Aniq fanlar


O‘rta asrdagi O‘rta Osiyolik astronomlar



Download 3,94 Mb.
bet21/72
Sana25.06.2022
Hajmi3,94 Mb.
#704899
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
fizika va astranomiya tarixi majmua




O‘rta asrdagi O‘rta Osiyolik astronomlar

Al Xorazmiy. Muhammad al Xorazmiy (783-850) hayotining davri Sharqda astronomiyaning tiklanishi boshiga to‘g‘ri keldi. Xorazmiy haqida biografik ma’lumotlar, baxtga qarshi, bizgacha yetib kelmagan. Uning tug‘ilgan yili allomaning asarlarida keltirilgan ayrim ma’lumotlar asosida taxminan belgilangan bo‘lib, shartli ravishda 783 yil deb ko‘rsatilgan. Olim faoliyatining izi 847 yildan so‘ng yo‘qoladi, shu sababli, uning vafot etgan yili taxminan 850 yil deb hisoblanib kelinadi. Arab xalifaligida Abbosiylar sulolasi hokimiyatni qo‘liga olgandan so‘ng, eslatilgandek, poytaxtni Damashqdan Bog‘dodga ko‘chirishgan edi. Shu sulola davrida, ayniqsa, Xorun-ar-Rashid (786-809 yy.) va uning o‘g‘li Ma’mun (813- 833) xalifalik qilgan zamonlarda xalifalikda iqtisodiy va madaniy hayot ancha jonlandi.


Bog‘dod Sharqning yirik ilmiy va madaniy markaziga aylandi, ilm- fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi. Shu davrda Bog‘dodga taklif etilgan al-Xorazmiy xalifalikdan dastlab al-Ma’mun, so‘ngra al-Mu’tasim (833-842 yy.) va al- Vosiq (842-847 yy.) saroylarida yashab ijod etdi. Bunday qizg‘in muhitda Xorazmiyning ilmiy faoliyati yanada ravnaq topdi. Bog‘dodda ochilgan va keyinchalik «Ma’mun akademiyasi» nomi bilan mashhur bo‘lgan «Bayt ul xikma» (Donishmandlar uyi) o‘nlab olimlar, tarjimonlar va xattotlarning boshini bir joyga qovushtirgan edi. «Ma’mun akademiyasi» ko‘p yillik faoliyati mobaynida mashhur yunon olimlaridan bir qancha asarlari arab tilga tarjima qilindi, shuningdek, matematika, astronomiya, geografiya va boshqa fanlar bo‘yicha qator asarlar ham yaratildi. Ko‘plab bu tarjima asarlari Sharq ilmiy tafakkurining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Shunday asarlaridan biri, II asrda yashab o‘tgan Klavdiy Ptolemeyning «Almajistiy» («Almagest») – «Megale sintaksis» («Buyuk tuzilish») asari bo‘lib, u taxminan 825 yilda arab tilga mashhur arab astronomi al-Xajjoj ibn Yusuf al-Matar tomonidan tarjima qilingandi.
«Bayt ul-hikma»ning tarjimonlari, shuningdek, hindlar erishgan fan va madaniyat yutuqlarini o‘zida aks ettirgan adabiyotlarni ham arab tiliga tarjima qilib, arab dunyosini bu bilimlar bilan tanishtirishdi.
«Ma’mun akademiyasi» huzurida yirik kutubxona ochilgan bo‘lib, unda xalifalik va qo‘shni mamlakatlar bo‘yicha nodir adabiyotlar jamg‘arilgan edi. Ma’mun davrida kutubxonaga «Ma’mun akademiyasi»ning ko‘zga ko‘ringan olimi sifatida Xorazmiy boshchilik qildi. «Bayt ul-hikma»ning kutubxonasidan tashqari ikki rasadxonasi ham bo‘lib, ulardan biri – Bog‘dodning Shammosiya mahallasida, ikkinchi – Damashq yaqinidagi Kassiyun tog‘ida barpo qilingan edi.
«Donishmandlar uyi»da Xorazmiy, asosan, astronomiya bilan shug‘ullanib, IX asrning 20 yillarida o‘zining mashhur astronomik jadvallari – «Zij»ini yozdi. Unda keltirilgan ma’lumotlardan, Xorazmiy vafotidan keyin ikki asrdan ko‘proq vaqt davomida ko‘plab rasadxonalar foydalanib keldi. Avval arab tilida yozilgan, lotin tiliga 1126-yilda o‘girilgan.
Xorazmiy «Ziji» 37 bob va 116 jadvaldan iborat mukammal astronomik asardir. Uning 1-5 boblari o‘sha zamonda keng tarqalgan kalendarga bag‘ishlangan bo‘lib, Muhammad payg‘ambar tomonidan asoslangan musulmonlarning hijriy erasi hamda ispan va Iskandar Zulqarnayn eralari haqida ma’lumot beradi. Bu eraning biridan ikkinchisiga o‘tish usuli unda to‘la hisob-kitobi va jadvallari berilgan.
Asarning 7-12 boblari Quyosh, Oy va o‘sha davrda oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan beshta sayyoraning harakatini Ptolemeyning geotsentrik sistemasi asosida tushuntirishga bag‘ishlangan. Asarning sakkizinchi bobida Quyoshning ekliptikadagi o‘rnini, to‘qqizinchi bobda Oyning haqiqiy o‘rnini topish masalalari ko‘rib chiqilgan. Keyingi ikki bob sayyoralar o‘rnini aniqlashga bag‘ishlangan. «Zij»ning 12-bobida keltirilgan ikki jadvalda Oy chiqish tugunining (Oy orbitasi va ekliptikaning kesishgan nuqtalari tugunlar deyilib, biri – chiqish, ikkinchisi esa tushish deb atalardi). Ekliptika bo‘ylab o‘rtacha siljish harakati ma’lumotlari jamlangandi. Bunda Xorazmiy Oy orbitasining ekliptikaga qiyaligini hind astronomiyasida bo‘lgani kabi 4,5 daraja deb qabul qiladi.



Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish