Turlarni animatsiyalashtirish va tashkil etish uchun bayramlar nishonlanadigan sanalar kalendaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir Turistning u yoki bu sanaga qiziqishi, bu qiziqishlarning "jonlantirilgan", turistning o‘zi qatnashadigan ko‘rinishda tashkil etilishi xizmat ko‘rsatish dasturini yanada jonlantiradi. Har safar yangi bayramlarni tashkil qilish qimmatga tushishi bois, doimiy harakatdagi animatsion dasturlarni sotish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, turizmda animatsiya formulasini quyidagi kompleks ko‘rinishida qabul qilish mumkin: qiziqishlardan foydalanish, ekspozitsiyalarni jonlantirish, harakatlarga turistlarni jalb qilish, tomoshalarning turli-tumanligi. - Shunday qilib, yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, turizmda animatsiya formulasini quyidagi kompleks ko‘rinishida qabul qilish mumkin: qiziqishlardan foydalanish, ekspozitsiyalarni jonlantirish, harakatlarga turistlarni jalb qilish, tomoshalarning turli-tumanligi.
- Shundan kelib chiqib, turizm animatsiyasi uslubiy asoslarini quyidagicha shakllantirish mumkin:
operatorning hordiq chiqarish va tomoshalar markazlari, festival va karnavallar tashkilotchilari bilan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish dasturiga tadbirlar ma’lumotlarini faol qo‘shib borish; - operatorning hordiq chiqarish va tomoshalar markazlari, festival va karnavallar tashkilotchilari bilan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish dasturiga tadbirlar ma’lumotlarini faol qo‘shib borish;
- sodir bo‘layotgan tadbirning psixologik qabul qilinishi va tematikasini hisobga oladigan dam olish (tadbir) ssenariysini tuzish;
- yo‘nalishda turistlarning har xil bo‘lish ehtimoli bor xizmatlar bog‘liqligini ko‘zda tutgan holda ishlab chiqilgan ssenariy asosida to‘liq xizmat ko‘rsatish kompleksini amalga oshirish;
- ob-havo va boshqa sabablarga ko‘ra dasturga o‘zgartirish kiritilganda animatorlarning turistlar bilan ishlashi. Umuman animatsion turizm faoliyati deganda xordiq chiqarish-tomosha va servis komplekslarining har bir turist dam olishiga va xizmat ko‘rsatishga shaxsiy yondashuvning o‘zaro yaqin hamkorligini tushunishimiz mumkin.
Asosiy vazifa turistga qiziqarli bo‘lishi, o‘zini dastur qatnashchisi sifatida his qilishi, yaxshi dam olish uchun qulaylik mavjudligidir !!! - Asosiy vazifa turistga qiziqarli bo‘lishi, o‘zini dastur qatnashchisi sifatida his qilishi, yaxshi dam olish uchun qulaylik mavjudligidir !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |