Adobe Photoshop dasturining asosiy ish sohalari
Adobe Photoshop dasturining asosiy ish sohalari
Poligrafiyada ishlatiladigan tasvirlarni qayta ishlash dasturlarini rastrli paket - Adobe firmasining Photoshop dast uridan bashlagan ma’qul. Bu dastur shu maqsadda ishlatiladigan dasturlarni solishtirganda namunaviy dastur bo’lib hizmat qiladi. Bu dasturlar skanerlangan tasvirlarni:
• rang korrektsiyasi uchun;
• tasvirni retush qilish uchun;
• mahsus effektlar berish uchun;
• rastrli tasvirlarni tahrirlash va montaj qilish uchun maskalarga ega.
Photoshop Macintosh foydalanuvchilari orasida juda ommabop bo’lib, uning versiyalari
Windows 3.1, Windows 95/’98/’XP va Windows NT uchun, Silicon Graphics (S/I) va Sunday kompyuterlari uchun ham yaratilgan.
Paketning oxirgi versiyalari tasvirlarning ko’p qavatli strukturasi bilan ishlash imkonini beradi, vektorli konturlarni yaratish va tahrirlash uchun vositalarga ega. Photoshop turli ma skalar va ko’p sonli filtrlar bilan ishlash imkonini beradi, ranglar va maxsus effektlar bilan ishlashning keng tarqalgan vositalariga ega. Adobe Photoshop turli obyektlarni xatosiz eksport va import qiladi. Uning boshqa dasturlardan yana bir afzalligi, bu taxrirlagichning rus tilidagi talqini ham mavjud.
Adobe Photoshop rastrli grafika muharrirlaridan Adobe kompaniyasi ishlab chiqqan Photoshop dasturida ish yuritish texnologiyasi bilan tanishish mumkin. Dasturni ishlatuvchi asosiy boshqaruv elementlari menyu qatorida va uskunalar panelida joylashgan. Odatda, ushbu dasturda ish yuritish yoki tayyor biror tasvirni import qilish (Fayl-import buyrug’i) bilan yoki Fayl-Ochish buyrug’i bilan kompyuterdagi tayyor tasvirni qayta ishlashga qaratiladi.
Grafik muharrir kompyuterning tashqi qurilmalari bilan TWAIN standarti (tasvirlar manbai) orqali bog’langan. Grafik tasvirlar bilan operatsiya qilinganda tasvirning parametrlarini bilish zarur.
Tasvir parametrlarini «Tasvir o’lchami» degan muloqot oynasidan topish mumkin. Buning uchun menyuning Изображение (Размер изображение) buyrug’i bilan ish yuritiladi. Fayl o’lchami
piksellarda o’lchangan tasvir kengligi, balandligi, santimetrda o’lchangan nashr o’lchami bilan uzviy bog’liq. Tasvirlar bilan ish yuritishda uskunalar paneli asosiy rol o’ynaydi va ular alternativ vazifani ham bajarishadi.
Asosiy uskunalar 4 guruhga bo’linadi:
1. Asosan obyekt bilan ish yuritadi. Masalan,
a. «Oбласть», «Лассо» uskunalari yordamida tasvirning xududiy chegarasi ajratiladi.
b. «Перемещение» - uskunasi tasvirdan nusxa olish va joylashtirish vazifasini bajaradi.
c. «Вольшебная палочка» uskunasi esa tasvir chegarasini rang jilosiga qarab avtomatik tarzda surish imkoniyatiga ega.
2. Quyidagi uskunalar rasm chizish vazifasini bajaradi. Masalan,
a. «Аэрограф, кистб карандашб ластик» nomidagi uskunalar tasvir shaklini chizish vazifasini o’taydi.
b. «Штамп» uskunasi rasmning buzilgan joylarini tiklash va qayta tiklash vazifasini bajaradi.
3. Quyidagi uskunalar yangi obyektlarni yaratishda xizmat qiladi. Masala n,
a. «Pero va uning alternativ uskunalari» egri chiziqli konturlarni chizish va uni taxrirlashda ishtirok etadi.
b. «Текст» uskunasi esa tasvirning matnli qismini tayyorlaydi.»
c. «Заливка и градиент» uskunalari tasvirning ajratilgan qismiga jilo va fon berish vazifasini o’taydi.
d. «Пипетка» uskunasi esa tasvirga aniq rang tanlashda ishtirok etadi.
4. Quyidagi uskunalar tasvirni ko’rishni boshqaradigan vazifani o’taydi. Masalan,
a. «Maсштаб» tasvirni kattalashtirgan holatda ko’rish imkonini yaratsa,
b. «Рука» uskunasi esa tasvirni oyna miq’yosida surish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, Photoshop muharriri 10 xil jilo (palitra) ga ega bo’lib, har bir jilo o’z vazifasini bajaradi. Ushbu jilolarga o’tish menyu punktlari orqali amalga oshadi. Masalan, menyuning Oкно punkti «Спрятать, Показать...» kabi buyruqlar bilan rang jilosi boshqariladi.
Rang jilolari bajaradigan funksiyalar:
• kist jilosi – rasm solish va uni taxrirlashda turli variantli rang jilosini ishlatadi.
• jilo parametrlari - ajratib olingan uskunaning nomini va unga xos rang jilosini ifodalaydi.
• info – joriy nuqtaning rang parametrlari va kursor koordinalari haqida axborot beradi.
• navigator – tasvirning turli fragmentlarini tezda ko ’rish va ko’rish masshtabini o’zgartirish
imkonini beradi, xattoki tasvirni miniatyura holatida ko’rishga ham olib keladi.
• sintez – tasvir rangi jilosida old va orqa rejasi qiymatlarini aniqlab beradi hamda ranglar jilosini taxrirlay oladi.
• katalog - ishlatish uchun kerak bo’ladigan bar cha ranglar majmui bo’lib, undan kerak
vaqtda tasvirning old va ortdan ko’rinishi jilosi rejalarini ham bajarishda ishtirok etadi.
• sloy – tasvirning barcha qatlamlari jilosini ifodalashda asqotadi va qatlamlar jilosi parametrlari bilan ham ish yuritadi.
• kanali - turli kanallarda ish yuritish jarayonini ranglar jilosi asosida boshqaradi va bir qancha kanaldan iborat tasvir tashkil etishni boshqaradi.
• kontur – tashkil etilgan barcha konturlar ro’yhatidir.
• operatsi – makrokomandalar tashkil etib, fayl shaklida ularni yozish, bajarish, taxrirlash, olib tashlash, saqlash mumkin.
Shuni qayd etish lozimki, ushbu muharrir bilan ish yuritganda tasvirlar ustida bajariladigan operatsiyalar quyidagilardan iboratdir:
• Tasvirning dinamik diapazonini o’zgartirish, ya’ni yorituvchanligi (яркость) va tiniqligi (контрастность) ni oshirish.
• Tasvirning aniqligini oshirish.
• Rangli korrektsiyasini oshirish (qizil, yashil va ko’k ranglar kanalida o’zgartirishlar kiritish).
• Tasvir fragmentlari ochiqlik (яркость) darajasini o ’zgartirish.
• Tasvir fragmentlari o’rtasidagi o’tish chegarasini tekislash.
• Tasvir kompozitsiyasidan ba’zi-bir fragmentlarni qirqib tashlash.
• Tasvirning yo’qotilgan fragmentlarini tiklash, ta’mirlash.
• Tasvirni montaj qilish (alohida olingan fragmentlardan butun bir tasvirni vujudga keltirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |