4
Muallim - qalb me’mori. Ustozlar hayotini teran ko’rmoqlari, har borada
yuksak cho’qqilarda to’rmoqlari zarur.
Mamlakatimiz istiqboli, xalqimizning
ertangi kuni ko`p jixatdan farzandlarimizning qanday tarbiya olishiga bog`liq.
Yurtboshimiz, “Ta`limni
tarbiyadan, tarbiyani ta`limdan ajratib bo`lmaydi – bu
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” - deya alohida ta`kidlagan edi
1
.
Bilim bermoq uchun,
bilim olishga intilib, izlanib yashashlari shart. Ana
shundagina pok, murg’ak qalblarga ezgulik urug’i sochiladi. Bu urug’ining unib,
nishona berishdan ham ortiq quvonchliroq narsa bormi? O’rta Osiyoda juda
qadim zamonlarda boshlab farzandlarni o’qitish va
ularga savod berish odobi
bo’lgan. Masalan “Avesto” ta’limotiga binoan farzand ulg’aygach uni ota –
onasi, albatta maktabga berishi shart bo’lgan. Otaning farzandga savod berishi
uning
uchun ham farz, ham qarzligi haqidagi tushuncha “Qur’oni Karim” va
hadislarda ham bir necha bor eslatib o’tilgan. Ular mahoratli o’qituvchi
izlanivchan o’qituvchi, ijodkor o’qituvchi hisoblanadilar. Zamonaviy dars
samarali bo’lishi kerak unda: O’qituvchi bugun o’z oldiga qo’ygan maqsadlarni
amalga oshira oladigan.
O’qituvchi halollik va fidoiylik fazilatlarni o’zida
mujassam etishi
o’qituvchi o’quvchi ko’z o’ngida chinakam sobiq hayot ta’limini beruvchi ustoz
sifatida namoyon bo’lishi zarur.
O’qituvchi zamonaviy darsda “dirijiyor” vazifasini bajarib “sahnada
o’ynovchi aktyor” bo’lishi lozim deb o’ylayman.
Bugungi maktab “Shodlik maktabi”ga bugungi dars “quvonch dars”ga
aylangandagina o’quvchi maktabga, darsga
yuksak hohish-ishonch bilan
otlanadi. Sinf xonasiga kirar ekan, o’z o’qituvchisiga alohida hurmat, e’zoz bilan
kutib oladi.
1
Karimоv I.A.
O`zbеkistоnning o`z istiqlоl va taraqqiyot yo`li. TAT. 3-jild. – T.:
O`zbеkistоn, 1996.-366
5
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o`z asarlarida fuqaroni
“vatan jonkuyari” tarzida ifodalar ekan, u o`zida xalqi, uning an`analari, tili va
madaniyatiga muhabbat va hurmat ko`rsatishdek sifatlarni o`zlashtira
olishi
zarurligini ta`kidlaydi. Jumladan, “O`z xalqiga, uning an`analariga
tili va
madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o`z
xalqini
millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi
haqiqiy insonni, o`z vatanining jonkuyarlarini tarbiyalash mumkin emas”
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: