Siroj FAZILOV,
Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi
26-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
XALQ OG‘ZAKI IJODI VA ZAMONAVIY DOSTONCHILIK
Bu esa xalq dostonlariga xos an’anaviy usuldir. Buni
dostonning dastlabki sahifalaridan to so‘ngigacha ku-
zatish mumkin.
Masalan: “Zambarak to‘pchilarimiz, nayza-
li o‘qchilarimiz, osmonda uchuvchilarimiz, yerda
qiruvchilarimiz dushmanning dodini berib tura bersin.
Endi gapni oqtovliklardan – baxshili-botir yurtdan, har
mushkulni hamisha yengishga qodir yurtdan, o‘ktam
bahodir yurtdan, ko‘rmagan, bilmagan tamom armonda
yurtdan eshiting”
1
.
E’tibor berilsa, parchadagi “to‘pchilarimiz”,
“o‘q chilarimiz”; “uchuvchilarimiz”, “qiruvchilarimiz”; “bo-
tir”, “qodir”, “bahodir” singari ifodalar ichki ohangdorlikni
vujudga keltirishdan tashqari epik bayon usuliga ham
aylangan.
Asar hajm jihatidan birmuncha salmoqli. Dostonda
Qorasochning front orqasida turib turmush o‘rtog‘i
Noryigitga, jangchilarga madad bo‘lishi, frontga iqti-
sodiy yordam qilishi, bitta-yu bitta o‘g‘lini ham ota,
ham ona bo‘lib tarbiyalab voyaga yetkazishi voqealari,
ayollar va qariyalarning shijoatli mehnati, urushdan
keyingi yillardagi hayot oqimi xalq dostonlaridagi kabi
keng, nasr va nazm uyg‘unligida aks ettirilgan.
Adabiyotshunos G‘.Mo‘minov “Qorasoch” dosto-
niga munosabat bildirar ekan, yozadi: “Dostondagi
kam chiliklardan biri shundaki, u hozirgi zamon doston-
chiligida keng qo‘llanuvchi (voqeadan voqea chiqaruv-
chi va yagona sujetni tashkil etuvchi) epizodlar, situat-
siyalarni bir zanjirga tizmoqchi bo‘lgan. Lekin asarning
umumiy qurilishi, bayon usuli folklordagi traditsion dos-
ton uslubida qurilgani uchun negadir o‘zini oqlamaydi”
2
.
Bunda u Begjon suyuq bilan bog‘liq epizodning asar-
dagi umumiy voqealar tizimiga singishmaganligini misol
qilib keltiradi. Haqiqatan, mazkur epizod asar sujetidan
uzilib qolganday taassurot uyg‘otadi. Shu ma’noda
G‘.Mo‘minov mulohazalariga qo‘shilish mumkin.
Saj’ usuli o‘zbek dostonchiligida nazm va nasr
uyg‘unligida yozilgan dostonlarning nasr qismi-
da uchray di. Biroq asarda tasvirlangan voqelikning
boshidan oxirigacha saj’ usulida bayon etilishi To‘ra
Sulaymon badiiy mahoratining betakror qirrasi sifatida
o‘zbek dostonchiligi sahifalarini boyitdi.
Erkin Vohidovning “Orzu chashmasi” dostonida
xalq dostonlarining motivlari qo‘llanilganligi kuzatiladi.
Bu asardagi voqelikning epik talqinida yaqqol ko‘rina-
di. Jumladan, Orzu Og‘ado‘stga bo‘lgan ishqini qan-
day bildirishni bilmay, chashmadan maslahat so‘raydi.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
45
2020-yil 1-son
Kichik tadqiqot
Chashma unga sevgi xatini yozib, gulbarg qatiga joy-
lab, suvga oqizishini o‘rgatadi. Odatda, xalq doston-
chiligidagi epik tasvirga ko‘ra qizning o‘z sevgisini oshiq
yigitga turli ramziy belgilar orqali ayon etishi, uni suv
yo‘li orqali oshiq yashaydigan manzilga uzatishi motivi
an’anaviydir. Bu motiv “Kuntug‘mish” dostonida ham
uchraydi. Xolbeka Kuntug‘mishni tushida yaxshi ko‘rib
qoladi; suratkashga rasmini chizdirib, o‘zi yasatgan til-
la sandiqda uni daryoga oqizadi
3
. Ko‘rinadiki, mazkur
epizodlarda mohiyatan yaqinlik bor. Shoir shu xalqona
motivdan ijodiy foydalangan holda zamonaviy voqelikni
ishonarli ifoda etishga erishgan.
Oydin Hojiyevaning dostonchilikdagi izlanishlarida
o‘ziga xos adabiy hodisa bo‘lgan “Najot” dostonida ham
yuqorida qayd etilgan jihatlar kuzatiladi. Unda “Malikai
ayyor” xalq dostoni motivlaridan ijodiy foydalanilgan.
“Malikai ayyor” dostonida hikoya qilinishicha, Go‘ro‘g‘li
qush ovlashga borganida bir ko‘k kaptar paydo bo‘la-
di-yu atrof birdan yorishib ketadi
4
. Bu Malikai ayyor edi.
O‘zga olam vakilining qush ko‘rinishida yorug‘ olam-
ga kirib kelishi motivi asosida insonlarning o‘lim, ruhiy
olam, o‘zga dunyo haqidagi ibtidoiy mifologik tushun-
cha-qarashlari yotadi. Bunday qarashlar folklor orqa-
li yozma adabiyotga kirib kelgan. Dostonda pari qiz
Malikai ayyorning yer osti dunyosidan yorug‘ olamga
kaptar ko‘rinishida kelishi motivi aynan shunday tu-
shunchalarning badiiy ifodasidir. Ushbu adabiy-estetik
an’anadan xabardor shoira o‘z asarida afg‘on urushi
manzaralarini aks ettirar ekan, unda murg‘i samandar
obrazi orqali janggohlarda halok bo‘lgan o‘zbek yigit-
lari ruhi timsoliga ishora qiladi. Shu o‘rinda shoiraning
folklor va mumtoz adabiyot
an’analarini o‘zaro omux-
talashtirgani ham seziladi.
Binobarin, u “murg‘i sa-
mandar” timsoli vositasi-
da o‘z kelajagini olovda
ko‘rgan qush timsolida
kommunistik mafkura al-
dovlari ruhida tarbiyalan-
gan minglab o‘g‘lonlarning
o‘z o‘limini his etgan holda
olovli jangga kirganlarini
aytishga chog‘lanadi.
Shoira yana o‘tgan asr
70-yillaridagi “paxta yak-
kahokimligi” natijasida kat-
ta-katta bog‘larning, ekin
maydonlarining buzib tash-
lanishi va o‘rniga paxta ekilishi voqealarini xalq dos-
tonlariga xos saj’ usulida tasvirlaydi: “Xullasi kalom”,
“otang – paxta”, “onang – paxta” zamon bo‘lib, yosh-u
qari paxtaga andarmon bo‘lib, kelinchaklari rangi so-
Do'stlaringiz bilan baham: |