bo`lsa, a kami bilan olingan taqribiy son deyiladi. Agar a>A bo`lsa, a ortigi bilan olingan taqribiy son deyiladi.
1 - ta`rif. Taqribiy sonning xatoligi deb A va a orasidagi ayirmaga aytiladi.
Xatolikni deb belgilasak, u holda quyidagicha bo`ladi:
(1.2)
2 - ta`rif. Taqribiy sonning absolyut xatoligi deb A va a orasidagi ayirmaning moduliga aytiladi.
Absalyut xatolikni deb belgilasak, u holda quyidagicha bo`ladi:
(1.3)
Amaliyotda ko`p xollarda 0,01 gacha aniqlik bilan, 1 sm gacha aniqlik bilan va x.k. lar uchraydi. Bu esa absolyut xatolikning 0,01; 1 sm va x.k. ga teng ekanligini bildiradi.
3 - ta`rif. Taqribiy son a ning nisbiy xatoligi deb absolyut xatolik ning A ning moduliga nisbatiga aytiladi:
(1.4)
yoki
(1.5)
(1.4) va (1.5) formulalarni 100 ga ko`paytirsak, nisbiy xatolik foiz (%) hisobida chikadi.
1 - misol. L uzunlikdagi kesmani 0,01 sm aniqlikda ulchadilar va l = 21,4 sm natijani oldilar.
Bu erda absolyut xatolik sm. (1.2) formulaga asosan L = 21,4 ± 0,01 ya`ni 21,39 L 21,41.
Absolyut xatolik o`lchash yoki hisoblashni faqat miqdoriy tomondan ifodalaydi va sifat tomonlarini tavsiflamaydi. Shu munosabat bilan nisbiy xatolik tushunchasi kiritiladi.
2 - misol. a = 35,148 ± 0,00074 taqribiy sonning nisbiy xatosi (foizlarda) topilsin.
Bu erda = 0,00074; A=35,148 . 1.4) ga asosan
3 - misol. Nisbiy xatoligi =0,01 % bo`lgan a=4,123 taqribiy sonning absolyut xatoligi topilsin.
Foizni unli kasr orqali ifodalab va (1.5) formulaga asosan:
; A =4,123 ± 0,0005
4-misol. Jismning og’irligini o`lchashda R = 23,4 ± 0,2 g natija olingan. Nisbiy xatolik topilsin.
Bu erda = 0,2 u xolda