Uyga vazifa: O`tilgan mavzuni o`qib kelish
NAZARIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/r
|
Mashg`ulot bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg`ulot mazmuni
|
Ta’lim metodlari
|
Ta’lim vositalari
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
10
|
Salomlashish, davomat
|
|
Jurnal, ruchka
|
2.
|
Kirish qismi (Motivatsiya)
|
15
|
Uyga vazifani tekshirish
|
|
Daftar, kompyuter
|
3.
|
Yangi mavzuning bayoni
|
20
|
Microsoft Office Word matn muharriri.
Microsoft Office Excel dasturi.
|
“Klaster”
|
Daftar, kompyuter, doska
|
4.
|
Mustahkamlash
(Qo`llash)
|
35
|
Kompyuterda bajarish
|
“FSMU”
|
Daftar, kitob, kompyuter
|
5.
|
Yakuniy
qism
|
10
|
O`quvchilarni baholash,
O`tilgan mavzuni o`qib kelish
|
|
Jurnal, ruchka
|
O`qituvchi:_______________________________________________ _______________
(F.I.Sh.) (Imzo)
26-MAVZU: AMALIY DASTURLAR VA ULARDAN TURLI KASBIY SOHALARDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Reja:
Microsoft Office Word matn muharriri.
Microsoft Office Excel dasturi.
Microsoft Office PowerPoint dasturi.
Microsoft Office Access dasturi.
Tayanch so`z va iboralar: Microsoft Office, Word, matn muharriri, Windows, chop etish , matnli hujjat, tuzish, ko`zdan kechirish, tahrir qilish, operatsion tizim, qayta ishlash, elektron jadvallar,“Ish kitobi”, qator, ustun, grafikli dastur, taqdimot, matnlar (so`zlar), rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, Videokliplar, PowerPoint, Excel, Access, ma`lumotlar bazasi, kalit.
Microsoft Office Word matn muharriri-Windowsning amaliy dasturlaridan hisoblanib, matnli hujjatlarni tuzish, ko`zdan kechirish, tahrir qilish va chop etish uchun xizmat qiladi. Matnli va tasviriy ma`lumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi va matnli dasturlar sinfiga kiradi.
Word dasturi hozirda barcha kasbiy sohalarda ishlatilmoqda, jumladan, ta’limning barcha turlarida, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy, sport, siyosiy sohalarida qo`llanilmoqda.
Microsoft Office Excel dasturi- Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma`lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo`ljallangan.
Excelda tayyorlangan har biur hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy ism va .xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excelda odatda bunday fayl “Ish kitobi” deb yuritiladi.
Microsoft Excel ning asosiy ish sohasi-bu “Ish kitobi” bo`lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan iborat. Ish varaqlarida buxgalter kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo`ladi. Excelning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o`zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni foydalanuvchi zimmasida qoladi.
Excel elektron jadvali 65834 qator va 256 ustundan iborat. Qator 1 dan 65834 gacha bo`lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, B, …Z, AA, AB, …, IV) bilan belgilanadi. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi- yacheyka joylashgan.
Excel dasturi asosan buhgalteriya sohalarida, moliya, soliq, ta`lim tashkilotlarida ko`proq qo`llanilmoqda
Microsoft Office PowerPoint prezentatsion (taqdimot) grafikli dastur qatoriga kiradi. Bunday dasturlar o`zida matnlar (so`zlar), rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, Videokliplar va h.k. lardan iborat bo`lgan slaydlar hosil qilish imkonini beradi. Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo`lgan taqdimotni kompyuter ekranida, Videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot tuzish degani bu-slaydlar ketma-ketligini qurish va bezagini berish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |