“…bumuqobaladaforsiyalfozining
dilnazir insholari mavjud va dilpisand makotib damlolari
ma’bud. To xayolga andoq keldikim, turk alfozining dog‘i
ruq’alari hamul misol bila aytilg‘ay va bu til nomlarini ham
us’hul minval bila sabt etishgay”
(“Munshaot”).
Navoiyning turkiy tilda ijod qilganligi hamda boshqa
zamondoshlarini ham bunga chaqirganligini buyuk allo-
maning fors tilida katta ijod yo‘liga chiqa olmaganligi bi-
lan emas, balki o‘zbek tilining obro‘-e’tiborini ko‘tarishni
o‘zining yuksak millatparvarligi va fuqarolik pozitsiyasi
bilan bog‘lash o‘rinli bo‘ladi. Holbuki, Alisher Navoiy yosh
-
lik yillarida fors tilida ijod qila boshlagan va ajoyib muvaf-
faqiyatlarga erishayotgan, o‘z ijodi bilan ko‘plab forsiygo‘y
shoirlarni lol qoldirayotgan edi. Alisher Navoiy bu haqda
shunday yozadi:
“Bu sozlardin hasm mundoq bo‘lmasun
va muddai bu nav’ gumon qilmasinki, mening ta’bim turk
alfozigamuloyimtushganuchunta’rifidamubolag‘aizhor
qiladurmen va forsiy iboratqa munosabatim ozroq uchun
inkor va nafyig‘a isror ko‘rguzurmenki, forsiy alfoz istifosin
vauliboratistiqsosinishimendinko‘proqqilmaydilar,erkin
va saloh (yaxshi) va fasodin (yomon) mendin yaxshiroq
bilmaydur…”
Ushbu fikrlarning ixcham xulosasi sifatida shuni ham
ta’kidlash zarurki, Navoiy turkiy til mustaqilligi uchun ku-
rashga otlanar ekan, ushbu masalani davlat ahamiyati da-
rajasiga ko‘targan, ya’ni uning bu boradagi sa’y-harakat-
lari sulton Husayn Boyqaro tomonidan
“ixitiyor va rag‘bat
topgan”
. Ayrim manbalarda ko‘rsatilishicha, Husayn
Boyqaro tomonidan o‘z davrida turkiy til rasmiy hujjat tili
deb belgilangan farmoyish ham chiqarilgan (A.Nurmonov,
E.Qilichev) va bunda, tabiiyki, Navoiyning xizmatlari katta.
Albatta, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ko‘pchilik
uchun ma’lum, biroq bitta haqiqat borki, bunga ko‘z yumib
bo‘lmaydi. Ya’ni Navoiyning ilmiy-ijodiy merosiga qay ta-
qayta murojaat qilar ekanmiz, uning yangi-yangi qirralarini
kashf qilaveramiz. Xususan, allomaning lingvistika sohasi-
dagi qator ishlari zamonaviy tilshunoslik (xususan, G‘arb)
da kashfiyot sifatida ko‘rsatilgan ilmiy xulosalardan ancha
oldin amalga oshirilgani hozirda barchamizga ma’lum.
Xususan, kontrastiv (chog‘ishtirma) tilshunoslik sohasida
bu yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Umumiy fikrlardan aniq faktik materiallarga yuzlanadi
-
gan bo‘lsak, shunday holatni kuzatish mumkin: Navoiy
turkiy til leksikasi sohasida qator ishlarni amalga oshirdi.
Chuqur bilimga ega olim o‘laroq turk tilining lug‘at boyli-
gini ko‘rsatish va tahlil qilishga erishdi. Buning uchun xalq
tilidan forsiy muqobili bo‘lmagan qator so‘zlarni topdi. Ana
shunday so‘zlarga turk tilidan yuzta fe’lni keltirdi:
quvor
-
moq, quruqshamoq, usharmoq, jiyjaymoq, o‘ngdaymoq,
chekrimak, dumsaymoq, umunmoq, usanmoq, igirmoq,
egarmoq, uxranmak, torikmoq, aldamoq, arg‘adamoq,
ishanmak, iglanmak, aylanmoq, erikmak, irganmak, ovun
-
moq, qistamoq, qiynamoq, qo‘zg‘almoq, sovrilmoq, chay
-
qalmoq, ishanmak
va shu kabi.
Keltirilgan ushbu fe’llar Alisher Navoiy o‘zbek tili ning
imkoniyatlarini ko‘rsatmoq uchun xalq tilini qanchalar
sinchikovlik bilan o‘rganganligini isbotlovchi dalillardir.
Yuqoridagi fe’llarning ba’zilari integral (birlashtiruvchi)
sema bilan bir paradigmani hosil qilsa ham, lekin paradig-
ma a’zolarining har qaysisi muayyan differensial (farqlov
-
chi) semaga ham ega ekanligini ko‘rsatadi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |