№
|
Magistrantning
F.I.Sh
|
Mutaxassislik
shifri va nomi
|
Dissertatsiya mavzusi
|
Annotatsiyasi
(60 so‘zdan kam bo‘lmagan)
|
Ilmiy rahbar va uning ilmiy darajasi va unvoni
|
Ilmiy maslahatchi
(Ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni)
|
|
Boymanov
Jasur
Isroil o'g'li
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
Innovatsion texnologiyalar asosida informatika fanini o’qitish tizimining dasturiy va uslubiy ta’minoti
|
Bugungi kunda ta’lim tizimini takomillashtirish, innovatsion ta’lim muhitini yaratish, pedagogik va innovasion texnologiyalarni informatika fanini o’qitish tizimiga tadbiq qilinishi va undan o’quv jarayonining samaradorligini oshirishda amaliy va nazariy jahatdan foydalanish dolzarb masala bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun, eng avvalo, informatika fanini o’qitish tizimini ilg’or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan vositalar va texnologiyalar bilan ta’minlash lozim. Buning uchun esa ana shu zamonaviy pedagogik va innovasion texnologiyalaridan foydalanib informatika fanini o’qitish tizimini tashkil etishning dasturiy ta’minoti va uslubiyatini ishlab chiqish lozim bo’ladi.
|
Aminov
Istam
Barnoyevich,
dotsent
|
Axatov Akmal Rustamovich.
SamDU «Xalqaro ta’lim dasturlari” fakulteti professori t.f.d.
|
|
Ostanova Ma'mura Ulug'bek qizi
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
Informatika fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda keys texnologiyalaridan foydalanishning dasturiy va uslubiy ta’minoti
|
Respublikamizning turli sohalarida yuz berayotgan o’zgarishlar ta’lim tizimini o’quv jarayonini zamonaviy shakl va metodlarda tashkil qilishni taqozo etmoqda. Hozirgi davrda biror-bir sohada ish yuritish uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo’lish uchun, avvalo, kompyuter savodxoni bo’lish, axborot texnologiyalarini puxta egallash lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyatini bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur.
|
Aminov
Istam
Barnoyevich,
dotsent
|
Axatov Akmal Rustamovich.
SamDU «Xalqaro ta’lim dasturlari” fakulteti professori, t.f.d.
|
|
Chorshanbiyev Choriyor Ismadullo o'g'li
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
Ta’lim tizimida elektron o’quv resurslari yaratishning dasturiy vositalari va uslubiy ta’minoti (“Informatika” fani misolida)
|
Ta’lim tizimidagi har qanday umumta’lim fanining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tabiiy fanlarni o’kitishning samaradorligini oshirish uchun o’quv maqsadlarimizni aniq va ravshan qo’yishimiz, o’qitishdan kuzatiladigan natijani belgilashimiz kerak bo’ladi. Aks xolda o’qitiladigan fanlarga extiyoj noaniq bo’ladi va uning natijasi talab darajasida bo’lmasligi mumkin. Chunki, insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim muammo ta’lim maqsadi bo’lib, shaxsni komil insonga aylantirish masalasi uning asosiy g’oyasini tashkil etgan. Hozirgi kunda ta’lim maqsadlariga erishish uchun olimlar turli kreativ usullarni mashg’ulotlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda joriy etishni tavsiya etmoqdalar.
|
Aminov
Istam
Barnoyevich,
dotsent
|
Axatov Akmal Rustamovich.
SamDU «Xalqaro ta’lim dasturlari” fakulteti professori, t.f.d.
|
|
Eshquvvatov Farhod Faridovich
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
Masofaviy ta’lim asosida o’quv jarayonini tashkil etishning algoritm va dasturiy ta’minotini yaratish
|
Hozirgi vaqtda ta’lim tizimini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish hamda boshqarish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Oliy ta’lim tizimida o’quv jarayonini masofadan tashkil etish, fanlar bo’yicha barcha resurslarni onlayn taqdim etish va baholashni onlayn tizimlarini ishlab chiqishni amalga oshirish asosida ta’lim sifatini oshirish imkoni yaratiladi. Masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llagan holda o’quv jarayonini olib borish nafaqat ta’lim sifatini oshishiga balkim katta miqdordagi iqtisodiy samaradorlikka ham olib keladi. Tadqiqotda masofaviy ta’lim texnologiyalari asosida onlayn darslarni tashkil etish uchun videokonferensiya tizimlarini qo’llash, onlayn baholash tizimlarini ishlab chiqish va o’quv jarayonini tashkil etishning algoritm hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqish qarab o’tiladi.
|
Nazarov
Fayzullo
Maxmadiyarovich,
PhD.
|
Babomuradov Ozod Jurayevich,
TATU Axborot texnologiyalari-ning dasturiy ta’minoti kafedrasi mudiri, professori. t.f.d.
|
|
Do'sanov Raxim Qaxramonovich
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
O‘quv jarayonini boshqarishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash algoritm va dasturiy ta’minotini yaratish
|
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin. Bundan kelib chiqib raqamli texnologiyalarni nafaqat ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarga, balkim ta’lim sohasiga ham joriy etish bugungi kunning asosiy vazifasi hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar asosida o‘quv jarayoni boshqarish ish samaradorligini keskin oshishiga olib keladi. Bunda raqamli universitet mezonlari oliy ta’lim muassasasini boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish qarab o‘tiladi.
|
Nazarov
Fayzullo
Maxmadiyarovich
PhD.
|
Zaynidinov Hakimjon, TATU
Sun’iy intellekt kafedrasi mudiri. Professor. t.f.d.
|
|
Bektemirova Gulrux Otabek qizi
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
Dasturlash asoslari fanini o‘qitishda kreativ usullarni qo‘llash algoritm va dasturiy ta’minotini yaratish (Java tili misolida)
|
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarni barcha sohalarga tadbiq etish va ommalashtirish hamda O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shish uchun iqtisodiyotni raqamli texnologiyalar asosida barqarorlashtirish vazifalari respublikamiz olimlari va mutaxassislari oldida turgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bundan kelib chiqib o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish, o‘qitishda kreativ texnologiyalarni qo‘llash dolzarb hisoblanadi.
|
Nazarov
Fayzullo
Maxmadiyarovich
PhD.
|
Zaynidinov Hakimjon, TATU Sun’iy intellekt kafedrasi mudiri. Professor. t.f.d.
|
|
Egamberdiyeva Feruza Abdumannonovna
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
Dasturlash tillari fanini o'qitishda multimediali texnologiyalarga asoslangan amaliy dasturlar foydalanish uslubiyati
|
Multimediya texnologiyalarining rivojlanishi animatsiya, ovoz va videoni qo'shish orqali o'quv materiallarini taqdim etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Axborotni taqdim etishning yangi shakllaridan tashqari, multimediya texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan dasturlar metodik nuqtai nazardan qimmatli bo'lgan yana bir xususiyatga - interaktivlikka ega, bu esa ushbu o'quv vositalarining o'quv samadorligini yanada to'liqroq amalga oshirish imkonini beradi.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi mulimediya texnologiyasi asosida amalga oshiriladigan amaliy dasturiy vositalar yordamida Dasturalsh tillari fanini o'qitish usullarini takomillashtirish bilan belgilanadi. Ishda multimediyali o'qitish dasturlarini yaratish va ulardan foydalanish usullari taqiq etiladi.
|
Abdullayev
Abubakir
Narzullayevich Dotsent
|
Fayziyev Mirzaali Asfandiyarovich, SamDUning O‘z-Fin pedagogika instituti pedagogika kafedrasi mudiri. dotsent. p.f.n.
|
|
Kulmirzayeva Zarina Urokboyevna
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
Informatika fani bo‘yicha interaktiv o‘qitish tizimlarini ishlab chiqish va qo‘llash uslubiyati
|
Kompyuterli o'qitish vositalari ta'limning tashkiliy shakllariga, o'qituvchi va talabaning vazifalariga, o'qitish texnologiyasiga ta'sir qiladi. Ta’limda qo‘llaniadigan kompyuterli o'qitish dasturlarini yaratish va ulardan foydalanish muhim masala hisoblanadi. Bunday dasturlar o'qishga motivatsiya va kognitiv qiziqishni shakllantirish, ta'limning guruhli shakllarini tashkil etish, o'quv-bilish faoliyatining operativ nazoratini va o'zini nazorat qilish imkonyatini beradi.
Ishda kompyuterli o'qitish dasturlarini yaratish jarayonida axborot texnologiyalari, pedagogika fani yutuqlari o‘rnini tadqiq etish va ular asosida Informatika fani bo‘yicha interaktiv o'qitish tizimini ishlab chiqish masalasi muhokama qilinadi.
|
Abdullayev
Abubakir
Narzullayevich Dotsent
|
Fayziyev Mirzaali Asfandiyarovich, SamDUning O‘z-Fin pedagogika instituti pedagogika kafedrasi mudiri. dotsent. p.f.n.
|
|
Oblaqulov Bobur Obid o'g'li
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
Ma’lumotlar bazasi fani bo‘yicha intellektual o‘qitish tizimlarini ishlab chiqish va qo‘llash uslubiyati
|
Hozirgi vaqtda ta’lim sifatini oshirish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimini rivojlantirishda onlayn tizimlarni o’rni beqiyos hisoblanadi. Onlayn tizimlarni asosida ma’lumotlar bazasi yotadi, bundan kelib chiqib ma’lumotlar bazasini o’qitishda intellektual tizimlarni ishlab chiqish va joriy etish asosiy vazifa hisoblanadi. Tadqiqotda Ma’lumotlar bazasi fani bo‘yicha intellektual o‘qitish tizimlarini ishlab chiqish va qo‘llash uslubiyatini ishlab chiqish maqsad qilib olingan.
|
Abdullayev
Abubakir
Narzullayevich Dotsent
|
Fayziyev Mirzaali Asfandiyarovich, SamDUning O‘z-Fin pedagogika instituti pedagogika kafedrasi mudiri. dotsent. p.f.n.
|
|
Norbo'tayev Jaxongir
Sayitqul o'g'li
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
Ta’lim tizimida multimediali interfaol didaktik vositalarni yaratish dasturiy va uslubiy ta’minoti (“Informatika” fani misolida)
|
“O’zbekistan respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasi” da ta’lim tizimi oldiga qator muhim vazifalar qo’yilgan. Jumladan, mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy va multimediali ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish va o’zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda o’qitish jarayonini jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Multimediali interfaol vositalari asosida o’qitish jarayonida aniq fanlarni kompyuter asosida interfaol o’qitish, o’quvchi-talabalar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animasiya elementlarini dars jarayonida ko’rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo’ladi.
|
Suyarov Akram
Musayevich
PhD, katta o’qituvchi.
.
|
Indiaminov Ravshan,
TATU Samarqand filiali professori,
f-m.f.d.
|
|
Xasanov Akbar Nomozovich
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
Kompyuter grafikasi imkoniyatlaridan foydalanib informatika fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish uslubiy va dasturiy ta’minotini yaratish
|
Informatika fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda asosiy maqsad talabalarni axborot va jamiyat, axborot texnologiyalari va tizimlari, ularning jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, kompyuterlarga xizmat ko’rsatish, tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama amaliy jixatdan tanishtirishdan iboratdir. Hozirgi kunga kelib, kompyuter kompyuter grafikasi va dizayn imkoniyatlaridan ta’lim tizimida foydalanish samarali usullardan biriga aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga qayerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi. Demak, kompyuter ishi, kompyuterdan foydalanishga o’rgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz.
|
Suyarov Akram
Musayevich.
PhD, katta o’qituvchi.
|
Indiaminov Ravshan,
TATU Samarqand filiali professori,
f-m.f.d.
|
|
Ubaydullayev Oybek Shukrullo o'g'li
|
70110602-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi
(Ta’limda axborot texnologiyalari)
|
Zamonaviy texnologiyalar asosida matematika fanini o’qitish elektron ta’lim resurslarini yaratishning uslubiy va dasturiy ta’minoti
|
Ta’lim tizimini rivojlantirish uchun zamonaviy axborot texnologiylarini o’qitish usullariga integratsiyalash va joriy etish yuqori natijalarga olib keladi. Bundan kelib chiqib zamonaviy texnologiyalar asosida matematika fanini o’qitish elektron ta’lim resurslarini yaratishning uslubiy va dasturiy ta’minotini yaratish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Tadqiqotda matematika fanini o’qitishda elektron resurslarni yaratishning uslubiy va dasturiy ta’minotini yaratish maqsad qilib belgilangan.
|
Suyarov Akram
Musayevich.
PhD, katta o’qituvchi.
|
Indiaminov Ravshan,
TATU Samarqand filiali professori,
f-m.f.d.
|