Adobe Photoshop dasturida ishlash
Grafik muharrirlarning boshqa turlari grafikli tasvirlar chizish uchun emas, balki tayyor grafikli tasvirlar ularning sifatini oshirish maqsadida qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Bunday dasturlar guruhiga Adobe Photoshop, Photostyler, Picture Publisher va boshqalar kiradi.
Bugungi kunda tayyor tasvirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan dasturlar ichida eng asosiysi Adobe Photoshop grafik muharriri hisoblanadi. Adobe Photoshop grafik muharriri birinchi navbatda grafikli tasvirlarni tashkil qilish emas, balki ularni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Dasturning asosiy boshqarish elementlari menyu qatori va uskunalar majmuasida joylashgan.
Bundan tashqari dasturda muhim muloqot oynasi - asboblar palitrasi ishlatiladi. Hozirgi kunda bu dasturning bir qancha versiyalari mavjud: Adobe Photoshop 4.0, Adobe Photoshop 5.0, Adobe Photoshop 6.0, Adobe Photoshop 7.0. Dasturning bu versiyalari bir-biridan imkoniyatlari bilan farq qiladi. Photoshop dasturi bilan ishlashda asosiy vosita bo‘lib «sichqoncha» ishlatiladi.
Photoshop 7.0 dasturi bilan ishlash uchun minimum quyidagilar talab qilinadi:
- Intel protsessorli Pentium III yoki IV kompyuteri;
- Windows 98, Windows 2000, Windows NT, Windows XP operatsion tizimlaridan biri;
- 128 Mbayt operativ xotira;
- Qattiq diskda 280 Mbayt bo‘sh joy;
- CD-ROM diskovod;
- monitor 16-bitli videokarta bilan;
- 800x600 va undan yuqori nuqtali video tizim.
Adobe Photoshop dasturini ishga tushirish va undan chiqish
Adobe Photoshop dasturini ishga tushirish uchun «sichqoncha» ko‘rsatkichi Пуск ga keltiriladi, Программы bandidan Adobe Photoshop dasturi tanlanadi va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Adobe Photoshop dasturi ishga tushgandan so‘ng, ekranda quyidagi asosiy ishchi oynasi paydo bo‘ladi.
Adobe Photoshop dasturi bilan ishni tugallash quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi:
- Alt→F4 tugmachalarini bosish bilan;
- Файл menyusining Выход buyrug‘ini tanlash bilan;
- Ishchi stolning o‘ng yuqori burchagida joylashgan sistema menyusidagi [x] belgisida «sichqoncha» tugmachasini bosish bilan. Agar, Adobe Photoshop dasturidan ch iqish vaqtida diskda saqlanmagan fayl mavjud bo‘lsa, u holda ekranda muloqot oynasi paydo bo‘ladi va undagi so‘rovga quyidagicha javob beriladi: Дa - faylni saqlash, Нет - faylni saqlamasdan chiqish, Отмена - dastur bilan ishlashni davom ettirish.
Adobe Photoshop grafik muharriri bilan ishni boshlash, odatda, tayyor rasmli faylni ishga tushirish (bu ish Файл→Открыть buyrug‘i orqali amalga oshiriladi) yoki import qilish bilan boshlanadi. Skaner, raqamli videokamera va boshqa kiritish qurilmalari yordamida o lingan tasvirlar ularni import qilish deb tushuniladi. Tasvirlarni import qilish uchun Файл→Импротировать buyrug‘i ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |