Anguage and literature til va adabiyot



Download 38,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/126
Sana29.08.2021
Hajmi38,34 Mb.
#158840
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
3-son

Ravshan NIYAZOV, 

O‘zbekiston davlat jahon 

tillari universiteti doktoranti

AMERIKA NASRIDA YURIDIK DETEKTIV ROMANCHILIKNING 

RIVOJLANISH BOSQICHLARI

axloqiy va huquqiy tu-

shunchalari bo‘lmish 

adolat va haqqoniylikning 

amerikacha adabiy-ba-

diiy modeli butun dunyo 

madaniy olamida ustunlik-

ka erishdi.

Amerikalik olim 

H.Heykraftning ta’kid-

lashicha, detektiv asl 

izquvar-detektivlar paydo 

bo‘lmaguncha yaratilishi 

mumkin emas edi, shu 

boisdan ham, bu janr 

XIX asrdagina paydo bo‘ldi. 1800-yillar boshida Parij 

va Londonda birinchi tergov bo‘limlari tashkil etildi 

va ularning xodimlari birinchi detektivlarga aylantiril-

di. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, “detektiv” termini 

Oksford lug‘atida 1843-yilda nashr etilgan, balki og‘zaki 

nutqda undan oldinroq qo‘llanilgan bo‘lishi ham mum-

kin [1: 161–162]. Shu o‘rinda aytish mumkinki, de-

tektiv adabiyotning paydo bo‘lishi va rivoj lanishi odil 

sudlov sohasi tizimining qayta tiklanishi bilan bog‘liq. 

H.Heykraftning ta’kidlashicha, detektiv adabiyot inson 

huquqlari himoyasi bo‘lmagan diktator davlatlarda rivo-

jlana olmaydi. 

Detektiv demokratiyaning mevasi hisoblanadi va 

uning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, deb ta’kidlashadi 

N.Bleyk [2: 398 – 405] va A.Boucher [2: 384–390]. 

Ularning  fikricha,  aynan  shu  sababli  detektiv  asar-

lar dastlab Amerikada paydo bo‘ldi, chunki qadimiy 

demokratik odatlar uning oliy qonunida mustahkamlan-

gan edi. 

Amerikada detektiv janrning taraqqiyot bosqichi om-

maning ehtiyojiga qarab o‘sib borgan. Detektiv janrni 

har tomonlama mukammal janr deb aytish qiyin. Unda 

Agata Kristi, Sidni Sheldon, Jon Grishem kabi ijod-

korlarning arzirli asarlari  bilan birga juda sayoz asar-

lar ham uchraydi [3: 458]. Asarni hammaga manzur 

qilishga bo‘lgan intilish, ko‘pincha, uning saviyasini 

tushiradi. Detektiv janr ommalashuv uchun mo‘ljallan-




veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz

47

2020-yil 1-son



Kichik tadqiqot

gan. Shuning uchun u saviyasi o‘rtadan past kishilar in-

tellektual ehtiyojlarini qanoatlantirishga yetarli. Boshqa 

tomondan qaralsa, ayrim tadqiqotchilar nuqtayi nazari-

ga ko‘ra, aynan ommaviyligi tufayli detektiv janrni yoq-

layotgan madaniyatning muayyan mazmunidan jami-

yatning eng quyi qatlamlari ham o‘zlariga keragini olish 

imkoniga ega bo‘ldi. Bizningcha, keyingi masala hali 

to‘liq va uzil-kesil yechimga ega bo‘lmagan murakkab 

masalalar qatoriga kiradi. 

Amerikadagi barcha turdagi detektiv asarlar kitob-

xonlarning kino sanoatiga qiziqishlaridan yuzaga kel-

gan. XIX asrning o‘rtalarida Amerika shaharlarida 

istiqomat qiladigan aholi o‘zlarini jinoyat olamida ya-

shayotgandek sezardilar. Mahalliy gazetalarda so-

dir etilgan jinoyatlar soni kamaytirib yozilar, ularda 

ko‘proq yengil detektiv asarlar chop etilardi: “Yiliga 

eng mashhur nashrlarga 200000 dan qariyb 300000 

ga yaqin mushtariy aynan shunday asarlar uchun a’zo 

bo‘lardi” [4: 8]. Bir guruh huquqshunoslar tomonidan 

Massachutes shtatida aholining quyi qatlamiga detektiv 

asarlar sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilinadi. Garchi 

ular bir muddat sodir etilayotgan jinoyatlar va politsiya 

ko‘rsatmalarini matbuotda nashr etishning oldini olgan 

bo‘lsalar-da, “yovuzlik hamda jinoyatni ildizi bilan yo‘qo-

ta olishmadi” [5: 8]. Qolaversa, ayrim politsiyachilar o‘z 

kasbiy tajribalari asosida hikoyalar yarata boshladilar. 

Shunday qilib, politsiya detektiv esdaliklari paydo bo‘ldi 

hamda shu ruhdagi hikoyalar avvalgidan ko‘ra ko‘proq 

nashr etildi. Ayniqsa, juda mashhur bo‘lib ketgan ma-

terial turi maxfiy va yashirin hujjatlar bo‘lib, uning janri 

detektiv janrga juda yaqin edi. 

 XIX asrda detektiv janrga kitobxonlar qiziqishining 

sababi Amerika shaharlarining tez suratlarda o‘sib, 

o‘zgarib borganligi bilan bog‘liq. Shahar aholisi boyib 

borishi bilan uylarini ijaraga berib, shaharning aksariyat 

qismini savdo do‘konlari va yirik ishlab chiqarish korxo-

nalariga aylantirishga urinishdi. Shuningdek, aholi qan-

chalik boyib bormasin, avallo, o‘zlari himoya qiladigan 

okrug va shaharlarni politsiya zimmasiga tashlay bosh-

ladi. Shunday qilib, politsiya mahkamalari, keyinchalik 

shaxsiy izquvarlar (detektivlar) shahar hududlarini hi-

moya qilishda yetakchi kuchga aylandilar. Badiiy adabi-

yotga ham ularning obrazlari kirib keldi.

Amerika yuridik-detektiv janri hamda shu janrda 

ijod qilgan va ijod qilayotgan adiblarning ijodiy faoliya-

ti haqidagi ma’lumotlarni chuqur o‘rganish natijasida 

shunday xulosaga kelish mumkinki, ilk Amerika detektiv 

janrining rivojlanishida yozuvchilar kitobxonlar istagan 

narsa – asarning asosiy qahramonlari kishining rahmi-

ni keltiradigan sahnalarning oddiy ishtirokchilari emas, 

balki izquvarlar bo‘lishi kerakligini tushunib yetgach, 

ular asosiy diqqat-e’tiborlarini detektiv hikoyalar yozish-

ga qaratdilar hamda shu tarzda, jinoiy detektiv asarlar-

ning kitobxonlar orasida ommalashishiga erishdilar. 

Yozuvchilar endi xayoliy qahramonlardan ko‘ra 

haqiqiy hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan personajlar 

to‘g‘risida yoza boshladilar. Shunday qilib, hayotiy vo-

qealarga asoslangan detektiv asarlar hamda hayotda 

uchrab turadigan voqealar ayni kitobxonlar qalbiga tez 

kirib boradigan asarlarga aylandi.  

Xorij adabiyotshunosligida detektiv janri bo‘yicha 

bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Detektiv janri ning 

o‘rganilishida katta hissa qo‘shgan tanqidchi Hovard 

Heykraft hisoblanadi. Uning “Rohatlanish uchun qotil-

lik” (Murder for Pleasure, 1941) asari ayni shu janr ta rixi 

haqidagi dastlabki manba hisoblanadi. Adib, bundan 

tashqari, “Detektiv hikoya san’ati” (The Art of Mystery 

Story, 1946) nomli birinchi adabiy-tanqidiy antologik 

asarlar jurnalining muharriri bo‘lgan. Bu jurnal olimlari 

tomonidan olib borilgan ishlar klassikaga aylandi. Ular 

ko‘p sonli Amerika ommaviy madaniyati tadqiqotlari-

ning asosi hisoblanib, aynan shu tadqiqot natijalariga 

dunyoning yetuk olimlari ham tayanishadi.

Мamlakatimiz adabiyotshunosligida detektiv qisman 

o‘rganilgan, biroq uning badiiyati va nazariy sohalari 

bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yetarli emas. Ayniqsa, 

detektiv janrida ijod qiladigan adiblarning ijodi yakka 

tartibda tahlil etilmagan. Shu boisdan mavzusi adolat 

va haqqoniylikni o‘rnatishga qaratilgan ushbu janrdagi 

asarlar tadqiqi tadqiqotchilar oldidagi muhim vazifalar-

dan hisoblanadi.




Download 38,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish