Angren shahar xalq ta’limi bo’limi mudirining buyrug’I



Download 36,7 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi36,7 Kb.
#261839
Bog'liq
ANGREN 85 буйрук 145 Ангрен ХТБ



ANGREN SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMI MUDIRINING

BUYRUG’I

Yozgi ta’tilda o‘quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida “Ta’tilda o‘qigan kitoblarim” mavzusida onlayn bayonlar tanlovini tashkil etish to‘g‘risida

0‘quvchilar o‘rtasida yozgi ta’til vaqtida kitobxonlikni yanada targ‘ib qilish, kitob mutolaa madaniyatini yangi bosqichga olib chiqish, ular o‘rtasida o‘qigan kitoblari yuzasidan ma’lumot almashuvini yo‘lga qo‘yish, badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, oilaviy kitobxonlikni targ‘ib qilish, bu borada ta’lim muassasalari rahbarlari, kutubxonachilar, sinf rahbarlari, psixologlarni hamda fan o‘qituvchilari, ota-onalar, o‘quvchilarning mas’uliyatini tubdan oshirish maqsadida Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2021-yil 1-iyundagi 85- sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:

1. Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2021-yil 1-iyundagi 85- sonli buyrug‘i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Yozgi ta’til vaqtida ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ta’tilda o‘qigan kitoblarim” mavzusida onlayn bayonlar tanlovi tashkil etilsin. (keyingi о‘rinlarda matnda tanlov deb уuntiladi).

3. Tanlovni tashkil etish bo‘yicha Nizom (keyingi o‘rinlarda matnda nizom deb yuritiladi) 1-ilovaga, shahar tashkiliy qomita tarkibi (keyingi о'rinlarda matnda tashkiliy qo‘mita deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Ta’lim muassasalari rahbarlariga:

- o‘quvchilarni ushbu tanlovda nizom asosida to‘liq qatnashishlari uchun barcha ta’lim muassasalari rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, sinf rahbarlar, psixologlar, kutubxonachilar, yoshlar yetakchilari, maktablarning kuzatuv kengashlari mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin;

-ta’lim muassasalari sinf rahbarlarining o‘quvchi yoshlarni kitob mutolaasi madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini doimiy nazoratga olish va ushbu jarayonga ma’sul ekanliklarini eslatib turish;

-jamlangan onlayn bayonlarni eng saralarini kunlik doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilishini tizimli ravishda ta’minlash;

-shahar hokimligi tasarrufidagi Axborot-kutubxona markazining elektron kutubxonasi va ijtimoiy tarmoqlardagi telegram guruhlari va kanallaridan pedagog xodimlar va o‘quvchi-yoshlarni keng foydalanishlarini doimiy nazoratga olish;

-oquvchi-yoshlarni kitob mutolaa qilish madaniyatini yanada oshirishda ularning yoshi va ongiga mos, dunyoqarashlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan kitoblarni mutolaa qilishlari yuzasidan ta’lim muassasalaridagi pedagog jamoani, sinf rahbarlarini, psixologlarni o‘quvchilarga biriktirish;

-ta’lim muassasalarida eng ko‘p kitob o‘qigan sinf tanlanib, ushbu sinf rahbari va o‘quvchilarni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;

o‘quvchilar o‘rtasida oilaviy kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida ota-onalardan tashkil topgan ijtimoiy tarmoqlarda turli xil guruhlar hamda kannallar tashkil etish;

- ta’lim muassasalarida maktab ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy tarmoqlarda electron ko‘chma kutubxonalar tashkil etish vazifalari yuklatilsin.

5. Darsliklar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis (M.Ergasheva)ga:

- Nizom asosida tanlovda qatnashgan oquvchilarni onlayn bayonlarini har kunlik ravishda ijtimoiy tarmoqda tashkil etilgan “Toshvil 4-tashabbusnomli telegram guruhiga jamlab borish;

-tanlov doirasidagi onlayn bayonlarni jamlab borish bo'yicha ishchi guruhlarini mas’uliyatini oshirish;

-o‘quvchilar o‘rtasida targibot-tashviqot ishlarini olib borish, onlayn bayonlarni jamlab borish hamda elektron va audio badiiy adabiyotlarni doimiy ravishda oquvchilarga yetkazib turish yuzasidan joylarda tashkil etilgan telegram guruhlarini tashkillashtirilishini nazoratga olish;

-tanlov doirasida jamlangan onlayn bayonlardan eng mazmunli va sifatlilarini saralab borish hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish;

-Axborot-kutubxona markazlarining elektron kutubxonalari va ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlari va kanallariga pedagog xodimlar va oquvchi-yoshlarni a‘zo qilish bo‘yicha murojaat xatlarini yuborish;

-shahar Axborot-kutubxona markazi bilan ta’lim muassasalarini doimiy hamkorlik qilishlarida amaliy yordam ko‘rsatish hamda hamkorlikni nazoratga olib borish;

-yangi oquv yilida tanlovda eng faol qatnashgan o‘quvchilarni ragbatlantirish bo‘yicha Xalq ta’limi bolimiga taklif kiritish vazifalari yuklatilsin.
6. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish shahar Xalq talimi bo‘limi mudir o‘rinbosari Q.Umarov zimmasiga yuklatilsin.
Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri: R.Abdukadirova

Angren shahar



2021yil__ 09. 06

-son
Download 36,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish