ANGREN SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMI MUDIRINING
BUYRUG’I
Yozgi ta’tilda o‘quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida “Ta’tilda o‘qigan kitoblarim” mavzusida onlayn bayonlar tanlovini tashkil etish to‘g‘risida
0‘quvchilar o‘rtasida yozgi ta’til vaqtida kitobxonlikni yanada targ‘ib qilish, kitob mutolaa madaniyatini yangi bosqichga olib chiqish, ular o‘rtasida o‘qigan kitoblari yuzasidan ma’lumot almashuvini yo‘lga qo‘yish, badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, oilaviy kitobxonlikni targ‘ib qilish, bu borada ta’lim muassasalari rahbarlari, kutubxonachilar, sinf rahbarlari, psixologlarni hamda fan o‘qituvchilari, ota-onalar, o‘quvchilarning mas’uliyatini tubdan oshirish maqsadida Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2021-yil 1-iyundagi 85- sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2021-yil 1-iyundagi 85- sonli buyrug‘i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Yozgi ta’til vaqtida ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ta’tilda o‘qigan kitoblarim” mavzusida onlayn bayonlar tanlovi tashkil etilsin. (keyingi о‘rinlarda matnda tanlov deb уuntiladi).
3. Tanlovni tashkil etish bo‘yicha Nizom (keyingi o‘rinlarda matnda nizom deb yuritiladi) 1-ilovaga, shahar tashkiliy qo‘mita tarkibi (keyingi о'rinlarda matnda tashkiliy qo‘mita deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Ta’lim muassasalari rahbarlariga:
- o‘quvchilarni ushbu tanlovda nizom asosida to‘liq qatnashishlari uchun barcha ta’lim muassasalari rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, sinf rahbarlar, psixologlar, kutubxonachilar, yoshlar yetakchilari, maktablarning kuzatuv kengashlari mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin;
-ta’lim muassasalari sinf rahbarlarining o‘quvchi yoshlarni kitob mutolaasi madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini doimiy nazoratga olish va ushbu jarayonga ma’sul ekanliklarini eslatib turish;
-jamlangan onlayn bayonlarni eng saralarini kunlik doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilishini tizimli ravishda ta’minlash;
-shahar hokimligi tasarrufidagi Axborot-kutubxona markazining elektron kutubxonasi va ijtimoiy tarmoqlardagi telegram guruhlari va kanallaridan pedagog xodimlar va o‘quvchi-yoshlarni keng foydalanishlarini doimiy nazoratga olish;
-o‘quvchi-yoshlarni kitob mutolaa qilish madaniyatini yanada oshirishda ularning yoshi va ongiga mos, dunyoqarashlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan kitoblarni mutolaa qilishlari yuzasidan ta’lim muassasalaridagi pedagog jamoani, sinf rahbarlarini, psixologlarni o‘quvchilarga biriktirish;
-ta’lim muassasalarida eng ko‘p kitob o‘qigan sinf tanlanib, ushbu sinf rahbari va o‘quvchilarni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
o‘quvchilar o‘rtasida oilaviy kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida ota-onalardan tashkil topgan ijtimoiy tarmoqlarda turli xil guruhlar hamda kannallar tashkil etish;
- ta’lim muassasalarida maktab ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy tarmoqlarda electron ko‘chma kutubxonalar tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
5. Darsliklar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis (M.Ergasheva)ga:
- Nizom asosida tanlovda qatnashgan o‘quvchilarni onlayn bayonlarini har kunlik ravishda ijtimoiy tarmoqda tashkil etilgan “Toshvil 4-tashabbus” nomli telegram guruhiga jamlab borish;
-tanlov doirasidagi onlayn bayonlarni jamlab borish bo'yicha ishchi guruhlarini mas’uliyatini oshirish;
-o‘quvchilar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, onlayn bayonlarni jamlab borish hamda elektron va audio badiiy adabiyotlarni doimiy ravishda o’quvchilarga yetkazib turish yuzasidan joylarda tashkil etilgan telegram guruhlarini tashkillashtirilishini nazoratga olish;
-tanlov doirasida jamlangan onlayn bayonlardan eng mazmunli va sifatlilarini saralab borish hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish;
-Axborot-kutubxona markazlarining elektron kutubxonalari va ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlari va kanallariga pedagog xodimlar va o‘quvchi-yoshlarni a‘zo qilish bo‘yicha murojaat xatlarini yuborish;
-shahar Axborot-kutubxona markazi bilan ta’lim muassasalarini doimiy hamkorlik qilishlarida amaliy yordam ko‘rsatish hamda hamkorlikni nazoratga olib borish;
-yangi o‘quv yilida tanlovda eng faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha Xalq ta’limi bo‘limiga taklif kiritish vazifalari yuklatilsin.
6. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish shahar Xalq talimi bo‘limi mudir o‘rinbosari Q.Umarov zimmasiga yuklatilsin.
Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri: R.Abdukadirova
Angren shahar
2021yil__ 09. 06
-son
Do'stlaringiz bilan baham: |