8
Bolalarga ta'lim-tarbiya berishda ba'zi ota -onalarda tajriba etarli bo`lgan
bo`lsa-da, ko`pchiliklarida yetarli bilim, ko`nikma, malaka yetishmagan. Ba'zan
ota -onalar farzandlari tarbiyasi uchun kerakli vaqt ajratmaganlar. Shu sababdan
ko`p oilalar, o`z bolalarnni bilimli, og`ir
tabiatli, tajribali maxsus kishilarga
berib o`qitishgan.
Yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi bunday kishilarni pedagoglar deb
atashganlar. Dastlabki ta'lim –tarbiya berishda ancha murakkab vaziyatlarda
bo`lishgan. Buning asosiy sababi ta'lim - tarbiya bilan shug`ullanuvchilarda
pedagogik mahorat yetishmagan. O`qituvchilik kasb sifatida vujudga kelishi
bilan pedagogik mahorat asoslari -taraqqiy eta boshladi. Bu kasb egalari
asta -
sekinlik bilan ta'lim -tarbiya sohasida mahorat sirlarini egallay boshladi.
Sharq mutafakkirlaridan Farobiy, Beruniy, Ibn Sinolar o`z asarlaridan
pedagogic mahorat g`oyalariga katta e'tibor berishgan. Ularning fikrlaricha
pedagog, mahoratli o`qituvchi quyidagilarga e`tibor berish lozim :
1) Ta'limda oddiydan murakkabga qarab borish lozim.
2) O`quv materiali bolalarni yosh xususiyatiga xamda xar bir fanning
mazmunidan kelib chiqishi lozim.
3) Ta'lim berishning bolalik davrdan uzluksiz balog`at
yoshgacha olib
borish maqsadga muvofiq bo`ladi.
4)
O`g`il va qiz bolalarga ta'limda bir xil talablar qo`yib. tarbiyada
o`ziga xos tomonlarga e'tibor qaratish lozim.
5)
Ta'limda turli xil usul, vositalardan foydalanish lozim.
6)
Bolalarni diqqatini jalo qila olish lozim.
7)
Tashkilotchiligi, tashabbuskorligi bilan bolalarga na`muna
bo`lishi lozim.
Sharq mutafakkirlari fikricha pedagogik mahorat natijasi quyidagilarda
namoyon bo`ladi.
1. O`quvchilarni o`zlashtirishlarida.
2. Pedagogik muammolarni echishda.
3. O`quvchilarga ta'sir ko`rsatish.
9
4. Nazariy bilimlarni amalda qo`llay olishda.
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat?
Pedagogik-
psixologik
adabiyot-manbalarda
ayni paytda “Pedagogik-
mahoratning” turli xil ta`riflarini uchratish mumkin. Hanuzgacha bu borada bir
to`xtamga kelingani yo`q. Masalan: M.I. Doyachenkoning ta`rificha “Pedagogik
mahorat -bu o`qituvchi kasbiy faoliyatning yuqori darajasidir”. Uning tashqi
ko`rinishi turli xildagi pedagogik vazifalarni muvofaqqiyatli
hal etishda va
ta`lim-tarbiya jarayonida yuqori samaraga erishish kabilarda o`z aksini topadi
1
.
Pedagogik mahoratning ichki xususiyati shundan iboratki, bu pedagogik
vazifalarni hal etishda bilim, malaka va ko`nikmalar psixik jarayonlarni
mavjudligi bilan izohlanadi. Bu ifoda ham pedagogik mahoratning to`liq
mazmuni uning tarkibiy qismlarini to`liq o`z ichiga qamrab olgan emas. Unda
pedagogik mahorat tabiatiga ko`rsatma mavjud emas. Masalan, qanday qilib
o`qituvchi kasbiy faoliyatning yuqori darajasiga erishish mumkinligiga aniq yo`l
ko`rsatilmagan.
Nazarimizda
pedagogik
mahoratnining
mohiyati
“Pedagogik
ensiklapediya” ga nisbatan to`liq o`z izohini topgan.
Bu ta`lim tarbiya jarayonining yuqori va doimiy takomillashib boradigan
har bir pedagog erishishi mumkin bo`lgan, tabiatan pedagogik layoqatli va
bolalarni sevadigan san`atdir.
Pedagog – o`z ishing ustasi-
bu yuqori madaniyatli soxibi, o`z ishining
ustasi- bu yuqori madaniyatli soxibi, o`z fanining chuqur egallagan, turdosh soha
fani va san`atdan yaxshi xabardor bo`lgan, umumiy va xususan, bolalar
psixlogiyasini nazariy va amaliy egallagan, ta`lim-tarbiya metodikasini a`lo
darajada o`zlashtirgan mutaxassisdir”. Agar shu ta`rifni
chuqurroq anglashga
harakat qilsak, quyidagilarni aniqlashimiz mumkin:
I.“Pedagogik” mahoratni tushunchasi mazmuniga:
-
Umumiy yuqori madaniyat, erudisiya;
-
O`z fanini chuqur va keng qamroli egallagan;
1
Do'stlaringiz bilan baham: