№
|
Magistrantning
F.I.Sh
|
Mutaxassislik
shifri va nomi
|
Dissertatsiya mavzusi
|
Annotatsiyasi
(60 so‘zdan kam bo‘lmagan)
|
Ilmiy rahbar va uning ilmiy darajasi va unvoni
|
Ilmiy maslahatchi
(Ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni)
|
1
|
Yamgirova Gulshirin Tirkashovna
|
70110601 –
Aniq va tabiiy
fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
|
Nostandart masalalarni yechish usullarini o‘qitish orqali maktab o‘quvchilarining matematik savodxonligini oshirish
|
Mazkur dissertatsiya ishida matematika fanidan keyingi yillarda turli bosqich olimpiadalarida, ko‘rik tanlovlarda berib borilayotgan nostandart masalalarni yechish metodlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bugungi kunda mavzu yuzasidan nazariy jihatdan asoslangan o‘zbek tilida yozilgan biror o‘quv qo‘llanma bo‘lmaganligi sababli ushbu ishga ehtiyoh mavjud. Undan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, matematik to‘garaklarda o‘quvchilarni turli ko‘rik tanlovlarga, turli bosqich matematik olimpiadalarga hamda PISA(The Programme for International Student Assessment - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash), TIMSS(Trends in International Mathematics and Science Study - 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash) xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha o‘qitish jarayonida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.
|
Begmatov Akram Xasanovich.,
f.m.f.d., professor
|
Raximov
Nasriddin Nomozovich.,
Assistant,
Aniq fanlar kafedrasi mudiri
|
2
|
A’zamov Nozimjon Adhamjon o‘g‘li
|
70110601-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
|
Fanlararo integratsiyadan (STEAM texnologiyasidan) foydalangan holda matnli masalalarni yechish metodlari
|
Ma’lumki maktab matematika kursida matnli masalalar muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot ishimizda matematikaning fanlararo integratsiyani (STEAM texnologiyasi asosida) asoslab berishga harakat qildik. Jumladan, harakatga oid masalalarni yechishda mexanika bilan, protsentga yoki konsentratsiyaga oid masalalarni yechishda kimyo bilan bundan tashqari ishimizda iqtisodiy muommolarga oid, biologik tipdagi masalalarni yechish usullarini ham ko‘rsatib o‘tdik. O‘quvchilarning matematik tafakkurini, dunyoqarashini oshirish, hamda mantiqiy fikrlash xususiyatlarini tarbiyalashda fanlararo integratsiyaning bugungi kundagi roli tadqiqot ishida keng yoritib berilgan.
|
Begmatov Akram Xasanovich
Fiz-mat.fanlari doktori., professor
|
Xatamov A
SamDU O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti, f.m.f.n
|