Intellektual psixologiya − bu psixikaning asosiy elementi va psixologik
faoliyatning asosiy funksiyasi aql – intellektdir, deb hisoblaydigan yo‘nalish.
Intellektual psixologiya tarafdorlarining fikricha, turli-tuman psixik jarayonlar, shu
jumladan emotsional va iroda jarayonlari ham sezgi, tasavvur va tushunchalarning
qo‘shilishidir, deb tushuntiriladi. Assotsiativ psixologiyaning vakillari ham
intellektualistlarga kiradi, chunki ular ham birlamchi va asosiy element
tasavvurlardir, deb hisoblaganlar. Psixologiya va pedagogikada intellektualizmning
eng ko‘zga ko‘ringan vakili Gerbart hisoblanadi.