Darsning mavzusi: Turdosh otlar.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga turdosh otlar
hamda ularning turlari, imlosi, qo‘llanilishi haqida
ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni ona tilimizga
hurmat, ehtirom ruhida, ma’nan yetuk va barkamol
shaxs sifatida tarbiyalash, estetik didi, axloqiy sifatlari,
kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning
o‘g‘zaki va yozma nutqiy savodxonligi, erkin va ijodiy
fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ishlash va
fikrlash orqali bilim olish, xotirani mustahkamlash, tez
fikrlashga o‘rgatish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch
kompetensiyalar:
– kommunikativ: o‘z fikrini og‘zaki va yozma
tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, jamoaviy
hamkorlikda ishlash, muloqotda suhbatdoshi fikrini
hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish;
– umummadaniy: muomala madaniyati va odob-
axloq qoidalariga amal qilish, o‘qib-o‘rganib bilim
olishga intilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |