat hisobga olingan, ushbu tizimdan foydalanuvchilarning soni bir milliondan ortiq.
Maple tizimining yadrosidan MATLAB, Mathcad va boshqa tizimlar simvolli hisoblarni amalga oshirish uchun foydalanadilar. Windows SE operasion tizimi uchun tayyorlangan Marle tizimining soddalashtirilgan versiyasi Casio — Cassiopeia firmasining o‘ta kichik komppyuterlarida ishlatilmoqda. Marle tizimini Kanadaning Waterloo Marle Inc firmasi yaratgan va u uzoq davom etgan rivojlanish va sinovdan o‘tish davrini bosib o‘tgan.
So‘nggi yillarda shaxmat o‘yini uchun dasturlar emas, balki simvolli matematika yoki komppyuter algebrasining yangi dasturiy tizimlari komppyuter intellektual quvvatining ko‘rsatkichi bo‘lib bormoqda. Matematik ifodalar ustida simvolli amallarni bajarish uchun yaratilgan bunday tizimlar matematiklarning ishini keskin yengillashtirish va effektivligini orttirish darajasiga yetib bordi.
Matematik hisoblashlarga akloqador bo‘lgan har qanday ilmiy muassasa yoki oliy yurtining kafedrasi komppyuter matematikasi tizimlaridan biriga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
O‘zining jiddiy matematik hisoblarga yo‘naltirilganligiga qaramasdan Maple tizimi studentlar, o‘qituvchiar, aspirantlar, ilmiy xodimlar va shuningdek maktab o‘quvchilari uchun ham zarurdir. Masalan, interaktiv vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. maktab o‘quvchilari uchun Maple tizimi matematikani o‘rganishning axamiyati katta.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish