38
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tadqiqotlar
Shoir “Pianino. 1942-yil” nomli she’rida urush dahshat-
larini jang maydonlarining o‘zida emas, balki front orti
voqeligi asosida o‘sha davr ruhini jonlantiradi. Xalqning
og‘ir o‘tmishini
“zo‘rg‘a eshikkacha yetolar pashsha”, “osh
-
pichoq o‘g‘irlab g‘ijinar kuchuk”
kabi kichik tasvirlarga urg‘u
berib ta’kidlashga harakat qiladi. Shoirning “Oqshom”
she’rida tarixiy shaxslar nomidan tarixiy zamon tushun-
chasi anglashiladi.
Aloq-chaloqachiganuyqu,
Terga botdim. Hiqildoqda jon.
Baqiraman, chinqirib, yohu:
U meniki Hoy, Madalixon.
Muallifning ushbu she’rida aniq bir voqelik ustida so‘z
bormaydi. Kichik voqelik orqali qisqa hajmdagi tun yoki
kun zamonini tasavvur qilishimiz mumkin. Biroq katta davr
voqeligi kichik zamonlar bilangina emas, real obrazlar
orqali ifoda etiladi. Asl fojea lirik kechinmada tasvirlansa,
ma’lum fojea aks etgan voqelik “tun” badiiy zamonida o‘z
ifodasini topadi.
Hurliqo goh badburush lahzalar o‘tib bitar,
Momo tilla supurgi, kumush kul olib o‘tar.
Kelinchak charx tortadi, falak yo‘llari tutar,
Kulohi yog‘dulanib, yuz qalandarlar ketar.
Barisibir-biro‘tar.
Rangi yo‘q yelpig‘ichning nafasi yugurar zuv,
Kaftida o‘t ezg‘ilab qarsillatadi suluv.
Yumaloq supaga oq xizmatkor sepadi suv,
Oshufta gulzor aro kezinar qahrabo “uvv”.
Barisibir-biro‘tar.
8
Shoirning poetik g‘oyasi ma’lum bir tarixiy detallar
orqali:
“momo tilla supurgi”, “kelinchak charx tortadi”, “ku
-
lohi yog‘dulanib”, “oq xizmatkor sepadi suv”, “mehmoni
ko‘p ayvonli”, “inqillagan karvonni”, “serg‘alva haram ichra
kanizlar ko‘zguda ko‘z”
tarixiy vaqt tasvirlarini aks ettiradi.
Ijodkor tomonidan yaratilgan badiiy asar olamining ramziy
modeli tarixiy vaqt bilan birga real vaqt qurilishining o‘ziga
xos yechimi, qolaversa, hissiy manbalariga ega bo‘lib, u ta-
biat qonunlari va ijtimoiy-psixologik jihatlar bilan belgilana-
di. Tarixiy xronotop A.Qutbiddin she’riyatida alohida
ahami-
yatga ega. Uning ijodida tarixiy xronotopni o‘rga nishning
muhim jihati ramziy va semantik nuqtayi nazardan (vo-
qealarning tarixiy hodisasi, vaqtning subyektiv aloqasi nati-
jasida real vaqt bilan qorishiq kelishi) muayyan bir aspektda
birikishi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda badiiy zamon lirik
asarlarda yaratilgan tasvirlar dunyosini xarakterlaydi, uning
o‘zi majoziy ma’noga ega bo‘ladi. Majoziy ma’no ma’lum
bir voqelikka asoslangan zamoniy vaqt asrlar yoki yillar
tasviridagi moddiy olamning shu
zamonga tegishli obyektiv
xususiyatlarini ochib berishga imkoniyat tug‘diradi. Bu de-
gani lirik turdagi asarlarning makon va zamonini talqin qilish
ham tasvir, ham mazmun xususiyatini belgilaydi.
Shoir ijodida badiiy zamon masalasining yana bir muhim
jihati hozirgi zamon ko‘rinishidagi vaqt konsepsiyasidir.
Muallif hozirgi zamon orqali xotira vaqtini gorizontal emas,
balki vertikal planga chiqaradi. Buning o‘ziga xos mohiyati
bor. Ongosti xotira har qanday shoir
ijodining muhim qirra-
si hisoblanadi. Unda hozir kechayotgan kechinma o‘tmish
bilan bog‘langan lirik zamon tushunchasidir. Shoirning
“Borokko” turkum she’rlarida muallif zamonining bir qismi
va ayni zamon ko‘rinishlarini kuzatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: