№
|
Magistrantning
F.I.Sh
|
Mutaxassislik
shifri va nomi
|
Dissertatsiya mavzusi
|
Annotatsiyasi
(60 so‘zdan kam bo‘lmagan)
|
Ilmiy rahbar va uning ilmiy darajasi va unvoni
|
Ilmiy maslahatchi
(Ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni)
|
1
|
Yamgirova Gulshirin Tirkashovna
|
70110601 –
Aniq va tabiiy
fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
|
Maktab matematika kursida olimpiada xarakteridagi nostandart masalalarni yechish metodlari
|
Mazkur dissertatsiya ishida matematika fanidan keyingi yillarda turli bosqich olimpiadalarida, ko‘rik tanlovlarda berib borilayotgan nostandart masalalarni yechish metodlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bugungi kunda mavzu yuzasidan nazariy jihatdan asoslangan o‘zbek tilida yozilgan biror o‘quv qo‘llanma bo‘lmaganligi sababli ushbu ishga ehtiyoh mavjud. Undan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, matematik to‘garaklarda o‘quvchilarni turli ko‘rik tanlovlarga, turli bosqich matematik olimpiadalarga hamda PISA(The Programme for International Student Assessment - 15 ёшли ўқувчиларнинг ўқиш, математика ва табиий йўналишдаги фанлардан саводхонлик даражасини баҳолаш), TIMSS(Trends in International Mathematics and Science Study - 4 ва 8-синф ўқувчиларининг математика ва табиий йўналишдаги фанлардан ўзлаштириш даражасини баҳолаш) халқаро баҳолаш дастурлари бўйича tayyorlash jarayonida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.
|
Begmatov Akram Xasanovich.,
f.m.f.d., professor
|
Raximov
Nasriddin Nomozovich.,
Assistant,
Aniq fanlar kafedrasi mudiri
|
2
|
Bozorova Nigina Uchqunovna
|
70110601 –
Aniq va tabiiy
fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
|
Umumta’lim maktablari algebra kursida kombinatorika elementlarini o‘qitish metodikasi
|
Ushbu ilmiy tadqiqot ishi umumta'lim maktablari algebra kursida kombinatorika elementlarini shakllantirish metodikasi sifatida o'rganilgan. Fan va texnika rivojlanayotgan ayni davrda o'quvchilarda paydo bo'layotgan abstrakt tushunchalar ko'payib bormoqda, mana shu tushunchalardan biri kombinatorika tushunchasidir. Uni amaliy hayotga tatbiqini ko'rsatish, turmushda, texnikada va ishlab chiqarishda uchraydigan masalalarni yechishda o'quvchilarning fikrlash salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Ilmiy ishning ahamiyati yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo'lgan kombinatorika elementlarini o'qitishda yuzaga kelayotgan muammo va qiyinchiliklarni bartaraf etish va o'qitish metodlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Bu orqali o'quvchilarda turli muammolarni mustaqil bajara olish qobiliyati shakllanadi.
|
Hasanov Gafurjon Aknazarovich.,
f.m.f.n., dotsent
|
Turdiyev
Muradim Fayziyevich.,
f.m.f.d., dotsent
|
3
|
Mirsaidova Gavhar
Sodiq qizi
|
70110601 –
Aniq va tabiiy
fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
|
Differensial va integral hisob elementlaridan amaliy masalalarni yechishda foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasi
|
Ushbu ilmiy tadqiqot ishi differensial va integral hisob elementlaridan amaliy masalalarni yechishda foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Bundan maqsad o'quvchilarda geometrik, fizik va iqtisodiy ekstremal masalalarni yechishda integral hisob usul va ko'nikmalarini hosil qilish va ularning fanga bo'lgan qiziqishlarini amaliy masalalar orqali ko'rsatib berishdir.
Ilmiy tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, akademik litsey, kasb hunar kollejlari va maktab o'quvchilariga differensial va integral hisob elementlarini o'rgatishda ularda tasavvur qila olish qobiliyatini shakllantiradi. O'rganilayotgan ushbu ish mavzusi hozirgi kunda nazariy jihatdan o'rganilgan ammo amaliy masalalar chuqurroq qaralmagan. Ushbu ilmiy tadqiqot ishida ko'rsatib o'tilgan metodlarni va ekstremal masalalarni akademik litsey, kasb hunar kollejlari va maktab matematika darslarida uslubiy qo'llanma sifatida qo'llash mumkin. Mavzuni o'rganish jarayonida o'quvchilarda algebraik tushunchalar bilan birgalikda geometrik, fizik va iqtisodiy bilimlar ham rivojlanib boradi. Ularda turli ekstremal masalalarni mustaqil yechish ko'nikmasi shakllanadi.
|
Hasanov Gafurjon Aknazarovich.,
f.m.f.n., dotsent
|
Turdiyev
Muradim Fayziyevich.,
f.m.f.d., dotsent
|
4
|
Raxmonov Samariddin Saidqul o‘g‘li
|
70110601 –
Aniq va tabiiy
fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
|
Matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablarda funksiya tushunchasini shakllantirish metodikasi.
|
Dissertasiya ishida funksiya tushunchasining kiritilish va o’qitilishning tarixiy taraqqiyoti o’rganilib, umumiy o’rta ta’lim matematikasida sinflar kesimida hamda oliy ta’limda uning o’qitilish metodikasi tahlil etiladi.Funksiya tushunchasini o’zlashtirishda yo’l qo’yiladigan xatolar va kamchiliklarning paydo bo’lish sabablari va ularning oldini olish yo’llari o’rganiladi.Funksiya tushunchasini chekli to’plamlarda berilgan akslantirishlardan foydalanib kiritish qarab chiqiladi va funksiya bo’ladigan akslantirishlarning soni aniqlanadi va ularga doir misollar tizimi ishlab chiqiladi.Chekli va cheksiz to’plamlarda aniqlangan funksiyalarning barcha turlari o’rganiladi hamda ularga doir misollar to’plami ishlab chiqiladi.Funksiya tushunchasining hajmi va mazmuni tahlil etiladi.Funksiya tushunchasiga doir hayotiy misollar to’plami keltiriladi.Ixtisoslashtirilgan maktablarda tajriba sinov ishlari o’tkaziladi. Erishilgan natijalar asosida uslubiy tavsiyanoma tayyorlanadi.
|
Arziqulov Abduxoliq
Ulashevich.,
f.m.f.n., dotsent
|
Q.Ostonov – SamDU, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
|
5
|
Ro‘ziyev Murodjon Furqatjon o‘g‘li
|
70110601 –
Aniq va tabiiy
fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
|
Maktab o‘quvchilarini matematik olimpiadalarga tayyorlashning metodik tizimini takomillashtirish.
|
Maktab o’quvchilarini matematika bo’yicha olimpiadalarga tayyorlashning jahon tajribasi ilmiy metodik jihatdan tahlil etilib o’rganiladi. Olimpiadalarda berilgan misol va masalalar to’planib, mavzulashtirilib sinflashtiriladi va qiyinlik darajalari bo’yicha tabaqalashtiriladi. To’plangan misol va masalalarning yechimlari va tasdiqlarning isbotlari o’rganiladi. Topshiriqlarning hajmi va mazmuni aniqlananib ulani o’rganish va o’rgatish matodikasi qiyosiy tahlil etiladi. Matematikaga chuqurlashtirilib o’qitiladigan sinflarda tajriba sinov ishlari o’tkaziladi.Olimpiada g’oliblari bilan suhbatlar o’tkaziladi va ularning tajribalari o’rganilib umumlashtiriladi. Erishilgan natijalar bo’yicha uslubiy tavsiyanoma yaratiladi.
|
Arziqulov Abduxoliq
Ulashevich.,
f.m.f.n., dotsent
|
Raximov Nasriddin Nomozovich.,
Assistant,
Aniq fanlar kafedrasi mudiri
|
6
|
Hayitov
Ilyos
Isroilovich
|
70110601 –
Aniq va tabiiy
fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
|
Aniq integrallarning tatbiqini o‘rganishda xosmas integrallardan foydalanish metodikasi
|
Mazkur magistrlik dissertatsiya ishida o’quvchilarda matematik analizning muhim qismlaridan biri bo’lgan aniq integrallarni tadbiqlarini o’rganishda xosmas integrallardan foydalanish metodikasi, aniq integral xossalari, xosmas integrallar qo’llanishi metodikasi yoritiladi. Mazkur magistrlik dissertatsiya ishida avvalo mavzuning nazariy qismidan qisqacha axborot berilgan, so’ngra mavzuga mos tipik misol va masalalar metodik jihatdan batafsil yechib ko’rsatiladi.
|
Muranov Shahriddin Abdullayevich.PhD
|
Q.Ostonov – SamDU, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
|