Al-Xorazmiy (780-850). Xorazmiyning astronomiyaga doir ishlari
l-Xorazmiyning «Az-zij al-Xorazmiy», («Astronomik jadval») asari, o’zi saqlanmagan bo’lsada, 1126 yildagi lotin tilidagi tarjimasi saqlangan, Nyut va Gershellar davrigacha asosiy astronomik jadval sifatida foydalanilgan. U Yerning 10ga to’g’ri keluvchi meridianini aniqlagan. Aniqlik darajasi 1% dan kichik; 111815 metr (hozirgi hisob bo’yicha 110938). Matematika va astronomiya tarixida VII-XV asrlar orasida yuzga yaqin «Zij» yaratilganligi ma’lum. Shular orasida Mas’udiy, Ulug’bekning «Ziji Ko’ragoniy»lari bo’lib, Xorazmiyning ziji O’rta asr Sharqida eng qadimgi zij hisoblanadi.
II. Xorazmiy arifmetikasi.
Xorazmiyga dastlabki olamshumul shuhratni uning «Hisob al — Hind» (Hind hisobi) nomli asari keltirdi. Bu risola amaliy arifmetikaga doir bo’lib, unda birinchi marta unli pozision sistema amaliyotga tatbiq etiladi. Xorazmiy arifmetikasining Yevropaga bunchalik tez tarqalishiga sabab u taklif etgan sistema bo’yicha hisoblashning juda ham qulayligidir. Rim raqami bilan qo’shish va ko’paytirish juda katta noqulaylikka olib keladi. Al-Xorazmiy arab alifbosidagi sonlarning ifodalanishini Hind sanoq tizmidan olib, uning jahonga tarqalashiga o’z hissasini qo’shadi. Quyida rim, arab va hozirgi paytda ishlatiladigan sonlar keltirilgan:
Hozirda umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan algebra fanining shakllanishida al-Xorazmiyning xizmati benihoyadir. «Algebra» atamasi Xorazmiyning «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-l- muqobala» («Aljabr va muqobalo hisobi haqida qisqacha kitob») nomli risolasidagi «aljabr» so’zining lotincha yozilishidan olingan. Bu asarning 1342 yilda ko’chirilgan arabcha nusxasi bizgacha yetib kelgan va u hozir Oksford universiteti kutubxonasida saqlanmoqda. Xorazmiy ushbu asarining kirish qismida shunday deydi: «Men al-jabr val-muqobala hisobi uchun zarur bo’ladigan uch xil son: ildizlar, kvadratlar va kvadratlarga ham, ildizlarga ham tegishli bo’lmagan sodda son borligini topdim». Xorazmiy ildiz deb x noma’lumni, «kvadrat» deb kvadrat ildizni, «sodda son» deb esa natural sonni ataydi. Xorazmiy ushbu uchta sonlar orasida quyidagi olti xil munosabat bo’lishini aytadi. 1) sx2 = bx (kvadrat ildizlarga teng); 2) sx2 = a (kvadratlar songa teng); 3) bx = a (ildizlar songa teng); 4) ax2 + bx =s (kvadratlar va ildizlar songa teng); 5) ax2 = bx + s kvadratlar ildizlarga va songa teng); 6) bx = s + ax2 (ildizlar son va kvadratlarga teng). Xorazmiyning ushbu tenglamalari barcha arab va o’rta asr Yevropa mamlakatlarida yozilgan algebraga doir hamma kitoblarda uchraydi. Xorazmiy ushbu tenglamalarni yechish usullarini ko’rsatish bilan birgalikda uning geometrik usulda ham isbotini keltiradi. Al-Xorazmiy nomi turli tillarda turlicha talqin qilinib kelindi: «Algarizmus», «Al Xorezmos», «Algoritmus», «Alxvarizius», «Algoritm» kabi.Faqatgina 1849 yili fransuz olimi Jon Reyno algoritm so’zi Muhammad al Xorazmiy nomidan kelib chiqqanligini isbot qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |