Uskunalar majmuasi bilan ishlash
Animatsiyalarni yaratish dasturlarida ishlash asoslari
Faylni chop qilish
Photoshop dasturida tayyorlangan grafikli tasvirni printerga chop qilish quyidagicha bajariladi: Menyuning Файл bo‘limidan Печать с предпросмотром, Печать yoki Печатать одну копию buyruqlaridan biri tanlanadi, masalan, Печать buyrug‘i tanlanganda, ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo‘ladi va chop qilish parametrlari o‘rnatiladi hamda OK tugmachasi bosiladi.
Umuman olganda, faylni Файл→Печать buyruqlaridan foydalanib chop qilish Word, Excel va boshqa dasturlari kabi bajariladi.
Grafikli tasvirlar formatlari
Photoshop dasturida tayyorlangan grafikli tasvirlarni turli xil formatlarda saqlash mumkin.
Buning uchun BMP, PCX, JPEG, GIF, PCD, TIFF, PSD, FLM, PXR, PNG, SCT, TGA va boshqa formatlar ishlatiladi. Biz quyida asosiy formatlar hisoblangan TIFF va BMP formatlari bilan tanishib chiqamiz.
TIFF formati. TIFF (Tagged Image File Format) formati Aldus firmasi tomonidan skaner orqali olingan grafikli tasvirlarni saqlash uchun maxsus yaratilgan. Photoshop dasturida tayyorlangan grafikli tasvirni TIFF formatida fayl ko‘rinishida saqlash quyida gicha bajariladi:
1. Menyuning Файл bo‘limidan Сохранить как buyrug‘i tanlanadi.
2. Ekranda hosil bo‘lgan muloqot oynasining Формат (Format) bo‘limidan TIFF(*.TIF) formati tanlanadi va Имя файла darchasida faylga nom beriladi.
3. Muloqot oynasidagi Сохранить buyrug‘ida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Ekranda Формат parametrlarini o‘rnatuvchi oyna paydo bo‘ladi.
4. TIFF formati ikki variantda mavjud: Macintosh va IBM PC kompyuterlari uchun. Порядок байтов (Byte Order) bo‘limidan kerakli operatsion tizim tanlanadi.
5. Сжатие (Compression) sohasida mavjud bo‘lgan uchta siqish variantidan biri(LGW, ZIP, JPEG) tanlanadi. LZW algoritmi yuqori darajada siqishni taminlaydi.
6. Muloqot oynasidagi barcha ko‘rsatmalar bajarilgandan keyin, OK tugmachasi bosiladi va natijada, fayl diskda TIFF formati bilan saqlanadi.
BMP formati. BMP (BitMap) formati Windows operatsion tizimida qo‘llaniladi. Faylni BMP formatida saqlash quyidagicha bajariladi:
1. Menyuning Файл bo‘limidan Сохранить как buyrug‘i tanlanadi .
2. Ekranda hosil bo‘lgan muloqot oynasining Формат (Format) bo‘limidan BMP (*.BMP, *. RLE, *.DIB) formati tanlanadi va Имя файла darchasida faylga nom beriladi.
3. Muloqot oynasidagi Сохранить buyrug‘ida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Ekranda Формат parametrlarini o‘rnatuvchi oyna paydo bo‘ladi.
3. Muloqot oynasidagi Сохранить buyrug‘ida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Ekranda Формат parametrlarini o‘rnatuvchi oyna paydo bo‘ladi.
BMP formati ikki variantda mavjud: Microsoft Windows va BM OS/2 lar uchun. Kerakli operatsion tizim Формат файла bo‘limida tanlanadi. Muloqot oynasining Глубина (Depth) bo‘limidan tasvirning rang tafovuti (16, 24, 32 bitlarda) ko‘rsatiladi.
4. Сохранить tugmachasi bosiladi va fayl BMP formati bilan saqlanadi. Fayllar qolgan formatlarda ham TIFF va BMP formatlari kabi saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |