Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat muhim o‘rinni egalaydi.Tadbirkorlarning raqobat bardosh bo‘lishi uchun savdo sotiqning yangi forma va usullarini amaliyotga tadbiq qilishi zarur hisoblanadi. Ushbu nuqtai nazardan tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda ularga yechim topish, online savdo sohasidagi saytlarni yaratish va ularni muntazam ishlab turishini monitoring qilish, hamda hisob-kitob tizimini joriy etish kabi masalalar dolzarb hisoblanadi.
2021-yilning 17-noyabr kuni davlat rahbari tomonidan “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to`g`risida” gi qaror ham imzolandi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda uning qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi, shuningdek, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi, Elektron tijorat assotsiatsiyasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi yeg’ilishda mazkur qarorning mazmun va mohiyati hamda uning ijrosini taminlashda asosiy e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalar muhokama qilindi 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 14 may kuni «Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi PF-5349-sonli farmonida davlat va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini isloh qilish, elektron tijoratni qo‘llab-quvvatlash orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olingan. «Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror mamlakat iqtisodiyotining sohalarini rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish, Internet tarmog‘i orqali jahon bozoriga milliy mahsulotlarni sotish, to‘lov tizimlarini takomillashtirishdagi o‘rnini hisobga olib, elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʼrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlarini belgilab olish boʼyicha 2021 yil 20 avgust kuni oʼtkazilgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, elektron tijorat sohasidagi platformalar faoliyatini qoʼllab-quvvatlash hamda akkreditiv boʼyicha hisob-kitob tizimini joriy etish maqsadida:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi hamda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasini (keyingi oʼrinlarda – Raqamli ekotizim) 2022 yil 1 iyuldan boshlab toʼliq ishga tushirish toʼgʼrisidagi taklifi maʼqullansin. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi (keyingi oʼrinlarda – Markaz) etib qayta tashkil etilsin.
.Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elektron magazinlar soni 100 taga yaqin. Ularning 70 foizi Toshkentda joylashgan. Ushbu magazinlarda chop etilgan nashrlarning electron versiyalarini sotib olish, kitoblar, musiqa hamda videokompakt disklar, kompyuter o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va xizmatlar, video-mahsulot montaji uchun uskunalar hamda dasturiy ta’minotni, san’at asarlarini sotib olish mumkin. Maxsuslashtirilgan elektron magazinlaridan tashqari, tovarlarni keng assortimentini taklif etadigan savdo uylari ham mavjud (avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar va maishiy texnika, xo‘jalik tovarlari, qurilishmateriallari, ofis mebeli, antikvariat va h. k.). Internet yordamida, shuningdek, moliya,ishga yollash, turizm so-hasida fond, riyelterlik, kompyuter va boshqa bozorlarida ishlaydigan firmalarning turli xil xizmatlaridan foydalanish mumkin. Misol tariqasida biz www.torg.uz oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan elektron magazin, www.artel.uz esa texnika mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan elektron magazinlarni aytib o‘tishimiz mumkin.
Elеktron tijorat faoliyati O‘zbеkiston Rеspublikasining “Elеktron tijorat to‘g’risida”gi 2004 yil 29 aprеldagi 613-II son Qonuni bilan bеlgilanadi va amalga oshiriladi. Elеktron tijorat Intеrnеt tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi. U kompyutеr tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, sеrvis xizmatini ko‘rsatishni amalga oshirish, markеting tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta'minlaydi. «Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonun 2004 yilda qabul qilingan. 11 yil o‘tgach, 2015 yilda uning yangi tahriri tasdiqlangan, u ayni paytgacha amal qilib kelmoqda. 2018−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturida ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, xususan, qonunga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Amaldagi hujjatga tayangan holda, loyihada boshqa normativ- huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari jamlangan. Masalan, elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari, Shartnomalarni tuzishda elektron raqamli imzolarni qo‘llash va elektron hujjatlarni hamda elektron tijoratda qo‘llaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni
saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom, Dasturiy mahsulotlar va axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buxgalterlik hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqalarni tilga olish mumkin.
Natijada qonun bilan tartibga solinadigan mexanizmlar qamrovi kengaygan. Hujjatning amaldagi va taqdim etilgan tahriri solishtirma tahlili quyidagilarni ko‘rsatdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |