Angren shahar istiqlol yillarida


DONOLAR OLDIDA GUNG BOL,NODONLAR OLDIDA KAR BO`L



Download 435 Kb.
bet9/15
Sana29.12.2021
Hajmi435 Kb.
#83827
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
dilfuz

DONOLAR OLDIDA GUNG BOL,NODONLAR OLDIDA KAR BO`L
Asalari bilan inson bolasi o‘rtasidagi farq haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Yigirma kunlik asalarini guldan gulga qo‘nib, asal yig‘ayotganini ko‘p ko‘rgandirsiz. Inson farzandi esa faqatgina ikki yoshdan oyoqqa turadi, gapirishni o‘rgana boshlaydi. 6-7 yoshida maktabga boradi. O'qishni, yozishni o‘rganadi. Litsey, universitetni tugatguniga qadar ko‘p o‘qiydi, o‘rganadi, intiladi, izlanadi. Chunki yashash uchun hayotni, insonlarni o‘rganishga muhtojdir. Foyda, zararni bilishga majburdir. Biroq asalari bolasi-chi? U asal yig‘ishni o‘rganishi uchun na o‘qishga, na oliy o‘quv yurtini bitirishga ehtiyoji bor. U dunyo hayotiga mukammal holda yuborilgan. Inidan chiqar chiqmas ishini boshlaydi. Biz esa yigirma kun yoki yigirma yil, umr bo‘yi o‘rganishga muhtojmiz. Shuning uchun beshikdan qabrgacha ilm olishga, o‘rganishga buyurilganmiz. Inson qobiliyatini bilim va tajriba bilangina oshiradi.

Bilim ozuqadir. Aql va qalb u bilan oziqlanadi.

Bilim muvaffaqqiyat. Bilimsizlik esa mag‘lubiyatdir.

Bilim jasoratdir. Bilimli kishi muammolarni jasorat bilan yengadi.

Bilim durbinga o‘xshaydi. Chigal masalalarni u hal etadi. To‘siq g‘ovlar ustidan uning yordamida oshib o‘tamiz.

Bilim nurdir. Yo‘limizni u bilan yoritamiz.

Bilimsizlik esa barcha yomonliklarning manbaidir. Bilimsiz inson o‘ziga eng katta yomonlikni qilgan bo‘ladi. Johil kishining tik tura olmaydigan qopdan farqi yo‘q. Sa'diy bilimsizlikni urush dovuliga o‘xshatadi. Ovozi baland ichi esa bo‘sh. Go‘zal tushunchalar, bilim javharlari bilan to‘ldirilmagan zehn sandiq foydasiz va zararli narsalar bilan to‘ladi.

Insonning qadri ilm bilan yuksaladi. Ilmli kishi hodisalarga xolis baho beradi, talabchanlik va uddaburonlikni o‘rganadi.

Bilmaslik ayb emas, o‘rganishga intilmaslik aybdir. Ibn Mas'ud inson bilmaganini bilishi ham ilmdir, deydi. Chunki inson bilmaganini bilsa, o‘rganishga intiladi.

Falokatlarning ustidan bilim bilan ustun kelish mumkin. Hoji Bektosh Valiyning ifodasiga ko‘ra «Bilimsizlik bilan ketilgan yo‘lning oxiri hayrli bo‘lmaydi». G'alaba qozonish, muvaffaqqiyatga erishish, yuksalishni xohlaganlar ilmni mahkam ushlaydilar. O'rganish shavqida yonib kuymaganlarga esa «Dunyoni istagan ilm o‘rgansin. Oxiratni istagan ham ilm o‘rgansin», deb buyurgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Bilimning ahamiyatini naqadar ajoyib tushuntirganlar.

Ilm o‘rganish faqat maktabga xos emas. Maktab insonga kalit beradi. U kalit bilan ilm xazinalarini insonning o‘zi ochadi. Nima qilsa o‘zining g‘ayrati bilan amalga oshiradi. Maktabni bitirar bitirmas kitob daftarni bir burchakka uloqtirish katta xatodir. Holbuki, ilm olishning na yoshi, na vaqti, na joyi bor. Har yoshda, har yerda, hamma vaqt o‘rganiladi, ilm eng katta sarmoyadir, inson har yoshda, har yerda va har vaqt sarmoyasini ko‘paytirishni istaydi. Ilm bilan o‘zingizni tarbiyalang. Balki muammolarga duch kelarsiz. Ba'zi qiyinchiliklarni boshingizdan o‘tkazasiz, ammo unutmang: Har qanday qiymatli narsa osonlik bilan qo‘lga kiritilmaydi.

 


    "Ilm" so‘zi lug‘atda bir narsani voqe’likdagidek idrok etishni bildiradi. Shar’iy istilohda esa, ma’naviy ishlarda narsalarni teskarisi yo‘q darajada aniq bilish sifatiga «ilm» deyiladi. Islom dinichalik ilmni ulug‘lagan din, tuzum yoki falsafa yo‘q. Har bir shaxsga ilm talab etishni farz qilish faqat Islomda bor, xolos. Qur’oni karimda ilm va ulamolar eng oliy maqomga qo‘yilgan. Hadisi sharifda ham ilm, uni talab qilish, ulamolar haqida ko‘plab ma’lumotlar kelgan. Bularning hammasini jamlab, Islomning ilmga bo‘lgan munosabati haqida tasavvur va shunga yarasha ahkomlar chiqarilgan. Musulmonlar o‘z hayotlarida Qur’on va Sunnat ta’limotlariga amal qilib yashagan paytlarida ilm nurini butun olamga tarqatganlar. Yoshu qari, erkagu ayol beshikdan to qabrgacha ilm talab qilish o‘zi uchun farz ekanini to‘la his qilgan holda umr bo‘yi o‘zini tolibi ilm hisoblab yashagan. Ana o‘sha davrni yaxshilab o‘rgangan g‘arblik insofli sharqshunoslardn biri Islom ummatini butunicha madrasaga qatnaydigan ummat, deb vasf qilgan. Bu juda ham to‘g‘ri vasfdir. O‘sha hamma butunicha islom shariati bo‘yicha hayot kechirgan vaqtda Islom nuridan bahramand bo‘lgan har bir o‘lkada ilm-fan, ma’rifat va madaniyat gullab-yashnagan. Ilmning har bir sohasida olamshumul kashfiyotlar qilingan, ulkan ulamolar yetishib chiqqan. Ayrim din dushmanlari ayyuhannos solayotganidek, Islom hech qachon ilmga qarshi bo‘lmagan, balki jaholatga qarshi bo‘lgan. Agar ba’zi bir kavniy va tabiiy ilm ulamolari tazyiqqa uchragan, azoblangan va o‘ldirilgan bo‘lsa, boshqa din vakillari tomonidan qilingan. Islomning bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Ovrupodagi olimlarni kanisa g‘azabiga duchor bo‘lishlarining asosiy sababi ham ularning musulmonlardan ilm o‘rganganlari bo‘lgan. Hozirgi Ispaniya, Portugaliya va ularga qo‘shni davlatlarning ba’zi hududlarida sakkiz yuz yilga yaqin davr maboynida Andalusiya nomli Islom davlati hukm surgan. Bu davlatda ilm-fan, madaniyat gullab-yashnagan. Musulmonlarning turli ilmiy o‘quv yurtlarida boshqa dinlarga mansub kishilar ham bemalol ta’lim olishgan, ilmiy tajribalarda ishtirok etishgan. Aslida hozirgi ilmiy taraqqiyotning har bir sohasi avvalida musulmon olimlari turishgan. Bu haligacha odamlardan yashirib kelinadi. Islom-ilm dini ekanini faqat johillargina inkor qilishlari mumkin. Shunday ekan, ilmga rag‘batsizlik, undan yuz o‘girishning oqibati ham yomon bo‘ladi. 

Yoshlarning ma`naviy qiyofasi axloq-odob va kiyinish madaniyati”


Odobsiz inson go`yo kurtaksiz daraxtga o`xshaydi. Ayrim insonlar odobini shundoqgina bir ko`rishda anglab olishlari mumkin. Inson o`zi xohlasagina o`zida odob me`yorlarini shakillantirishi mumkin. “ Odobni – odobsizdan o`rgan” dedi dono xalqimiz. Darhaqiqat inson odobsizga qarab, odob o`rganishi mumkin.

Axloqning birdan bir maqsadi kishilarning axloqiy hatti – harakatlari bilan ularning amaliy intilishlari o`rtasida munosib bog`lanishi o`rnatishni taqazo qiladi, ya`ni kisilarning amaliy hatti – harakatlari muayyan odob – axloq qoidalariga asosan sodir bo`lishini ifodalaydi.

Axloq ijtimoiy ong turlaridan biri bo`lib, u kishilarning yurush – turishi, ularning jamiyat oldidagi burchi, ma`suliyati, o`zaro aloqari, ijtimoiymehnatga munosabatlari sigari harakatlarini tartibga soluvchi norma va qoidalar yig`indisidan iboratdir. Kishilar o`zlarining ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarida muayyan axloqiy qoidalarga amal qiladilar.

Bu qoidalar axloq qoidalarga amal qiladilar, va axloq kategoriyalari, norma va prinsiplarida o`z ifodasini topadi. Axloq kategoriyalari norma va prinsiplari kishilarning yaxshilik va yomonlik, maqbul va nomaqbul narsalar, ma`naviy boyliklari va ma`naviy ideallar haqida qarashlari va tasavvurlarida mujassamlashgan. Axloqning ijtimoiy funksiyasi hayotning barcha sohalarida (mehnat, turmush, oila va boshqa jihatlarda) kishilarning o`zaro munosabatlari hatti – harakatlari muayyan ravishda tartibga solishni taqazo qilkadin. Mazkur funksiyani amalgam oshirar ekan, formal qonun – qoidalarga emas balki ishontirish van a`muna kuchiga, ayrim shaxslarning axloqiy obro` - e`tiboriga yoki jamoatchilik fikriga tayanadi.

Jamiyat hayotida axloq kishining ma`naviy qiyofasini, uning insoniylik darajasini belgilashning muhim me`yori bo`lib yuzaga chiqadi. Ulug`, o`zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy ta`rifiga ko`ra, kishi qiyofasi uning insoniylik bilan o`zgaradi.
Menga ne yoru ne oshiq havasdur,

Agar men odam bo`lsam, ushbu basdur.

Shoirning fikriga kishining qadr – qiymati uning boyligi yoki martabasi bilan emas, balki uning ma`naviy qiyofasi, havo va odobi bilan belgilanadi.
Elga ta`rif kelmadi yohu nasab

Lek ta`rif keldi haq bu odob.


Yaxshi axloqiy sifatlarini o`ziga mujassamlashtirish va ularga rioya qilish insoniylikning muhim belgisidir. “Odam” degan ulug` nomga erishish uchun har bir kishidan insoniylik qonunlariga amal qilish va o`z xatti – xarakatlarini vijdoni ila o`lchab ko`rish talab qilinadi.

Libos — inson ziynati. Davrlar, zamonlar silsilasida liboslar o‘zgarib boradi. Shuningdek, odamlar, ularning tashqi ko‘rinishlari ham har kun yangilanyapti.

So‘nggi paytlarda yoshlarimizning kiyinish madaniyati haqida juda ko‘p gapirilyapti. Hozirgi davr ma’naviy-axloqiy hayotning asosiy mavzularidan biri ham shu. Ularning aksariyatida yoshlar sha’niga nisbatan keskin, e’tirozli fikrlar bildirilyapti. Bugungi kun yigit-qizlarining ko‘r-ko‘rona modaning ketidan quvishi, ularning kiyinishi milliy an’analardan uzoqlashayotgani, tor, kalta, ochiq kiyimlarga qiziqishi borgan sari ortayotgani, bu odatlar o‘zbekchilikka zidligi tanqid ostiga olinmoqda.

Albatta, bunday munosabatda jon bor. Haqiqatan ham, oxirgi uch-to‘rt yildan beri yoshlarning kiyinishi mislsiz darajada o‘zgardi. Vaziyatning bunday tus olishi kishini biroz o‘ylantiradi.

Xo‘sh, aslida haqiqatan ham moda degan tushuncha yoshlarimizni buzayaptimi? Ularning milliy an’analarimizga xos kiyinishlariga nima to‘sqinlik qilayapti? Yoki o‘zbek yoshlari yevropaliklardan ajralib turishi uchun modani taqiqlash kerakmi? Umuman, moda tushunchasi nima? Ularning tashabbuskorlari kim? Kiyinish madaniyatining o‘zgarishi yoki buzilishiga faqat yangilikka o‘ch yoshlar sababchimi? Bu kabi savollarga javob berish orqali mazkur muammoga oydinlik kiritish maqsadida o‘zimizning ba’zi bir fikr-mulohazalarimizni bayon etmoqchimiz.

Avvalo, kiyim-kechak inson hayotida qanday rol o‘ynaydi? Savolning bunday qo‘yilishi bejiz emas. Chunki har bir inson o‘zi kiyayotgan kiyimning foyda-zararini, qanday matodan tikilganini, kerak bo‘lsa, tarixi va ahamiyatini bilishi lozim. Ayniqsa, kiyinishning inson ruhiyati, fe’l-atvori, kayfiyati, tarbiyasi, did-farosati bilan bog‘liq jihatlarini e’tiborga olsak. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, kiyinish, shuningdek, urf ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. Ma’lumki, kiyimning paydo bo‘lishi, unga ehtiyojning tug‘ilishi inson omilining o‘sishi bilan, shuningdek, iqlim, sharoit, tanani issiq-sovuqdan himoya qilish maqsadi bilan bog‘liqdir.

Dastlab teri va jundan mato to‘qish, undan kiyimlar tikishni o‘rgangan odamzot, keyinchalik paxta va ipak tolalarining paydo bo‘lishi bilan liboslarga birmuncha ixcham, qulaylik va go‘zallik baxsh etdi. Demak, inson tafakkurining rivojlanishi uning libosiga ham madaniylikni olib kirdi.


Download 435 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish